So‘zbozlar, pulbozlar va vatanbozlar
Qo‘rchoqboz poyida muk tushayotir.
YUKSAL, EY ZARRA [14, 132]
Bu o‘rinda birdaniga to‘rtta noodatiy birlikning yaratilishi, ijodkor matnda ifodalayotgan emotsional fikrini yaqqol namoyon qilib turibdi. Ma’lumki, -boz shaxs oti yasovchi qo‘shimcha sifatida dorboz, qimorboz kabi yasalmalarda “dorda o‘ynovchi” , “qimor o‘ynovchi” ma’nolarini ifodalaydi. Ammo so‘z, pul va vatan tushunchalari bilan o‘ynaydigan shaxslar jamiyatda turli illatlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishadi. Shoir ta’biri bilan aytganda, ularning zarracha qadri bo‘lmaydi, chunki ularda or-nomus bo‘lmaydi va pastkash odamlar oldida ham “muk tushadi”.
Ijodkor she’riyatida o‘zbek tilining so‘z yasash imkoniyatidan samarali foydalanishga harakat qilganini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, sifat va ot yasovchi – dosh affiksli yasalmalardan foydalanish bilan birga, xuddi shu affiksdan yangi yasalmalar ham yaratadi. Havodosh, tuproqdosh, xayoldosh,osmondosh [14, 8] kabi yasalmalarning she’riy matndagi kontesktual vazifasi va ma’no ifodasi ijodkorning mahorati bilan mustahkamlangan. “Zero so‘z yasash andozasining o‘zi inson nolisoniy (ijtimoiy) tajribasining lisoniy ifodalanish usullari hamdir. Muayyan so‘z yasash andozasi yoki ayon namuna (so‘z) asosida yangi yasalma yaratilishini inson til ijodkorligining o‘ziga xos ifodasi deyish mumkin[13, 10]. Shu o‘rinda ayon namuna asosida yaratilgan yana bir yasalmaning ma’no ifodasi yuqoridagi ilmiy fikrni asoslaydi. Ma’lumki, -la fe’l yasovchisi o‘zbek tilida juda faol yasovchi hisoblanadi. Eshqobil Shukurning bir she’rida bu yasovchi ijodkor bilimini o‘quvchiga yaqqol ko‘rsatib beradigan birlik yasalishiga xizmat qilgan:
U bitlar bahaybat bitlar edilar,
Qopqoniga to‘ldi xalqlar, vatanlar.
«Daho» — Bitlar xalqlab ketdi — dedilar,
Qutqaring bitlarni, ketdi vatanlab [2, 89]
Bu o‘rinda bit kabi insonlar qonini so‘rib, xalq va millat chegaralarining yuvilib ketishini istagan kishilar toifasi haqida gap bormoqda. Ular: “hammaning vatani bitta, hamma xalqlar bitta xalqqa bo‘ysunib yashashi kerak” degan g‘oya bilan janglar qilgan. Inson insonni hurmat qilaydigan tarixiy jarayonning, holatning haqiqiy bilimdoni bo’lgan shoir shunday yovuzlik ichidagi insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan “xalqlab”, “vatanlab” ifodalarini ishlatadi. Agar muallif bu haqida to’liq tafsilotga ega bo’lmaganida shunday yasalmani ham yarata olmas edi.
Eshqobil SHukur ijodida morfologik usulda yasalgan so‘zlardan tashqari sintaktik usulda yasalgan so‘zlar ham salmoqli o‘rin tutadi. Ma’lumki, tilshunoslikda so‘z yasalishining so’z + so’z = so’z andozasi “leksemalashuv” termini bilan ham yuritiladi. Bu borada yaratilgan tadqiqotlarda qo‘shma so‘zlarning barchasi yasama ekanligi va bunday yasalmalar til so‘zligini boyitishda katta ahamiyatga egaligi ta’kidlangan. Jumladan, tadqiqotchi B. Xolmuxamedov shunday fikrlarni bildiradi: “Qo‘shma so‘zlar qaysi usul bilan yasalishi, tarkibi qanday so‘z turkumlariga aloqador bo‘lishidan qat’iy nazar yasama so‘z sifatida qaraladi va ularning katta qismi leksemalashuv hodisasining mahsuli hisoblanadi hamda o‘zbek tili lug‘at tarkibining uzluksiz boyib borishiga xizmat qiladi [15, 13].
E.Shukur tafakkur dunyosi keng ijodkor. Shoir olam haqidagi bilimlarini she’rga tushirishda lisoniy imkoniyatini yanada kengaytirib, so‘z ijodkorligini namoyon qiladi. Masalan, tilimizda aynan g‘arb ma’nosini bildiruvchi “kunbotar” so‘zi mavjud, ammo ijodkor shu so‘zga qofiyadosh sifatida qo‘llagan “oybotar”, “yilbotar” so‘zlarining ma’nosi o‘quvchiga tanish emas va ular matnda diniy ifoda mazmuniga ega. Xuddi shu o‘rinda misralarning boshida aynan bir xil shakldagi qo‘shma so‘zlardan foydalanish ijodkorning poetik mahoratini ham belgilagan:
йилботар
ойботар
кунботар
Kunbotarda bir bahodir bo‘loyin,
Do'stlaringiz bilan baham: |