0 ‘qitishning tushunarli bo‘lishi tamoyili o‘rganilayotgan material
mazmuni, hajmi va o‘qitish usullariga ko‘ra talabalarning yoshiga,
tayyorgarlik darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos
bo‘lishini talab etadi.
0 ‘qitishning tushunarli bo'lishi deganda uni oson o‘zlashtiriladigan
bo‘lishi tushunilmaydi. Haddan tashqari oson materialni talabalar
ortiqcha kuch-g‘ayrat sarflamay, o‘zlashtirib oladilar. Bunday o'qitish
talabalarning aqliy bilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam
bermaydi. 0 ‘qitishni tushunarliligi talaba imkoniyatlarining eng yuqori
chegarasi va uni asta-sekin oshirib bonsh bilan belgilanadi. Ta’lim
jarayonining borishida talabalar oldiga qo‘yiladigan o‘quv va mehnat
topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish ularning aqliy
imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. 0 ‘quv materialining
mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo‘lishi kerakki, talabalar
uni o‘zlarining awal olgan bilimlari bilan bog‘lay olishlari va uni
tushunishda qiynalmasligi lozim.