Covid- 19 umumjahon pandemiyasi



Download 16,51 Kb.
Sana17.07.2021
Hajmi16,51 Kb.
#122032
Bog'liq
COVID 19 HAQIDA MAQOLA

COVID- 19 UMUMJAHON PANDEMIYASI


COVID-19 pandemiyasi — ya’ni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi keltirib chiqaradigan koronavirus infeksiyasi kasalligi. Ilk marotaba 2019-yilning dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingan edi. Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi Covid-19 ekani aniqlandi. Bemorlarning soni tez fursatda oshmoqda edi. Hatto, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Vyetnam, Singapur, Tayvan, Frantsiya va AQShda ham ushbu virus aniqlangan edi.

Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan kasallik 2020-yilning 11-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb belgilandi. 3-avgust 2020-yilga qadar virusni 188 dan oshiq mamlakat va hududda yashovchi 18 milliondan oshiq odam yuqtirdi, 689 000 dan oshiq odam kasallik tufayli halok boʻldi, 10.6 milliondan oshiq odam esa tuzaldi. Xitoy, Yevropa, Eron, Janubiy Koreya va AQShda pandemiya oʻchoqlari yuzaga keldi.

Virus grippga oʻxshash tarzda yoʻtalganda hamda aksa berganda chiqariladigan tomchilar orqali shaxsdan-shaxsga yuqadi. Virus bemorda kasallik alomatlari yuzaga kelganda eng yuqumli boʻlsa-da, kasallik belgilari paydo boʻlishidan oldin ham boshqalarga yuqishi mumkin. Kasallik alomatlari odatda besh kunda paydo boʻladi, ammo bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma, yoʻtal va nafas qisishidir. Kasallik bemorda pnevmoniya hamda oʻtkir nafas olish distress-sindromi keltirib chiqarishi mumkin. Afsuski, ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash hamda yordam terapiyasidan iborat. Kasallik tarqalishi oldini olish uchun qoʻllarni yuvish, yoʻtalganda ogʻizni toʻsish, boshqalardan (ayniqsa, oʻzini yaxshi his qilmayotganlardan) uzoqroq masofada boʻlish tavsiya qilinadi. Virusni yuqtirganini taxmin qilayotgan shaxslarga 14 kun davomida oʻzlarini izolyatsiya qilish tavsiya qilinadi.

Kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida sayohat qilishni cheklash, karantin, tadbirlarni keyinga qoldirish va bekor qilish hamda muassasalarni yopish kabi choralar koʻrildi. Xususan, virus tarqala boshlagan Xubey provinsiyasi karantinga olindi, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Chexiya va Germaniyada mamlakat boʻylab karantin joriy qilindi, turli mamlakatlarda chegaralar yoppasiga yopildi yoki sayyohlarga qarshi cheklovlar joriy qilindi, aeroport va poyezd stansiyalarida nazorat choralari yoʻlga qoʻyildi, virus keng tarqalayotgan hududlarda sayohat qilishga qarshi tavsiyalar eʼlon qilindi.Kamida 115 davlatda universitet va maktablar yoppasiga yoki ayrim hududlarda yopildi, bu choralar 950 milliondan oshiq talaba faoliyatiga taʼsir koʻrsatdi.

Pandemiya global miqyosda qator ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, sport va madaniy tadbirlar keyinga qoldirilishi yoki bekor qilinishiga sababchi boʻldi, dori-darmon, elektronika mollari hamda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi haqida xavotirlarga sabab boʻldi. Shuningdek, Internetda virus va pandemiya haqida notoʻgʻri maʼlumotlar hamda fitna nazariyalar tarqalib ketdi.

O`zbekistonda virusni yuqtirish holati ilk marotaba 15-mart kuni qayd etildi. Davlatimiz rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yig‘ilishlarida bu masalaga to‘xtalib o‘tmoqda. Jumladan, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi epidemiologik vaziyatni jilovlashdagi ishlar jiddiy tanqid qilinib, kasallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. Xususan, poytaxtimizda qisqa vaqtda keng ko‘lamli tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” pavilonida, gimnastika saroyida, “Yoshlik” sport majmuasi va boshqa binolarda koronavirusga gumon qilinganlarga tashxis qo‘yish, zaruratga ko‘ra davolash uchun sharoit yaratilmoqda. Ular pandemiya talablari asosida jihozlanib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Kasallikka chalinganlar va ayni kunlarda pnevmoniyadan aziyat chekayotganlarga amaliy yordam tariqasida 10 ta maxsus poliklinika tashkil etildi. Ularning faoliyati tun-u kun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar bu yerga murojaat qilish orqali malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Covid-19 bilan bog`liq vaziyatga duch kelib qolmasligingiz, uning oldini olish maqsadida ,avvalo,sanitariya qoidalariga rioya qiling,qo`llarni tez-tez va yaxshilab sovun bilan oqar suvlarda yuving,spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning, yuzingizni qo`lingiz bilan ko`p ushlamang,shamollash va gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqin masofada bo`lmang.Imkon qadar,ko`p odamlar yig`iladigan joylarga borishni kamaytiring. Zarurat tug`ilmasa tashqariga chiqmang.

Zero, bugungi kunda har bir shaxsning o`z sog`lig`i o`z qo`lida!Shunday ekan, karantin qoidalariga amal qiling va o`zingizni asrang!!!

Toshkent viloyati Angren shahar

25-umum ta`lim maktabi tarix fani



o`qituvchisi Abduqayumova

Xolida Po`latjonovna
Download 16,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish