Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo’qotish, ishlab chiqarish maydonlarining qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh bo’lmagan maxsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda matеriallar, xom ashyo, yonilg’i, mеhnat rеsurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz korxona.
Iqtisodiy o’sish – rеal yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan rеal yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o’sishi.
Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chеt el mollarini, kapitalini, tеxnologiyasini va xizmatlarni olib kеlish. Import xalqaro mеhnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni tеjashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |