D. A. Mamatqulov bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari


MUSKULLAR HAQIDA MA‟LUMOT



Download 3,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/187
Sana29.12.2021
Hajmi3,07 Mb.
#82154
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   187
Bog'liq
Bolalar anatomiyasi

MUSKULLAR HAQIDA MA‟LUMOT 
Odam  organizmida  600  dan  ortiq  muskul  bo‗lib,  ular  katta  odam  tanasi 
og‗irligining  45-50%  ini  tashkil  qiladi.  Odamning  tashqi  muxitdagi  harakatlari, 
mehnat  faoliyati,  nutq  funksiyasi,  nafas  harakatlari  va  boshqa  fiziologik 
funksiyalari  muskullarning  reflektor  harakati  natijasida  sodir  bo‗ladi.  Muskullar 
tevarak-atrof muhitdagi turli ta‘sirlarning sezgi organlariga ta‘siri va bu ta‘sirning 
markazga  intiluvchi  nervlar  orqali  bosh  miyaga  borib,  u  yerdagi  analiz-sintez 
jarayoni natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli 


51 
 
harakatlanadi.  Muskullar  harakatlanish  organi  bo‗lib,  muskul,  nerv  tolalari  va 
biriktiruvchi  to‗qimalardan  tuzilgan.  Muskul  to‗qimasi  hujayralardan  iborat, 
hujayra  ichidagi  qisqaruvchi  tolalar  miofibrillar  deb  ataladi.  Muskul  to‗qimasi 
tuzilishi va  funksiyasiga  ko‗ra,  ko‗ndalang  targ‗il va silliq  muskullarga bo‗linadi. 
Ko‗ndalang-targ‗il  muskullar,  asosan,  skelet  muskullaridir,  silliq  tolali  muskullar 
esa  ichki  organlar,  qon  tomirlar  devorida  uchraydi.  Muskul  -  muskul  tolalarining 
yig‗indisidan  tuzilgan  bo‗lib,  bu  tolalar  biriktiruvchi  to‗qima  yordamida  o‗zaro 
birlashgan.  Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to‗qima bilan o‗ralgan. 
  Muskul  to‗qimasi  hujayralari  kimyoviy  va  elektr  energiyasi  ta‘sirida  shu 
bilan  birga  nerv  sistemasi  yordamida  qo‗zg‗aladi.  Muskul  hujayrasi,  qanday  yo‗l 
bilan  qo‗zg‗alishidan  harakatga  keladi.  Buni  esa  oqsil  tolalaridan  tarkib  topgan- 
miofibril tolalar o‗z vazifasini bajaradi. Muskul to‗qimasi organizmdagi energiyani 
tejashda  katta  rol  o‗ynaydi.  Organizmdan  ajralgan  issiqlik  energiyasini  ana  shu 
mushaklar ta‘minlaydi. 
     
Muskullarning  umumiy  strukturasi  boshqa  to‗qima  hujayralariga  o‗xshash 
bo‗ladi.  Lekin  ba‘zi  bir  muskul  hujayralari  fibra  ya‘ni  tolalardan  iborat  bo‗lib 
uzunligi  20sm  gacha  yetadi.  Bunday  muskul  hujayralari  muskul  fibrillalari 
deyiladi.  Bunday  alohida  e‘tiborga  molik  hujayralar  oqsil  tabiatli  bo‗lgan 
miofibrillalardan  iboratdir.  Miofibrillalar  o‗z  navbatida  miofilamentlardan  tarkib 
topgan. Miofilamentlar qalin va yupqa miozin filamentlarga bo‗linadi.  
       Muskul to‗qimasi o‗z ichida 2ga bo‗linadi. 
1. Silliq tolali. 
2. Ko‗ndalang yo‗lli. 
Silliq  tolali  muskul  to‗qimasi  to‗qimalararo  qismning  ko‗p  joyini  tashkil 
etadi.  Masalan:  ichki  organlarning  ichki  devorini  hosil  qiladi  (oshqozon  ichak, 
siydik ajratish sistemasi,jinsiy organlar,qon tomir sistemasi). Silliq tolali muskulni 
avtonom  nerv  sistemasi  ya‘ni  vegetativ  nerv  sistemasi  boshqaradi.  Lekin  ko‗p 
organlar  miyogen  stimulatsiya  orqali  ham  boshqariladi,  bu  passiv  jarayon 
hisoblanadi. Silliq tolali muskul tuzilishi urchuqsimondir, uzunligi 25 millimikron 


52 
 
keladi.  Uning  markazida  ingichka  devor  bilan  ajratilgan  yadro  joylashgan. 
Homiladorlik  davrining  so‗ngida  tug‗ruq  jarayonlarini  osonlashtirish  vaqtida  bu 
tolalar  0.5  mm  uzayishi  mumkin  (1mm=1000millimikron).  Miofibrillalar 
sitoplazmasi hamma jarayonlarni boshqarib tartibga solidi
5
 
Har  qanday  muskulning  boshlanish  qismi,  boshi  va  birikish  qismi  -  dumi 
bo‗lib,  keng  tanasi,  ya‘ni  qorni  muskul  tolalaridan  tuzilgan.  Muskul  boshi  bilan 
tanaga  yaqin  suyakka,  dumi  bilan  tanadan  uzoqroq  suyakka  birikib,  qisqarganda 
bo‗g‗imda  harakat  bajariladi.  Muskul  tolalarining  yo‗nalishiga  ko‗ra  muskullar 
duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali 
bo‗lishi  mumkin.  Har  qaysi  muskul  tashqi  tomondan  biriktiruvchi  to‗qimadan 
tuzilgan  yupqa  parda  bilan  o‗ralgan  bo‗lib,  bu  parda  fassiya  deb  ataladi.  Fassiya 
alohida  muskulni,  bir  qancha  muskulni  yoki  muskullarning  hammasini  o‗rab 
turishi  mumkin.  Fassiya  bilan  paylar  orasida  harakatni  yengillashtiradigan 
sinoviyal suyuqligi bo‗ladi. 
Muskullar    uzun,  kalta,  keng  va  yumaloq  bo‗lishi  mumkin.  Uzun  muskullar 
ko‗proq  qo‗l-oyoqlarda  uchrab,  keng  qulochli  harakatlarda  qatnashadi.  Kalta 
muskullar  harakat  qulochi  kam  bo‗lgan  qismlarda  uchraydi.  Masalan,  ular 
qovurg‗alar, umurtqalar orasida bo‗ladi. 
Keng  muskullar  gavda  atrofida  joylashgan,  masalan,  ko‗krak,  qorin 
muskullari  va  boshqalar.  Ularning  muskul  tolalari  har  tomonga  yo‗nalgan  bo‗lib, 
boshlanish va birikish joyida keng pay-aponevroz hosil qiladi. Yumaloq muskullar 
og‗iz  va  ko‗z  atrofida  joylashgan.  Organizmdagi  muskullar  har  xil  nomlanadi, 
masalan, boshlanish, birikish joyiga ko‗ra yelka-bilak muskuli; funksiyasiga ko‗ra 
chaynash  muskuli,  bukuvchi  muskullar  va  boshqalar;  birikish  boshiga  qarab  ikki 
boshli,  uch boshli va hokazo; tuzilishiga ko‗ra yarim pay, yarim parda muskullar; 
shakliga ko‗ra trapetsiyasimon, rombsimon muskullarga ajratiladi.  
                                                           
5
 

Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish