8.1. Tiklanish jarayonining tibbiy-biologik asoslari
Mashg‘ulotlaming jadal rejimi va masuliyatli musobaqalar
davrida sportchilar organizmini tiklash (reabilitatsiya) muammosi
sport tibbiyoti va zamonaviy sportning eng muhim, ayni paytda,
hal etilishi jihatidan eng zaif nuqtasidir. Bu halqa ko‘pincha har xil
darajadagi musobaqalarda sportchi yoki jamoalaming muvaffaqi-
yatli darajasini aniqlab beravchi omil sifatida maydonga chiqadi.
Mazkur muammoning hal qilinishi, birinchi navbatda, sportchi
organizmida imkon chegarasidagi yuklamalar ta’sirida sodir
boiadigan jarayonlar haqidagi asosli bilimlami talab etadi. Asosli
bilimlarsiz esa sportchilar organizmini tiklashning ilmiy asoslan-
gan va samarali usullarini ishlab chiqish hamda qoilashning im-
koni ham yo‘q.
Muammoning yechimini topish har doim organizmda uning im-
kon chegarasidagi va chegaradan tashqari jismoniy yuklamalami
bajarayotganda sodir boiadigan jarayonlar to iiq tahlil qila bilish-
dan iborat. Tiklanish jarayoni uning mexanizmlarini aniqlashdan
boshlanadi va faqat shu bilimlarga tayanib turib, sportchilar orga-
nizmining tiklanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi usullami izlash,
ulami amaliyotda qoilash mumkin.
Awalo, nimalami aniqlab olish zarur: sportchilar organizmi-
da katta jismoniy yuklamalami bajargandan keyin qanday
o‘zgarishlar sodir boiadi? Organizmning hayotiy faoliyati uchun
bu o‘zgarishlar qanday ahamiyatga ega? Sportchilar organizmi-
ning tiklanishi mohiyati nimadan iborat? Tiklanishning tabiiy
mexanizmlari qanday boiadi? Organizmning tiklanish jarayoni-
ni, uning tabiiy mexanizmlarini izdan chiqarmay va eng muhimi
164
sportchilar salomatligiga zarar yetkazmay tezlashtiradigan qanday
ta’sir usullari mavjud?
Spotchilar organizmini tiklashning tibbiy-biologik jarayonlar
asosi keng va har tamonlama tahlil etilgan. Davriy ilmiy jumal-
larda, ko‘pgina o‘quv qoilanmalari va monografiyalarda chop eti-
ladigan maium otlar muammoning, asosan, xususiy jihatlarinigina
yoritib beradi, asosli axborotlar esa nihoyatda kam b o iib , ular
ham tiklanishi zamr b o igan jarayonlaming mohiyatini to ia ochib
berolmaydi.
Ko‘pgina sport shifokorlari va pedagoglar fikricha, sportchilar or-
ganizmining tiklanishi sarflangan ichki zaxiralar: oziq-ovqat, plastik
va quwat materiallari, shuningdek, gazlar almashinuvining tiklanishi-
dangina iborat. Lekin imkon chegarasidan tashqarida hisoblangan
va uzoq muddatli jismoniy yuklamalami bajarish vaqtida sportchi-
lar organizmida turli darajalarda hujayra, a’zo va yaxlit organizm
miqyosida, muhimi organizmning ichki muhitida sodir boigan salbiy
o‘zgarishlar juda kam yoki yuzaki muhokama qilingan.
Nisbiy tinchlik sharoitida to‘qima va a’zolardagi modda alma-
shinuvining anabolik va katabolik j arayonlari muvozanatda bo iad i,
uzluksiz ravishda va parallel holda kechadi, hujayra ichidagi juda
ko‘p ferment tizimlari ishtirokida amalga oshadi, ko‘p miqdordagi
quw at sarfini hamda oqsillaming muntazam yangilanib turishini
talab qiladi. Hujayralaming me’yoriga muvofiq faoliyatida sito-
plazmadan organizmning ichki muhitga modda almashinuvi mah-
sulotlari faqat oxirgi mahsulot - azotli qoldiqlar, karbonat angidrid
va suv shaklida chiqariladi, ulaming fiziologik konsentratsiyasi
organizmning zaharlanishiga sabab boim aydi va ayirish a’zolari
yoki o‘pka orqali, ularga zarar yetkazmagan holda chiqarib yubo-
riladi. To‘g‘ri ishlab turgan hujayraning irsiy apparati uning sito-
plazmadan ichki muhitga molekulalami begona tuzilmali va funk-
sional oqsillar parchalab chiqarib yuborishiga yo‘1 qo‘ymaydi, bu
esa ichki muhit doimiyligini saqlashning muhim mexanizmlardan
biri -gomeostazni tashkil qiladi.
165
Haddan tashqari va uzoq muddati funksional zo‘riqish holatida
jumladan, a’zo va to‘qimalaming moslashuvi darajasidan yuqori-
roq shiddatli jismoniy yuklamalar hujayra ichidagi modda alma-
shinuvi jarayonlari boshqarilishining vaqtinchalik buzilishi, plas-
tik va quw at jarayonlarining muvozanatdan chiqishi kuchayishiga
sabab bo‘ladi.
Natijada hujayralar sitoplazmasida hujayra ichidagi stmktura-
larda oqsillaming parchalanish jarayonlari mobaynida oraliq mah-
sulotlari hosil bo‘lib to‘planadi.
Bu hodisa hujayralar har qanday patologiyaning boshlanishi va
asosini tashkil qiladi. Organizmning ichki muhitiga turli a’zo va
to‘qimalar uchun nihoyatda o‘ziga xos boigan o‘rta molekular oqsil-
laming molekula yoki parchalari tushadi. Bular “begona” yoki endo-
gen ksenobiotik hisoblanadi va ular konsentratsiyasining ko‘tarilishi
organizmning endogen zaharlanishini keltirib chiqaradi, natijada orga-
nizm hujayra va to‘qimalari fimksional imkoniyatlari anchagina chek-
lanadi yoki “izdan” chiqadi. Endogen ksenobiotiklar ichki muhitdan
to‘g‘ridan to‘g‘ri ayirish a’zolari orqali chiqarib yuborilishi mumkin
emas. Organizmda endogen va ekzogen ksenobiotiklami neytrallash,
parchalash va chiqarib yuborish vazifasini monooksigenaz ferment
immun tizimlari bajaradi, ular organizm gomeostazini boshqaravchi
yagona immunositokimyoviy fimksional tizimga birlashadi. Agar,
asosan, jigar hujayralarida lokalizatsiyalanuvchi monooksigenaz fer-
ment tizimi (MOT) past molekular ksenobiotiklami neytrallash va
parachalash vazifasini bajarsa, ekzogen va endogen kelib chiqishiga
ega. 0 ‘rta molekulali va yirik molekulali ksenobotiklami neytrallash
hamda chiqarib yuborish (eliminatsiya) organizm immun tizimining
asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Ichki muhit uchun “begona” b o ig an a ’zolarga xos oqsillar-
ning molekula yoki parchalari antigen maqomini egallaydi, nati-
jada, ulami neytrallash va chiqarib yuborishga yo‘naltirilgan im-
mun reaksiya ishga tushadi. Biroq o‘ta kuchli va uzoq muddatli
jismoniy yuklamalar chog‘ida ichki muhitda endogen ksenobi-
166
otiklaming hosil boiishi va to‘planishi qisqa muddatda juda jadal
boradi, ulaming MOT (monooksigenaz tizimi) va immun tizim to-
monidan neytrallanishi hamda chiqarib yuborilishi anchagina uzoq
muddatni talab qiladi. Bu so‘ngisi har xil sportchilarda alohida
keng tebranishlarga ega bo‘lib, MOT hamda immun tizim faoli-
yatining genotipik va fenotipik xususiyatlariga b o g iiq sportchilar
organizmining tiklanish qobilyatidagi tafovutlar ana shu xususi-
yatlaming namayon boiishi hisoblanadi. Shiddatli mashg‘ulotlar
va mas’uliyatli musobaqalar davrida sportchilaming chiqishlari
hamda ular orasidagi tanaffuslar vaqti musobaqalaming yagona
jadvalida belgilab qo‘yiladi, ya’ni barcha sportchilarga organizm-
ning tiklanishi uchun bir xil vaqt oraligi ajratiladi. Keyingi chi-
qishlariga sportchilar turli darajada tiklangan holda, to‘g‘rirog‘i,
oxirigacha tiklanmagan organizm demak, turlicha funksional
imkoniyatlari bilan kirishadilar. Nisbatan “sekin” tiklanish feno-
tipiga ega b o igan sportchilaming bir qismida, ketma-ket chiqish-
lar amalga oshirilar ekan, “endogen zaharlanish” ning to‘planib
borishi yuz beradi, charchoq kuchaygani sayin musobaqalar dina-
mikasida ulaming chidamliligi va sport natijalari pasayib boradi.
Aynan shu holatda sport shifokorlari va pedagog-murabbiylaming
vazifasi chiqishlar orasida barcha sportchilar organizmining bir
me’yorda va to ia tiklanishiga ko‘maklashish, musobaqalaming
startidan so‘nggi daqiqasigacha ulaming sport natijalari barqaror
boiishini ta’minlashdan iboratdir.
Demak, sportchilar organizmining tiklanishi deganda, birinchi
navbatda, immun tizim tomonidan ichki muhitda haddan ortiq
va uzoq muddatli jismoniy yuklama natijasida o ‘zgarishlar pay-
do bo iib , to‘planib qolgan endogen ksenobiotiklami neytrallash
hamda elimenatsiya y o ii bilan endogen zaharlanishning bartaraf
etishni tushunish zamr. Gomeostazning boshqarish mexanizm-
lari va endogen zaharlanishni bartaraf etishda immunitet tizimi
faoliyatining hal qiluvchi ahamiyati to‘g‘risidagi mazkur qoida
quyidagilami aniqlash uchun ilmiy asos b o iib xizmat qiladi:
167
birinchidan, sportchilar organizmining tiklanish muammosini hal
etishda immun tizimni rag‘batlantirish tanlab ta’sir ko‘rsatishning
eng muhim usuli sanaladi; ikkinchidan, musobaqa oldi va muso-
baqalashuv davrida immunitet tizimiga qo‘shimcha yuklamalar
berish (yuqumli kasalliklaming oldini olishda o‘ziga xos vaksina-
lash ko‘rinishlarda) mutlaqo ma’qullamaydi, chunki, bir tomon-
dan, bu holda ishga tushiriladigan antitanachalar hosil qilish ja-
rayoni to‘laqonli kechmaydi. Ikkinchi tomondan, esa jismoniy
yuklamalardan so‘ng organizmni tiklash uchun immun tizimining
safarbar etilishi imkoniyatlari cheklanib qoladi. Buning ustiga, im-
mun tizimning organizmni tiklash imkoniyatlari maksimal dara-
jada safarbar etilganda, ko‘pincha himoya mexanizmlari pasayib,
ayrim sportchilarda mas’ulyatli musobaqalar davrida yuqumli
kasalliklaming (ko‘proq respirator) paydo bo‘lish ehtimoli ortadi
(N.G. Gulyamov, D.D. Safarova., 2006).
Mazkur muammoning hal etilishiga umumlashtirib yondo-
shishga urinishlar ayrim tadqiqotchilaming ba’zi ishlarida qayd
etilgan (V.M. Volkov, 1997., V.I. Dubrovskiy, 2002). Sportda umu-
man tiklanish muammolarini tor cheklangan, asosan, farmakologik
xususiyatli yo‘nalishlardan foydalangan holda yechish taklif etila-
digan ishlar birmuncha ko‘proq uchraydi. Biroq odam organizmi
muayyan fiziologik qonuniyatlar asosida faoliyat ko‘rsatadigan
yaxlit morfologik va funksional tizimdir, u m aium bir morfologik
tuzilishga ega. Aynan yaxlit organizmning morfo-funksional qo-
nuniyatlarini e’tiborga olmaslik sport reabilitatsiyasi konsepsiya-
sining yuzaga kelishi yoiidagi asosiy to ‘siq hisoblanadi, vaho-
lanki, mazkur qonuniyatlar tiklanish jarayonlarining yuz berishi
mexanizmlarini belgilaydi.
Sportda tiklanish masalalari bilan shug‘ullangan ko‘pchilik
tadqiqotchilar o‘z ishlarida u yoki bu darajada moslashish muam-
mosiga e’tiborlarini qaratganlar. Sport doiralarida eng mashhur
mualliflardan biri V.N. Platonov., (2008) o‘z monografiyasida
mashg‘ulot va musobaqa yuklamalaridan so‘ng tiklanish hamda
168
moslashish jarayonlarining o‘zaro aloqadorligi faktini alohida
qayd etgan edi. Muammo shundan iboratki, moslashish jarayon-
lari F.Z. Meerson, M.G. Pshennikova 1988, V.N. Platonov, 1988
va ularning ko‘p sonli izdoshlari tomonidan taqdim etilganidek,
boshqacha qonunlar asosida amalga oshadi, demak, bugungi kunda
hukmronlik qilayotgan moslashish (adaptatsiya) nazariyasi biror-
bir konsepsiya uchun fiziologik asos bo‘lib xizmat qila olmaydi
(S.E. Pavlov, 1999).
Nomlari yuqorida keltirilgan mualliflar fikricha, moslashish
jarayoni mutlaqo o‘ziga xos, buning ustiga ana shu o‘ziga xos-
lik, jumladan, moslashuvning o‘ziga xos bo‘lmagan halqasi bilan
va yaxlit holda, eng aw alo, organizm tomonidan har doim maj-
muali muhit ta’siriga javob tarzida shakllantiriladigan muayyan
funksional tizim orqali aniqlanadi. Moslashuv jarayoni o‘ziga xos
bo‘lganligi uchun tiklanish jarayonlari ham xuddi shunday qat’iy
kechishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |