do'stlik munosabatlarini, o‘quv yurtidagi shart-sharoitlami bilish, yutuq
va kamchiliklarni, dinga, xususan, tasawuf ilmiga qiziqishlarini aniqlash,
talabalarning ma’naviy sifatlarini, bilim olishga ishtiyoqi,
adabiyotlar
bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quv taqsimoti, o'qituvchilaming bilim
berish darajasi, o'quv qo‘llanmalarining sifati, kompyuterda mashg‘ulot
o‘tkazish turlarini o‘rganish, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi
mashg‘ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning
xarajatini qanchalik qoplashi, talabalarning haq to‘lanadigan
ishlarda
qatnashishi, ota-onalarining moddiy yordami, ularning ma’lumoti, ish
joyi, talabalar ko‘p boradigan jamoat joylari, yashash joyi, ilmiy
dunyoqarashining shakllanishiga ta ’sir etuvchi, mutaxassis bo‘lib
yetishishida hal
qiluvchi omillar, talabalarning onglilik darajasi, komil
inson bo‘lish uchun kerakli bo‘lgan ma’naviy sifatlar, o‘zlashtirganlik
darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblaming barchasi
kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
Ushbu usullardan tashqari kasb ta’limida maxsus empirik usullardan
ham foydalaniladi.
Kasbiy pedagogikada tadqiqotning maxsus
empirik usullari keng
tarqalib, unda hodisa va jarayonlami o'rganishga yo‘naltirilgan asbob-
uskunalar va apparatlar obyektiv miqdoriy kattaliklami olish maqsadida
qoilaniladi.
Tadqiqotning maxsus empirik usullarini shartli ravishda 3- guruhga
bolish mumkin:
1. lsh-harakatlarining natijaviy tafsilotini o'rganish (harakatlami aniq
bajarish, sarflanadigan vaqt, ish unumi)
2. Biomexanik usullar
3. Psixofiziologik usullar
lsh-harakatlarining natijaviy ko‘rsatkichlari bilan bogliq tadqiqotlarda,
shu jumladan, ulami o‘zlashtirish jarayonida
xronometraj katta rol
o'ynaydi. Ish me’yori, maqbul vaqt, shu jumladan, ishlab chiqarish
ta’limining turli davrlarida talabalar vaqt me’yori, ish tartibotini aniqlash
maqsadida, shuningdek, harakatlaming vaqtinchalik tuzilmasini o‘iganish
talabalar yoki ishchilaming tayyorgarlik darajasini baholash uchun
xronometrajdan foydalaniladi.
Ish kunini tasviiga olish xronometrajning bir turi bo‘lib,
unda ish
kuni davomida yoki ishlab chiqarish ta’limi darajasida barcha vaqt sarflari
o‘lchanadi va tahlil qilinadi. Bu bilan ish vaqtining sarfi va ishni tashkil
etishning holati ajratib ko'rsatiladi. Xuddi shu maqsadlarda o‘z-o‘zini
tasviiga olish qoilanilib, unda talaba yoki ishchi o‘z ishini o‘zi kuzatadi
va olingan natijalami maxsus kuzatish varaqasiga kiritadi.
Biomexanik usullar — bu ish-harakatining fazoviy vaqt va kuch
parametrlarini o‘rganishdir. Bunda ularning mukammallik darajasi,
ishchining asbob, dastgoh va hokazolar bilan o‘zaro kuch ta ’siri, asbob
va qo‘l harakatining kinematikasi va boshqalar aniqlanadi.
Tarixan ilk biomexanik usulga siklogramma kiritiladi. Siklogramma harakat
elementlarining ketma-ketligi va o‘zaro bog‘liqligini o‘zida aks ettiradi.
Siklogramma usullarida asboblaiga, qo‘l yoki oyoqlaiga elektr lampochkalar
biriktiriladi. Ish jarayoni fotoapparat bilan suratga olinadi. Fotoplastinkada
lampochka tasvirining yorug* nuqtalar ko‘rinishida
qolgan izi mos
ravishdagi harakat trayektoriyasini beradi. Olingan trayektoriyaning tahlili
harakatning tezligi, tezlanishi, yo‘nalishi va boshqa tashkil etuvchilami
aniqlash imkonini beradi.
Psixologik usullar o‘quv va mehnat faoliyati jarayonida inson
organizmining turli a ’zolarining funksional holatini o ‘rganishda
foydalaniladi. Bulardan elektromiograflya, elektrokardiografiya,
elektrodermografiya usullari keng qoilaniladi.
Elektromiografiya — harakatlanuvchi muskullar elektrik potensialini
yozishdir. Istalgan muskul harakati bosh miyadan elektrik impuls
ko‘rinishida uzatiladigan ta’sirlar natijasida ishlaydi. Muskullaming elektrik
faolligi uning qisqarish kuchini aniqlaydi. Muskullaming elektrik potensiali
maxsus elektrodlar yordamida kuchaytirgichga, avtomatik tarzda yozgichga
uzatiladi va u yerda miogramma — elektrik signallaming qog‘ozda yozilishi
qayd qilinadi.
Elektrokardiografiya — yurak tomirlarining elektrik potensiallarini qayd
qilishdir. Yurak tomirlari ham muskullar
kabi bosh miyadan keluvchi
elektrik signallar t a ’siri ostida qisqaradi. U larni qayd qilish
elektrokardiografiya deb aytiladi.
Elektrodermografiya — terming elektrik potensialini qayd qilishdir.
Inson tanasidan ter oqib chiqishi ham miyaning elektrik signallari ta’siri
ostida amalga oshadi. Elektrodermogramma, birinchi navbatda, insonning
ish jarayonidagi his-tuyg‘u holati ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Markaziy asab tizimining funksional holatini aniqlash uslubi o‘quv-
mehnat faoliyatining talaba oiganizmi holatiga ta’sirini o‘rganish uchun
qoilaniladi, masalan, diqqat darajasi,
ish jarayonida toliqishning
rivojlanishi, mashqlar ta’siri ostida markaziy asab tizimida sodir bo‘ladigan
siljishlar va hokazo.
Ko‘pincha shartli reaksiyalar usuli qoilaniladi, ya’ni talabalarga nurli,
tovushli yoki boshqa xildagi axborotlar uzatiladi. Unga javob tariqasida
talaba uncha murakkab boimagan qandaydir ish holatini amalga oshirishi
kerak. Masalan, tugmachaga bosadi. Bu harakatni bajarish vaqti va xarakteri
bo'yicha ushbu vaziyatda talaba markaziy asab tizimining holati va turli
mezonlar ta’siri ostida undagi o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: