Covid-19 davrida iqtisodiyot / covid-19 davrida iqtisodiyot


Muqobil tanlov: daromadli shartli kreditlar (an alternative: income contingent loans)



Download 99,5 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2021
Hajmi99,5 Kb.
#72001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 (Full by Nadira)

Muqobil tanlov: daromadli shartli kreditlar (an alternative: income contingent loans)

To'lovni to'xtatish yoki davom ettirish bilan bog'liq muammo shundaki, boshlang'ich pandemiya qanchalik uzoq davom etgani sayin, to’lovni davom ettirih ham, uni to’xtatish ham qiyinlashib boradi. Qolaversa, biz bularning qanchalik qiyin bo'lishini yaxshi anglab yetmaymiz. Boshqacha aytganda, ular haqiqatan ham vaqtinchalik favqulodda choralardir.

Hukumat kafolatiga ega bo'lgan davlat yoki xususiy kreditlar uzoq davom etishi mumkin bo'lgan choralardir. Qayd qilish jarayonida turli xil davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan ustida bosh qotirishar edi. Sendhil Mullainathan yozganidek:

2008 yildagi inqiroz davrida hukumat ushbu tamoyilni yaxshi tushundi. Bu xuddi shu sababga ko'ra yirik moliyaviy firmalarning ishini to'xtatdi: ular, hech qanday xalqaitlarsiz, keraksiz ravishda doimiy bo'lib qoladigan vaqtinchalik zarbalarga duch kelishar edi. Bunday yordamlardan yana qanday ma’no anglashilgan bo’lsa ham, bu iqtisodiy mantiq to'g'ri edi. Ushbu sarmoyalar hukumat uchun katta foyda keltirdi.

Kreditlardan foydalanishning mana shu usuli, shuningdek, aviakompaniyalar va mehmonxona operatorlarш kabi qattiq zarba yegan ba'zi bir sohalarga ham berildi. Kreditlar - bu veksellarni to'lash uchun ruxsat berish usuli bo'lib, qaysi veksellarni va qancha miqdordaligining farqi yo’q, chunki qarz olgan har bir kishi hali ham uni to'lash uchun javobgardir.

Biroq, daromad yoki ish haqi bo'lmasa, to'liq kreditlar moliyaviy jihatdan mumkin bo'lmasligi mumkin. Shu munosabat bilan hukumat qarzdorlarga moliyaviy “nafas” olish uchun imkon berish maqsadida qadam-baqadam qisqa muddatli to'lovlarni amalga oshirishga yordam berish, yoki asosiy kredit (loan) miqdorini kamaytirishni sinab ko’rishlari kerak yoki yo’qligi haqida bahs-munozaralar ketmoqda. Ikkinchi holatning mantiqiy sababi shundaki, bu kelajakdagi korxonalar va boshqa korxonalarning oyoqqa turishiga yordam beradigan kredit miqdorini kamaytiradi.

Piter Ganong va Paskal Noel tomonidan sinchkovlik bilan o'tkazilgan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, agar sizning maqsadingiz vaqtinchalik muammolar uzoq muddatli muammolarga aylanishining oldini olish bo'lsa, unda qisqa muddatli yordam berish yaxshiroqdir. 2008-2009-yildagi moliyaviy inqiroz davrida taklif qilingan ba'zi dasturlarning differentsial ta'siridan foydalanib, ular uzoq muddatli majburiyatlarni qisqartirish (boylikni to'g'ridan-to'g'ri yaxshilash)(direct improvement to wealth) bilan qisqa muddatli to’lov (likvidit) larning kamayishining ta'sirini o'lchashga muvaffaq bo'ldilar. Ma'lum bo'lishicha, birinchisi allaqachon kasotga uchragan qarz oluvchilar uchun hech qanday chora ko’rmagan, ikkinchisi esa to'lov stavkalarini (default rates) sezilarli darajada pasaytirgan. Ushbu tadqiqot shuni ko'rsatadiki, biz qarz oluvchilarga kreditlarni qisqartirish uchun to'g'ridan-to'g'ri kreditorlarga to'lanadigan yordamdan ko’ra davlat tomonidan zayomni qaytarishda yordam ko'rsatishni maqul ko’ramiz.

Albatta, bu yordamni odamlarga to'g'ridan-to'g'ri berish uni har qanday sharoitga moslashtirish, shuningdek, har qanday yordamni to'lash mashaqqatli bo'lmasligiga kafolat berishni qiyinlashtiradi. Ammo ma'lum bo'lishicha, avstraliyaliklarning qarzdorlik sxemasidan oliy ta'lim to’lov-shartnomasi uchun (higher education tuition) tayyor yo’l-yo’riq sifatida qo'llansa bo’ladi. Avstraliyadagi universitetlar (asosan) hukumatga qarashli, ammo baribir talabalarga to’lov joriy etilgan. Buning asosi shundan iboratki, agar ta'lim ijtimoiy foyda keltirgan bir paytda, siz asosiy moliyaviy foyda oluvchiga aylanasiz, shuning uchun ham ba'zi xarajatlar uchun javobgar bo'lishingiz zarur. Shunday qilib, 90-yillarda, so’lchi Mehnat hukumati (left-wing Labour Government) yigirma yillik bepul o'qishni tugatdi va uning o'rnini daromadli shartli kreditga aylantirdi.

G’oya shu edi. Siz talabalar uchun beriladigan kreditlar avtomatik ravishda amalga oshirilib, ularni boshqarish qiyinchilik tug’dirmasligiga ishonch hosil qilishni xohlaysiz. Shunday qilib, o'qish uchun to’lov joriy etilganida, talabalar uni darhol to'lamasliklari, aksincha davlat oldida qarzdor bo'lishlari mumkin. Biroq, siz xohlamagan narsa bu kreditlarni qaytarish kasb-koriga bog'liq bo'lishi mumkinligi edi. Oxir oqibat, advokat yoki shifokor o'rta maktab o'qituvchisidan ko'proq maosh olishi mumkin, shuning uchun siz uning yuqori daromadga moslangan qarzlarni to'lashini istamaysiz. Buning o'rniga sxema talabalarga kredit bo'yicha asosiy qarz olgunga qadar bir oz yuqori marjinal (marginal tax) soliq stavkasini taqdim etdi. Shunday qilib, yuqori daromadli mutaxassislar, daromadlarining miqdori tufayli, kam daromadga ega bo'lganlarga qaraganda tezroq pul to'lashlari talab etilardi.

Oliy ma'lumot kreditning bu turiga to’g’ridan-to’g’ri nomzod edi, ammo 2004 yilda mening iqtisodiy hamkasbim Stefan King va men uy-joy olish uchun shunga o'xshash tartibni taklif qildik. Biz kimnidir daromadiga vaqtincha zararlar paydo bo'lganda, ular ishdan bo'shab qolsa, ularni haydab chiqarish yoki soliqni undirib olish o'rniga (bu ularning eng birinchi tashvishi bo’lar edi) hukumat ushbu turar joy bilan bog'liq to'lovlarni bir muncha vaqt ichida qoplashini taklif qildik. Qarzlar ko’payishni boshlashi mumkin, ammo talabalar singari, odamlar yana qaytadan daromadga ega bo'lganda soliq tizimi orqali to'lash imkoniga ega bo’lar edilar. Bu iqtisodiy silkinish bo'lgan paytlarda uy xo'jaliklari uchun barqarorlikni ta'minlaydi, shu bilan birga moliyaviy muhitni yaratib, qarz berish yoki bunday zarbalarga ko'proq duchor bo'lgan odamlarga uy-joy taqdim qilish qarz beruvchilar va lendlordlar uchun yaxshiroq taklif bo'lar edi.

Bunday sxemaning pandemiya retsessiyasi bilan bog'liq qisqa muddatli xarajatlarni qoplash uchun amalga oshirib bo'lmaydigan sabablar bor. Taxminlarga ko'ra, faqat iqtisodiy faoliyatni to'xtatib qo'yishga ishongan odamlargina ushbu kreditdan foyda olishlari mumkin, ammo keyin ular vaqt o'tishi bilan yukni yoyishlari mumkin. Bu likvidlikni ta'minlaydi, lekin shu bilan birga to'lovlarni qabul qilganlar ular uchun ma'lum darajada ularning foydalariga mutanosib ravishda javobgar bo'lishlarini ta'minlaydi.


Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish