Ctzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. O u m o V, O. Abduqudusov, L. Uzoqova, M. Ahmedjonov, D. Jalolova


Kasb ta’limida o‘quv maqsadlarini va mazmuniarini



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/98
Sana15.02.2022
Hajmi3,09 Mb.
#449386
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98
Bog'liq
kasb talimi uslubiyati

3.3. Kasb ta’limida o‘quv maqsadlarini va mazmuniarini
belgilash
O'quv maqsadlarini aniqlash, shakllantirish, turlash va tizimlashtirish, 
ketma-ket masalalar va savollar tarzida ifodalash o'qituvchi ishining eng 
murakkab va mas’uliyatli qismi hisoblanadi.
Maqsadlarni aniq belgilash va tizimlashtirish, o'qituvchi faoliyatining 
keyingi bosqichlariga yo'naltiruvchi omil sifatida xizmat qiladi. Tahsil 
oluvchilar ongiga yetkaziladigan ta’lim maqsadlari ulami o'quv-bilish 
faoliyatiga mo'ljal bo'ladi va ta’lim-taibiya jarayonida ularning ongliligi va 
faolligini,oshiradi.
O'quv maqsadlarini ishlab chiqishning birinchi bosqichida o'qituvchi 
tayyorlanayotgan mutaxassisning modeli hisoblangan davlat ta’lim 
standartini o'rganishi zarur. Undan so'ng o'quv rejasi o'rganilib, o'zi 
o'qitadigan o'quv predmetini boshqa umumta’lim, umumkasbiy va 
ixtisoslik turkum fanlari bilan aloqadorligi aniqlanadi. O'qituvchi shu 
yo'l bilan o'zi o'qitadigan o'quv predmetini o'qitishdan ko'zlangan 
umumiy maqsadini, mutaxassis faoliyatida uchraydigan muammoli 
vaziyatlami aniqlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shunday qilib, o'quv 
rejasiga kiritilgan har bir o'quv predmeti davlat ta’lim standarti doirasida 
bo'lajak mutaxassislarda ma’lum bilim, ko'nikma va malakalarni 
shakllantirishni ko'zda tutadi. Bularsiz mutaxassis o'ziga yuklatilgan 
vazifalami to'laqonli bajara olmaydi.
O'quv maqsadlarini ishlab chiqishning ikkinchi bosqichida o'qituvchi 
xususiy maqsadlarni ishlab chiqadi. Bunda o'quv predmetining namunaviy 
dasturini tahlil etish asosida har qaysi bob, mavzuga tegishli maqsadlar 
aniqlanadi. Aniqlangan maqsadga binoan o'quv materialining mazmuni 
va o'zlashtirish rejasi dastur nomi bilan ataladigan darslik, o'quv 
qo'llanmasi va shu kabi adabiyotlardan aniqlanadi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, o'quv jarayoni har 
bir o'quv predmetining o'qitish maqsadlarini belgilashdan boshlanadi. 
Chunki har bir nazariy yoki amaliy mashg'ulot aniq maqsadlarni ko'zda 
tutadi. Agar o'quv maqsadlari belgilanmay mashg'ulot o'tkazilsa, uning 
mazmuniy va didaktik tuzilmasi buziladi.
O'quv maqsadlarini belgilab, ma’lum ketma-ketlikda joylashtirish, 
tasniflash, pedagogik taksonomiva deb yuritiladi (taksonomiya tushunchasi


grekchadan olingan bo'lib, tartib bilan joylashtirish qonuni ma’nosini 
anglatadi).
Taksonomiya o'rganilayotgan obyektning tabiiy aloqalari asosida 
tuziladigan ko‘p pog‘onali joylashtirishdir. Pedagogikada amerikalik olim
B.Blumning o ‘quv maqsadlari taksonomiyasi eng ko‘p tarqalgan 
hisoblanadi. Bu taksonomiya quyidagi tartibga ega:
1. Bilish-o‘rganilavotgan materialni xotirada saqlab qolish va qayta 
xotirlashni ko'zda tutadi. Bunda talaba o'zlashtirgan material mazmun 
mohiyatini anglamaydi.
2. Tushunish-о' reanilavotgan materialni mohiyati anglanadi, xulosa 
chiqarish imkoniyati mavjud bo'ladi. Tushunish darajasining ko'rsatkichi 
sifatida material mohiyatini izohlab berish, boshqa materiallar bilan 
aloqadorligini ko'rsatish kabilardan foydalaniladi.
3. Oo'llash-o'zlashtirilgan dalillar, tushuncha, bilim va ish usullarini 
amaliyotga tatbiq etish qobiliyati.
4. Tahlil Qilish-o'zlashtirilgan yaxlit o'quv materialini qismlarga ajratish, 
bu qismlarning daraja va o'zaro nisbatlarini o'rgatish, qaytadan yaxlitlik 
hosil qilishni ko'zda tutadi.
5. Sintez-o'zlashtirilgan alohida-alohida materialni umumlashtirib yaxlit 
yangi tuzilma hosil qilishni ko'zda tutadi.
6. Baholash -belgilangan maqsadlarni egallangan natijalar bilan 
qiyoslash orqali amalga oshirilganligi sababli eng yuqori daraja hisoblanadi. 
O'quv maqsadlarini belgilashda tahsil oluvchi talaba o'zini qanday holatda 
tutishi lozimligi ifodalovchi so'z (fe’l) ishlatish zarurki, u maqsadni 
aniq tushunilishini ta’min etsin. Buning uchun o'z navbatida har bir 
mavzuga oid tayanch iboralami alohida ko'rsatish kerak bo'ladi.
Ajratib ko'rsatilgan tayanch iboralaming o'zlashtirilish darajasini 
belgilab olish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O'quv maqsadlarini tizimlashtirish va darajalashni quyidagi jadval 
ko'rinishida belgilash maqsadga muvofiqdir.
Bu fe’llar darsning bir-biri bilan bevosita aloqador va munosabatda 
b o 'lg an t a ’lim iy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi m aqsadlarini 
shakllantrishda o'z ifodasini topishi zarur. Biz har bir mashg'ulot 
maqsadini qanchalik aniq belgilab olsak, unga erishish shuncha oson 
bo'lishi amaliyotda tasdiqlangan.
Amaliy xarakterdagi maqsadlarga erishishda quyidagi omillar o'z


ta’sirini ko‘rsatishi mumkin: shart-sharoit, tahsil oluvchilarning ongli 
munosabatlari, moddiy-texnik baza, vaqt va shu kabilar.

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish