2-lobaratoriya
Corel Draw dasturida hajmga ega
tasvirlar yaratish. Matnlar bilan ishlash.
Dreamweaver dasturi yordamida
Web-sahifa
yaratish
Vektor formatdagi barcha ko’rinishlar bir
necha qismlardan iborat
bo’lib, ularni bir-biriga bog’liqsiz holda o’zgartirish mumkin. Ushbu
qismlar ob`ekt deb nomlanib, bir necha ob`ektlar yordamida yangi
ob`ekt yaratiladi. Buning natijasida ob`ektlar yanada murakkab
ko’rinishga ega bo’lish holati kuzatiladi. Har bir ob`ektda ularning
kattaligi, egriligi va joylashuv o’rnining qiymatlari orqali beriladi. Shu
sababli, tasvir ko’rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida
o’zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo’llaganda, ob`ekt
hajmining juda ham kichik yoki aksincha, juda ham katta kenglikda
bo’lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan
ishlash bir xil
kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o’zgartirmay turib, uni
kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda
kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli grafiklar
fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, vektorli
grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil
qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar formulalar yordamida
qurilgann egri chiziqlardan iborat bo’lganligi sababli, haqiqiy tasvirni
hosil qilish juda mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni
kodlashtirishda qo’llab bo’lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo’lsa,
olingan fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta
bo’ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga bag’ishlangan dasturiy vosita
sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz.
CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik
muharrirlar
oynasiga o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda
ekranda dasturning boshlang’ich muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu
rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning
uchun Show this
Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish)
satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar
ishchi oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida
yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil
bo’lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.
Yaratilayotgan tasvir aniq ko’rinishi, boshqariluvchi elementlar
ekranda joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini
1024x768 nuqtalarda, eng yaxshisi 1280x1024 ni qo’llanilishi tavsiya
etiladi.
CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy
elementlari bilan tanishib chiqamiz (2-rasm).
Windows muhitida
ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna
sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o’z
interfeysini o’zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan.