Ctzbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. O u m o V, O. Abduqudusov, L. Uzoqova, M. Ahmedjonov, D. Jalolova


 ‘quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/98
Sana15.02.2022
Hajmi3,09 Mb.
#449386
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
kasb talimi uslubiyati

3.4. 0 ‘quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va
ulardan foydalanish
Hozirgi paytda ta ’lim-tarbiya tizimida o'qituvchining tahsil 
oluvchilar bilan jonli muloqot va munosabati muhim ahamiyatga ega 
bo'lganligiga qaramay, u yagona axborot manbayi bo‘la olmasligi hayotiy 
haqiqat. Shuning uchun ham, ta ’lim-tarbiya ishini osonlashtiradigan 
va samaradorligini oshirish omillaridan keng foydalaniladi. Ana shunday 
omillardan biri 
0
‘qitishning texnik vositalandir.
0 ‘qitishning texnik vositalari deganda ta ’lim-tarbiya jarayoni 
ish tiro k c h ila rin in g h am k o rlik fao liy a tin i t a ’m in lab , uning 
samaradorligini oshirish, ta ’minlash maqsadida foydalaniladigan 
qurilmalar tizimi tushuniladi.
Barcha o‘qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy 
guruhga bo'lish mumkin.
1. Audiovizual vositalar (kinoproyeksiya, diaproyeksiya va 
epi proyeksiyalar, ovoz yozib olish, televideniye, radio);
2. Jihozlar, uskuna va asboblar;
3. Dasturli (kompyuterli) ta ’lim vositalari.
0 ‘qitishning texnik vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil 
etuvchi komponentlari bilan uzviy bog'liqlik va munosabatlami hisobga 
olgan holda foydalanish zarur. Aks holda mashg‘ulot samarasini 
umuman yo'qqa chiqarish ham mumkin.
M ashg'ulotda o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish 
yordamchi xarakterga ega bo‘lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi 
darsning umumiy rejasida maqsadga muvofiq ravishda belgilanadi.
Hoziiga paytda ta’lim-tarbiya jarayonida o'qituvchining jonli muloqoti 
muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga qaramay, u yagona axborot manbayi 
bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat.
0 ‘quv xonalarini o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda 
quyidagi texnik-pedagogik talablar qo‘yiladi:
1. 0 ‘quv xonalarini o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda 
o‘quv jarayonida ulardan majmuaviy foydalanishni hisobga olish zarur.
2. 0 ‘quv xonasining istalgan joyidan yaxshi ko‘rish va eshitish 
imkoniyatining mavjudligi.
3. 0 ‘quv xonasida, shovqin, yorug‘lik, namlik kabilar m e’yorini 
ta ’minlash.


4. Oddiy, arzon, xavfsiz, uzoq muddat buzilmay ishlashi;
Ta’lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish, awalo, didaktik 
prinsiplarga amal qilishni ko‘zda tutadi. Masalan, ko‘rsatmalilik 
prinsi pi real obyekt bilan mavhum tasawurning birligini ifodalaydi.
Real obyekt yoki uning tasvirini ko‘rish (idrok etish) inson uchun 
uni bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanib, aniq tasavvurlar 
va mavhum tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o'taydi.
Ta’lim-tarbiya ishida ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati 
insonning fikrlash xususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash 
xususiyati ma’lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha va 
mavhum qonun-qoidalar aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning 
mohiyat mazmuni ancha oson va tez shakllanadi. Inson tafakkurining 
rivojlanishi uning yoshiga, hayotiy tajribasi kabilarga bog‘liq bo‘lib, 
ta ’lim-tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va obrazlardan 
ajralib qolmasligini talab etadi.
Tasviriv ko'rsatmalardan auvidagi hollarda foydalaniladi:
- o‘rganiladigan obyekt juda katta yoki kichik bo‘lganda:
- o'rganiladigan obyektni bevosita к о 'r ish mumkin emas:
- tushuncha va xulosalami grafik tarzda ifodalash mumkin bo'lganda:
- murakkab obyektlami soddalashtirish yoki ishlash tartibini 
ko'rsatish zarur bo'lganda:
- obyektning eng xarakterli zamon va makondagi holatni qayd 
etish va ko'rsatishda va boshqalar.
Ko'rsatmali ao'llanmalarga quvidaei talablar qo'viladi:
- barcha talabalarga yaxshi ko'rinadigan hajmda bo'lishi:
- o'quv xonasining istalgan joyidan bemalol o'qilishi:
- muhim detallar va yozuvlarning diqqatni o'ziga tortuvchi rang 
bilan alohida bo'yalishi:
- tasvirlar imkon qadar obyektning asl rangiga mos bo'lishi:
- tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi:
- matnning haddan tashqari ko'p bo'lmasligi:
- tasvirlangan obyektlarning tabiiy vaziyatda ko'rsatilishi:
- masshtabga rioya qilishi:
- arzon, qulay, uzoq vaqt o'z holatida saqlanishi va shu kabilar.
Shu o'rinda ko'rsatmali qo'llanmadan foydalanish maqsad bo'lmay,
balki natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur.
Ko'rsatmali qo'llanmalardan foydalanishda o'quv materialining


mazmuni va vaqtini hisobga olish zarur. Mashg'ulotda ko'rsatmali 
qo'llanmalardan haddan tashqari ko'p foydalanish ham yaxshi natija 
bermaydi. Namoyish qilinayotgan materiallarni idrok etish jarayonida 
tahsil oluvchilar sezgi organlarini (ko'rish, eshitish, hidlash, ta ’m 
bilish) k o 'p ro q jalb etish zarur. O 'q itu v ch in in g so 'z i b ilan
ko'rsatmalilikning uyg'unligi katta ahamiyatga ega. Ko'rsatm ali 
qo'llanmadan foydalanilganda beriladigan izoh tahsil oluvchilar diqqat- 
e’tiborini asosiy materiallarga qaratilishini ko'zda tutadi.
Ushbu vositalardan foydalanishda ulami muayyan maqsad, maxsus 
soha va usullarga mos holda tanlash muhim o'rin tutadi. Eng muhimi 
shundaki, amaliyot o'qituvchisi o'quv va ko'rgazmali vositalami ishlata 
olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni 
bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan 
texnik muammolarni hal qila oladigan bo'lishi lozim. Masalan: tikuv 
mashinasi ishida sodir bo'ladigan nuqsonlami bartaraf eta bilishi, 
asosiy sozlanishlami bajarishi va mashinani ishchi holatiga keltira olishi 
kerak, ya’ni o'z kasbiy sohasining mohir ustasi bo'lishi lozim. Amaliyot 
o'qituvchisi o'z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday 
yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o'zi 
yangiliklar qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega 
bo'lishi lozim. K o'pinchao'qituvchilar doska tasvirlari, flipchart 
tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalami o'zlari ishlab 
chiqadilar.

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish