Joriy ko‘rsatma berish talabalar tom onidan am aliy ishlar
bajarilayotganda o‘tkaziladi. U odatda, yakka tartibda va guruh bo'yicha
o'tkaziladi.
Joriy ko'rsatma berishda usta o'quv guruhi diqqatini o'rganilayotgan
operatsiyani bajarishning eng samarali usullariga qaratadi, topshiriqm
bajarishga sust tayyorlangan talabalarga yordam beradi va hokazo. Usta
faoliyatining yutug'i ko'pincha butun guruh va har bir talaba ishi ustidan
maqsadga yo'naltirilgan kuzatuvni tashkil etish mahoratiga bog‘liq bo'ladi.
Guruhni faollashtirishga musobaqa elementlan, o'yin vaziyatlarini kiritish
bilan, alohida operatsiyalar bajarilishini bosqichma-bosqich baholash
bilan erishiladi.