5.3.-Rasm. Biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilma
Yangi tashkil etilayotgan korxona uchun yuqorida aytib o’tilgan vazifalardan tashqari biznes miqyosiga mos keluvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uni tavsiflab berishda odatda quyidagi masalalar yoritiladi:
asosiy boshqaruv lavozimlari va boshqaruv xodimlarining umumiy soni;
boshqaruv tizimining ierarxiya bosqichlari soni;
u yoki bu lavozimlarga mutaxassislar rezyumesini to’plash va boshqaruv komandasini shakllantirish;
boshqaruv komandasi a’zolari o’rtasida rollarni taqsimlash va har bir komanda a’zosining funktsiyalarini belgilab olish;
boshqaruv komandasining har bir a’zosi uchun oylik ish haqi miqdorini belgilash;
boshqaruv komandasi a’zolarini yollash shartlari.
Kichik korxonaning optimal tashkiliy tuzilmasini shakllantirish bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan narsa emas. Uning echimi ko’p hollarda nafaqat ko’p vaqt, balki katta tashkilotchilik ishlarini, qobiliyatini ham talab qiladi. Ayniqsa boshqaruv komandasini tuzish og’ir va murakkab ish hisoblanadi. Bunda quyidagi tamoyillarga rioya qilish zarur:
komanda a’zolarining psixologik jihatdan bir-biriga mos kelishini ta’minlash;
komandaning yagona organizm kabi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;
har bir komanda a’zosi jamoa oldiga qo’yilgan maqsadni to’liq tushuna olishi lozim;
komanda a’zosi o’z malakasini muntazam oshirib borishi kerak;
qonuniy asosda korxona nufuzini oshirish va foydasini o’stirish uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish.
Tashkiliy tuzilmaning asosiy tavsifi (xarakteristikasi) quyidagilardan kelib chiqadi:
- boshqarish funktsiyalari bo’yicha boshqaruv xodimlari soni;
- chiziqli boshqaruv xodimlari soni;
- korxona boshqaruv tizimining bo’ysunish pog’onalari soni;
- har bir boshqaruv darajasida tuzilmaviy bo’g’inlarning miqdori;
- boshqaruvning markazlashmaganlik darajasi;
Yuqoridagi tavsiflarga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil korxonani boshqarish bo’yicha ishlar xajmi hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida boshqarish funksiyalarining mazmuni va tarkibiga boshqaruv vazifalarining mehnat talabligi va davriyligiga bog’liq bo’ladi.
Qisqa xulosalar
Kichik biznеsni boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari uni(kichik biznеsni) bajarayotgan funktsiyalariga, iqtisodiyotdagi o`rniga, u faoliyat korsatayotgan biznеs muxitga va nixoyat davlat tomonidan unga nisbatan olib borilayotgan siyosatga bog’liq. Bular kichik biznеsni boshqarishga xos bolgan omillar(faktorlar)ni kеltirib chiqaradi.
Kichi biznes korxonasini boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi turlicha boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan va bir-biriga bo’ysinuvchi bo’lim va bo’g’inlar tarkibini ifodalaydi.Xodimlarni boshqarish korxona ayni paytda ehtiyoj sezayotgan yoki kelajakda ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xodimlar, korxona uchun zarur bo’lgan mutaxassislar sonini, ishga qabul qilish va mehnatga haq to’lash shartlari hamda kadrlar tayyorlash siyosatini aniqlashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |