Italiyada 1160 yillarda fiskal maqsadi bilan yer kadastri tashkil etilgan.
Milanda 50 yil davomida (1260-1310 yillar) kadastr syomkalari o‘tkazilgan, ammo
syomka natijalaridan soliq olish tizimini o‘rnatish uchun ma’lumotlar olinmagan.
Angliyada birinchi kadastr 1066 yillarda tashkil topgan sanalanadi, uning
maqsadi ko‘chmas mulkka soliq belgilash bo‘lgan. Bu kadastr xalq tomonidan
“Barchaning umumiy sud kuni kitobi” (“Domesday book” yoki “Книга дня
11
всеобщего суда”) deb nomlangan, modomiki kimdir soliq idoralarini aldagan
bo‘lsa, oqibatda unga qarshi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan.