44
Yuqoridagi rasmdan shuni ko‘rishimiz mumkinki, oxirgi 10 yillikda xizmatlar
sohasining YaIM va tarmoqlar kesimida yalpi qo‘shilgan qiymati 233 foizlik o‘sish
bilan qurilishdan keying 2-o‘rinni egallab turibti.
Yuqoridagi tahlillardan ko‗rishimiz mumkinki, respublikamizda barcha kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining 50 foizidan ortiqrog‗i va shu
korxonalarda hamma band bo‗lganlarning choragidan ko‗prog‗i xizmat ko‗rsatish
sohasiga, aniqrog‗i, umumiy ovqatlanish va savdo sohasiga to‗g‗ri keladi. Bu
sohalarni rivojlanishi iqtisodiyotning taraqqiyoti uchun foydali. Ammo boshqa
tarmoqlarning rivojlanishi dinamikasida ham bu
kabi sezilarli darajadagi
o‗zgarishlarga erishib bormog‗imiz kerak.
Biroq, shunga qaramay ayni davrda ish bilan band etish masalalarida o‗ziga
xos muammolar yo‗q emas. Chunki O‘zbekiston aholisi bugungi kunda 33 mln.
kishidan oshmoqda. Har yili mehnat resurslari tarkibiga 500 mingdan ziyodroq
kishi qo‗shilib borayotganligini aytadigan bo‗lsak ish bilan band etishdagi
muammolarni yanada keng ko‗lamda hal etish talab etiladi. Qolaversa, nafaqadagi
ayrim shaxslarning mehnat qilishga bo‗lgan ishtiyoqlari bandlikni ta‘minlashdagi
jarayonlarni yanada jiddiylashtiradi.
Shunday ekan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa
qishloq joylarida yangi ish joylarini ochish hamda yoshlar orasida ish bilan bandlik
muammosini hal etish bilan bog‗liq muhim ijtimoiy
vazifalarni belgilab borish
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Mehnat resurslarining ortib borishi tendensiyasi
mavjud ekan, ijtimoiy vazifaning ustuvorligi yanada oshadi.
Bugungi kunda yoshlarda iqtisodiy tayyorgarlik, xo‗jalik yurita olish,
tejamkorlik singari xislatlar shakllanishi uchun yoshlarni
maktab va maktabdan
tashqari muassasalar, ishlab chiqarish, tadbirkorlik sohasida haqiqiy iqtisodiy
faoliyatga iloji boricha ertaroq va faol jalb etish
uchun imkoniyat yaratish
maqsadga muvofiqdir.
Hozir qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini
ishlab chiqarish, sanoatlashgan qayta ishlash, trikotaj va tikuvchilik mahsulotlari
45
ishlab chiqarish, qurilish mollarini ishlab chiqarish, sayyohlik xizmati va shu kabi
boshqa sohalarda kichik va xususiy korxonalarni
rivojlantirishdagi keng
imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak.
O‘ylashimizcha, ish bilan bandlikni oshirish masalalari xizmat ko‘rsatish
sohasiga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish istiqbollari bilan bog‗liq ekan, ushbu sohadagi mavjud muammolarni
qisman bo‘lsada bartaraf qilish uchun quyida belgilangan ishlarni amaliyotga joriy
qilish maqsadga muvofiqdir:
birinchi navbatda, qishloq joylarida xizmat ko‗rsatuvchi infratuzilma
faoliyatini tubdan takomillashtish va uni sifat jihatdan yaxshilash chora-tadbirlarini
amalga oshirish;
nafaqat
ijtimoiy infratuzilma, balki iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish
maqsadidagi bozor infratuzilmasi faoliyatini ham kengaytirish chora-tadbirlarini
joriy etish zarur. Keyingi yillarda bunga e‘tiborning sustligidan iqtisodiy
faoliyatdagi sub‘ektlar mazkazga (shaharlarga) intilmoqdalar;
kredit berish siyosatida e‘tiborni nafaqat ishlab chiqarish sohasidagi, balki
xizmat ko‘rsatishdagi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalariga
chuqurroq qaratish zarur deb hisoblaymiz. Chunki ishlab chiqarishda yangi ish
joylarini yaratish imkoniyatlari kengroqdir.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, shuni bemalol ta‘kidlashimiz
mumkinki, bugungi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiyotimizda o‘z o‘rnini topgan
soha bo‘lib, uning aholi bamdligi va turmush darajasini yahshilashdagi o‘rni
beqiyosdir.
Amalga oshirilgan tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik.
Xizmat bu birinchi navbatda mehnat mahsuli demakdir. Iste‘molchilarning mavjud
aniq talablarini qondirish ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‗lib
hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat – bu insonlarning ehtiyoj va
talablarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.Shulardan kelib chiqib,
xizmatlar bu iste‘molchilarning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hamda
davlatning ma‘lum bir extiyojini qondirishga tadbirkorlar tomonidan yo‗naltirilgan
46
naf keltiradigan xizmat jarayoni bilan bog‘liq ongli ravishdagi faoliyati degan
tushunchani anglatadi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida
yalpi ichki mahsuloti tarkibida bevosita ishtirok etadigan sohadir.
Xizmat sohasi
birinchi galda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat bo‘lib, bevosita kichik biznes va hususiy
tadbirkorlik subyektlariga mos keladi.
Ayni damdagi iqtisodiy islohotlarning pirovard vazifalaridan biri esa aholini
xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga jalb qilishni yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari bo‗lib, respublikada tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirishni
kengaytirish va shuning
asnosida aholi bandligini, iqtisodiy va ijtimoiy
farovonligini o‗sishini taminlashga erishishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: