81
3
Elektron jadvaldan
maqsadli foydalanish
A1dan F2 gacha
kataklarni belgilang va
Merge and Center
tugmasi
bu kataklarni bitta katakka
birlashtiring.
Endi ushbu ko‘rib turgan to‘rtburchak maydonga sarlavha qo‘yishingiz mumkin.
Shriftni formatlash
Katakni bir marta bosganingizda shrift turi va o‘lchami kabi formatlarni o‘zgartirishingiz mumkin.
82
Shriftni qalin, qiya va tagiga
chizilgan qilib qoyishingiz, shrift rangini oʻzgartirishingiz
va matnni
chapdan, markazdan yoki o‘ngdan tekislashingiz mumkin.
Katak fonining rangi
Agar katak fon rangini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, katakni bir marta bosing.
Bo‘yash uskunasi (chelakcha) yonidagi strelka belgisini bosing.
Keyin rangni tanlang.
Do'stlaringiz bilan baham: