3.4. Respublikada aholi bandligini ta‟minlashda xizmatlar sohasining
ahamiyatini oshirishdagi vazifalar
So‘nggi yillarda Respublikada amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va
qabul qilinayotgan qator kompleks dasturiy yo‘nalishlar xizmat ko‘rsatish va servis
sohasini, shuningdek maishiy xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur‘atlar bilan
rivojlanishiga olib kelmoqda. Shuningdek, mazkur sohaning jadal rivojlantirishni
ta‘minlashga qaratilgan huquqiy asoslar ham yaratildi. Xususan, bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevralda № 55
sonli ―2016-2020-yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‗g‗risida‖
qarori bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Buning natijasida mamlakatimizda sohada
bir qancha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi, xususan:
- xizmatlar
ko‘rsatish soxasida tadbirkorlikning faoliyatini yanada
kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratildi;
- 2018 yilda xizmatlar hajmining yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 35,6 foizga
etkazildi;
- qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar
turlarini ko‘paytirib borilmoqda;
123
- an‘anaviy xizmat turlari bilan birgalikda yangi istiqbolli – yuridik,
konsalting, bank, moliya, sugurta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal
rivojlanmoqda;
- mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasini va
sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko‘paytirishga erishildi;
- xizmatlar va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash va ular
malakasini oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab
chiqildi.
Qarorda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida 2018 yilda
axoliga ko‘rsatilgan umumiy xizmatlar hajmi 108, 4 foizga o‘sib, 146836,3 mlrd.
so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning zamonaviy, ilgor turlari – telekommunikatsiya
xizmatlari, uyali telefon aloqasi, moliya-bank xizmatlari, lizing tartibidagi kreditlar
ajratish, sug‘urta, sayyohlik – ekskursiya (turizm xizmatlari) va boshqa zamonaviy
xizmat turlari jadal sur‘atda rivojlanib, 2018 yilda xizmat ko‘rsatish soxasida 300
mingdan ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratilib, ushbu sohada ish bilan bandlarning
umumiy soni 4 milliondan oshdi.
2019 yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni
amalga oshirish zarur.
Birinchidan
, aholi o‗rtasida
ishsizlikni kamaytirish
, odamlar
va oilalarning daromadini oshirish lozim;
Jumladan, aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar-joy bilan
ta'minlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo e'tiborimiz markazida bo‗ladi;
Shu bilan birga
, turizmni rivojlantirish
, sohaga investitsiyalar jalb etish,
kadrlar salohiyatini oshirish bo‗yicha kompleks choralar ko‗rishimiz lozim. Bizda
turizm ko‗pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida
cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy
qo‗riqxonalar, tog‗li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat
mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish
nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Vazirlar
Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy
konsepsiyasini ishlab chiqishi va ijrosini ta'minlashi zarur. Shu asosda 2025 yilda
124
yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm
eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish lozim.
Xizmatlar va servis sohasining joriy yilda keskin o‘sishi, avvalo qurilish,
transport, moliya-bank va axborot-kommunikatsiya sohalarida, aholiga tibbiy va
kommunal-maishiy xizmatlar ko‘rsatishda, ayniqsa, qishloq joylarda ushbu sohani
yanada kengaytirish uchun foydalanilmayotgan katta imkoniyatlar zaxirasi mavjud.
Xizmatlar soxasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati
bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada
qolmoqdamiz.
Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab
qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning
yuksalishiga, axoli bandligi va
daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda aholining bandligini to‗liq ta‘minlash va buning uchun zarur
shart-sharoitlarni
yaratish
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
ustuvor
yo‗nalishlaridan biri sanaladi. Mazkur sohaga qaratilayotgan alohida e‘tibor
samarasini respublikamizda joriy yilning birinchi choragida 141 mingdan ortiq ish
o‗rni yaratilgani misolida ham ko‗rish mumkin. E‘tiborlisi, bandligi ta‘minlangan
fuqarolarning salmoqli qismi qishloq joylarda yashovchi aholi hissasiga to‗g‗ri
keladi. Binobarin, bir insonning layoqati va qiziqishiga ko‗ra doimiy daromad
manbaiga ega bo‗lishi nafaqat o‗zi hamda oilasi, balki jamiyat uchun ham
ahamiyatlidir.
Ta‘kidlash joizki, respublikada hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni
18 954 ming (o‗sish – 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o‗sish – 1,3%)
nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib
(o‗sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil
etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu
jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.
Joriy yil birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o‗tgan yil
shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‗lgan yoshlar orasida - 15,3 foiz, ayollar
orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‗iston Respublikasi, Andijon,
125
Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‗ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan.
Ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishi.mamlakatimizda mehnatga
layoqatli yoshdagi fuqarolar aholining 62 foizini tashkil qiladi
37
. Har yili mehnat
resurslari o‗rtacha ikki foizga oshib borayotganini nazarda tutsak, aholi bandligini
to‗liq ta‘minlash doimiy aktual masala ekani ko‗rinadi.
So‗nggi yillarda yalpi ichki mahsulotning har yili eng kamida sakkiz foizga
o‗sish sur‘atlarida bandlik darajasining oshishi o‗rtacha 2,5 foizni ko‗rsatmoqda.
Bu barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ega mamlakatlardagi mavjud
an‘analarga mos keladi. Yurtimizda ish o‗rinlarini yaratish va aholining bandligini
ta‘minlash borasidagi barqarorlik, samaradorlik omillarini tahlil qilsak, avvalo,
xususiy tadbirkorlik rivojining jadallashuvi, qulay ishbilarmonlik muhitining
yaratilgani, kichik korxona va mikrofirmalar soni ortishi har yili minglab kishilarga
turmush farovonligini oshirish imkoniyatini berayotganida o‗z ifodasini topmoqda.
Ta‘kidlash joizki, investitsiya, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish,
iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy va sanoatni
rivojlantirish hududiy dasturlari izchil amalga oshirilishi, yakka tartibdagi
tadbirkorlik, xizmat ko‗rsatish va servis, transport-kommunikatsiya sohalarining
jadal sur‘atda ravnaq topishi aholi bandligini ta‘minlashda salmoqli o‗rin
tutmoqda. Kasanachilikni, oilaviy tadbirkorlikni, milliy hunarmandchilikni
rivojlantirishga berilayotgan alohida e‘tibor ham minglab oilalarning ro‗zg‗ori
butligini ta‘minlayotir. Ayniqsa, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand,
Toshkent, Farg‗ona va Xorazm viloyatlari kasanachilik va milliy hunarmandchilik
markazlariga aylangan.
Bundan tashqari ko‗p tarmoqli fermer xo‗jaliklarining safi kengayib
borayotgani, aholining shaxsiy yordamchi uchastkalarda dehqonchilik mahsulotlari
yetishtirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani, vaqtincha faoliyat yuritmayotgan
va bankrot deb topilgan korxonalarning moliyaviy sog‗lomlashtirilishi ishsizlik
darajasi mo‗‗tadilligini saqlashga xizmat qilmoqda.
37
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb sayti www.stat.uz
126
Quvonarlisi, bandlik va daromadlar o‗sishi natijasida yurtimiz aholisining
iqtisodiy faolligi kuchaydi, pirovardida mehnat bozorining asosiy indikatorlari
barqarorligiga erishilmoqda. Bandlik tizimida ijobiy siljish va an‘analar ko‗zga
tashlanmoqda. Chunonchi, nodavlat iqtisodiy sektorda ish bilan band kishilar
ulushi 2000 yildagi 58 foizdan 2017 yilga kelib deyarli 85 foizga o‗sgan. Agar
bundan 15 yil oldin ish bilan ta‘minlanganlarning 34 foizi qishloq xo‗jaligida
mehnat qilgan bo‗lsa, bugunga kelib xizmat ko‗rsatish, sanoat va qurilish-pudrat
ishlarida bandlik ko‗rsatkichi ortib borayotir.
O‘zbekistonda mehnat salohiyati yuqori mamlakatdir. Fuqarolarning mehnat
qilish bilan bog‗liq konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatlashga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar aholining ehtiyojmand qatlam vakillari bandligini izchil ta‘minlash,
ayni maqsadda kvotalangan ish o‗rinlariga nogironlarni, ko‗p bolali ota-onalar,
ayollar, jazoni o‗tash joyidan ozod qilingan shaxslarni jalb etishni ham qamrab
olgan. Shu bilan birga yoshlarni, jumladan, o‗rta maxsus, kasb-hunar kollejlari
bitiruvchilarini ishga joylashtirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‗lgan
mutaxassisliklarga ishsizlarni ―usta-shogird‖ usuli bilan kasbiy tayyorlash va qayta
tayyorlash, ish kuchiga talab va taklifni o‗zaro muvofiqlashtirish borasida e‘tirofga
loyiq natijalar qo‗lga kiritilmoqda.
Bandlik sohasidagi bu muvaffaqiyatlar odamlarning turmush darajasini tobora
yaxshilash yo‗lidagi tizimli islohotlar bilan uzviy bog‗liq.
Aholi bandligini ta‘minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng
muhim shartlaridan biri hisoblanib, iqtisodiyotda alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta‘minlashni yanada yaxshilash va uning
farovonligini oshirishning eng muhim yo‗nalishlaridan biri bu – kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik
faoliyatini
rivojlantirish
bozor
iqtisodiyotining
asosiy
harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan kichik mulkdorlar sinfini shakllantirishga,
mamlakatimiz bozorini iste‘mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish
imkoniyatini yaratishga, har bir oila daromadini ko‗paytirishda hamda yangi ish
o‗rinlarini yaratish evaziga ishsizlik masalasini hal etishga zamin yaratadi. Kichik
127
biznesda aholi bandligi boshqa iqtisodiy faoliyat ko‗rinishlaridagi bandlik kabi
bandlikning ijtimoiy shakli sifatida tan olinmoqda. Aynan kichik biznesda aholi
bandligini oshirish bugungi kunda mamlakatimizda muhim ijtimoiy vazifalardan
biri hisoblangan – ishsizlik muammosini hal etish imkonini bermoqda.
Respublikada kichik biznes sohasida ishchi kuchi bandligi samaradorligini
ta‘minlash uchun quyidagi yo‗nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy
biznes
va
kichik
xususiy
korxonalarni
rivojlantirishni
jadallashtirishni ta‘minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‗batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‗lgan ishlab chiqarish
korxonalari
bilan
kasanachilikni
kengaytirish
asosidagi
kooperatsiyani
rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xom ashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli
mahsulot ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan yengil va oziq-ovqatni qayta ishlash
sanoatining ko‗p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko‗rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq
xo‗jaligiga taalluqli bo‗lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal
etishga e‘tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o‗qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish
bilan shug‗ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish;
- kasb-hunar kollejlari bitiruv kurslarining o‗quvchilarini aniq korxonalarga
biriktirish bo‗yicha kompleks choralarni ro‗yobga chiqarish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlariga, ayniqsa uzoq qishloq
joylarda ish o‗rinlari tashkil etilishini nazarda tutadigan loyihalarni
moliyalashtirish;
- ishsizlarni, birinchi navbatda yoshlarni, xotin-qizlarni, imkoniyati
cheklangan shaxslarni ishga joylashtirish bo‗yicha, jumladan ularni kasbiy qayta
tayyorlash, haq to‗lanadigan jamoat ishlariga, ayniqsa transport, yo‗l yoqasi va
ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari qurilishiga, qishloq joylarda namunaviy loyihalar
bo‗yicha uy-joylar qurilishiga yuborish, shuningdek bo‗sh ish o‗rinlari
128
yarmarkalarini o‗tkazish yo‗li bilan amaliy chora-tadbirlar amalga oshirish; -
viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish, uy mehnati,
oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni tadbirkorlik
faoliyatiga jalb etishga alohida e‘tibor qaratish.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ish bilan bandlik darajasining
yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng
yo‗l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |