D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


Nerv sistemasining periferik qismi



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

Nerv sistemasining periferik qismi.  Nerv sistemasining periferik qismi orqa 
miya  nervlari,  bosh  miya  nerlari  va  nerv  tugunlaridan  iborat.  Orqa  miya  nervlari 
orqa  miyadan  chiqib,  tana,  buyin  va  qo‗l-oyoqlarda  tarmoqlanadi.  Bu  nervlar 
aralash  nervlardir:  ular  markazga  intiluvchi  va  markazdan  chiquvchi  tolalardan 
iborat. Markazga intiluvchi tolalar orqali retseptorlardan orqa miyaga qo‗zg‗alish 
keladi,  markazdan  chiquvchi  tolalar  orqali  esa  qo‗zg‗alish  orqa  miyadan  har  xil 
organlarga o‗tkaziladi 
Bosh miya nervlari bosh miyadan chiqib, kalla va bo‗yinga tarqaladi, ulardan 
faqat bittasi qorin bo‗shlig‗i organlarida tarmoqlanadi. 
Bosh miya nervlari jumlasiga hid bilish, ko‗rish va eshitish nervlari kiradi, bu 
nervlar  markazga  intiluvchi  tolalardan  hosil  bo‗lgan.  Ular  qo‗zg‗alishni  sezgi 
organlari  retseptorlaridan  bosh  miyaga  o‗tkazadi.  Yuz  nervida  markazdan 
chiquvchi  tolalar  bo‗ladi.  Shu  tolalar  orqali  qo‗zg‗alish  bosh  miyadan  yuz 
muskullariga  va  so‗lak  bezlariga  o‗tadi.  Bosh  miya  nervlarining  ba‘zilari  aralash 
nervlardir.  Ularning  eng  yirigi  adashgan  nerv  deb  ataladi.  Bu  nerv  yurakda, 
o‗pkada,  jigarda,  ichaklarda,  buyraklarda  va  boshqa  organlarda  tarmoqlanadi. 
Qo‗zg‗alish  adashgan  nervning  markazga  intiluvchi  tolalari  orqali  ichki  organ-
larning  retseptorlaridan  bosh  miyaga  o‗tkaziladi.  Qo‗zg‗alish  adashgan  nervning 
markazdan  chiquvchi  tolalari  orqali  bosh  miyadan  ichki  organlarga  kelib, 
moddalar almashinuviga ta‘sir etadi.  
Nerv  tugunlari  -  o‗zaro  birikkan  neyron  tanachalarining  to‗plamidir.  Nerv 
tugunlari  har  xil  organlar  ichida  yoki  ular  yonida  bo‗ladi.  Bunday  tugunlarning 
ikkita  o‗zun  zanjiri  umurtqa  pog‗onasining  ikki  yoniga  joylashgan.  Quyosh 
chigalini hosil qiluvchi eng yirik tugunlar qorin bo‗shlig‗ida joylashgan. 
Bosh miya nervlari bilan orqa miya nervlarining markazdan chiquvchi tolalari 
harakatlantiruvchi va vegetativ tolalarga bo‗linadi. 
Harakatlantiruvchi nerv tolalari orqa miya bilan bosh miyaning harakatlantiruvchi 
markazlaridan  boshlanib,  skelet  muskullarida  ta‘momlanadi.  Bu  tolalar  skelet 
muskullarining qisqarishiga sabab bo‗luvchi qo‗zg‗alishni o‗tkazadi. 


141 
 
Vegetativ  nerv  tolalari  gavdaning  hamma  organlariga  boradi.  Bu  tolalar 
organlardagi yoki shu organlar yonidagi nerv tugunlari orqali o‗tadi; vegetativ nerv 
tolalari  harakatlantiruvchi  tolalardan  shu  bilan  farq  qiladi.  Qo‗zg‗alish  nerv 
tugunlarida  bir  neyrondan  ikkinchi  neyronga  o‗tadi.  Vegetativ  tolalar  organning 
faoliyatini  kuchaytiruvchi  yoki  sekinlashtiruvchi  qo‗zg‗alishni  o‗tkazadi.  Bunday 
tolalar  skelet  muskullarida  ham  bo‗ladi.  Bu  tolalar  orqali  boruvchi  qo‗zg‗alish 
muskullarni 
qisqartmasada, 
ammo 
muskullarda 
moddalar 
almashinuvini 
kuchaytirib,  ularning  ishini  zo‗raytiradi.  Odatda,  organga  qarama  -  qarshi  ta‘sir 
etadigan  ikkita  vegetativ  nerv  tolalari  keladi.  Masalan,  tomirlarga  tomir 
kengaytiruvchi  va  tomir  toraytiruvchi  nervlar  keladi.  Tomir  kengaytiruvchi 
nervlarning  ta‘sirlanishi  organning  oziqlanishini  oshiradi  va  uning  faoliyatini 
kuchaytiradi,  tomir  toraytiruvchi  nervlarning  ta‘sirlanishi  esa  organning 
oziqlanishini  pasaytiradi  va  uning  ishini  bo‗shashtiradi.  Yurakda  ham  ikkita  nerv 
tarmoqlanadi.  Bulardan  birining  ta‘sirlanishi  yurak  qisqarish  miqdori  va  kuchini 
oshiradi, ikkinchisining ta‘sirlanishi esa qisqarish miqdori va kuchini kamaytiradi. 
Organlarning  ana  shunday  ikki  tomonlama  innervatsiyasi  shu  organlar  faoliyatini 
juda  aniq  tartibga  solish  uchun  imkon  beradi,  chunki  nervlardan  birining  ta‘siri 
ikkinchisining ta‘sirini muvozanatlab turadi. 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish