Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
105
1)Bir tartibli murakkab bo’lmagan guruh komponentlari (ionlari, molekulalari)
orasidagi masofa va energiyaga bog’liq bo’lgan kristall moddaning IQ nurlarni yutish
spektrlari.
Kristall modda umumiy ravishda bir molekulani namoyon etadi. Bunday moddalarda
faqat oddiy panjaralarning boshqalarga nisbatan tebranishi bazis
yacheykalarining aylanishi
panjaralarning buzilishiga olib keladi. Bunday panjara tebranishlarini hisoblash murakkab,
bunda ko’p sonly ionlarning bog’liqlini hisobga olish lozim.bir qancha soddalashtirishdan
mumkin bo’lgan tebranishlar soni yoki nur yutish polosalarini aniqlash mumkin. Bunday
kristallar tarkibiga nisbatan og’ir ionlar kiradi, shuning uchun ularning tebranish chastotalari
uzun to’lqinli spektrlarda (12-15 mk dan katta yoki 800-700
dan kichik) namoyon
bo’ladi.
2) Ichki kuchlarining bog’lanishi gruppalararo bog’lanishga nisbatan kuchli bo’lgan,
o’zining tuzilmasida murakkab guruhga (ionlar, molekulalar) ega bo’lgan kristall
moddalarning IQ nur yutish spektrlari.
Agar panjarada ion va kationlar komplaeksi yoki guruh atomlari o’zaro
mustahkam
bog’langan bo’lsa, interpretatsiya va tebranishlar hisobi yoki ularga mos keluvchi nur yutish
polosalarini aniqlash va moddaning tuzilishini IQ spektrlar orqali o’rganish juda oson bo’ladi.
Bu guruhlarni yetarli darajada izolirovka qilingan vaularni katta bo’lmagan atomlar sonidan
tashkil topgan molekula deb qarash mumkin.
Murakkab guruhdan tashkil topgan moddalarning tebranishi:
a)ichki tebranish ya’ni kompleks guruh atomlarining ichki tebranishi;
b)tashqi tebranish, ya’ni boshqa guruh yoki atomlarga nisbatan kompleks guruh
tebranishiga kiritish mumkin.
Kristallarning ayrim bo’laklarini ajratish va ularning tebranishini tajriba bilan ko’rish
isbotlaydiki: agar guruhni tashkil etuvchi elementlarning atom og’irligi qo’shni guruh
elementlarining atom og’irligidan ma’lum ravishda farq qilsa.
Bunday hollarda guruh uchun barcha shaxsiy tebranish va ularni simmetriyaga
ta’sirlarini nazariy jihatdan hisoblash mumkin. Polosalar ko’rinishi, holati va soni bo’yicha
umumiy holda qaysi guruh birikma tarkibi (kristall panjara)ga kirishi va uning tuzilishi yoki
kristall panjara ta’siridagi uning deformatsiyasini aniqlash mumkin.
Guruh tuzilishi
(deformatsiyasi) ko’proq undagi atomlarning soni va joylashishiga bog’liq.Bundan tashqari,
ba’zan qattiq moddalarda guruhlar, boshqa ion yoki neytral zarralar orasidagi o’zaro ta’sir
bilan kompleks guruh tuzilishida (uning simmetriyasi va ba’zi bog’lardatebranish chastotasi
o’zgaradi) kompleks guruh tuzilishida o’z aksini topadi.
Shunga javoban 2-sinf qattiq moddalar tuzilishining ahamiyatiga ko’ra, amaliy
jihatdan IQ nur yutish spektrlari o’rtasidagi bog’lanishi quyidagicha belgilanadi:
1)Nur yutish polosasining soni guruh simmetriyasi va atomlari soniga bog’liq;
2)Guruhlarning nur yutish polosalari va ularning siljishlari hamda boshqa guruhlar (yoki
kationlar va neytral zarrachalar) va bir xil guruhlarning o’zaro joylashishiga bog’liq.
Guruhlarning ma’lum darajada qonuniy joylashishi masalasiga kelsak, masalan, bir
turli
singoniya kristallari uchun, tekshirilayotgan murakkab guruhning
nur yutish polosasi
holati qo’shni guruh o’lchamlari va massasi bilan aniqlanadi. Bu holat moddaning
indenfikatsiyasi yoki modda sinfini (masalan, kislota, aldegidlarning tuzi, kationlar va
boshqalar) aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tetraedrlarning deformatsiyaga uchrashi va uning natijasida infraqizil nurlarni yutish
chiziqlari o’zgarishi mumkinligini birinchi marotaba Brester qayd etgan.
Modda tarkibiga
kirgan elementning atom og’irligi, radiusi, atomlar sonidagi masofa va kimyoviy bog’lanish
turli – ionli, kovalentli, metallic, vodorodli va hakozoga qarab yutilish chiziqlarining qiymati
va holati o’zgaradi. Shuning uchun infraqizil nurlarini yutish darajasi, polosalar soni va
ko’rinishiga qarab qaysi guruh yoki modda ustida gap ketayotganligi haqida fikr yuritish
mumkin.
Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
106
Ba’zi minerallar (dolomit, lyudvigit, granat, xlorit) uchun IQ nur yutish polosasi
izomorf guruhlar holatiga to’g’ri proporsional ravishda siljishi topilgan. Bu shuni bildiradiki,
izomorf guruh (ion) tekshirilayotgan guruh nur yutish polosasining siljishini yuzaga keltiradi.
Mineralning mexanik qo’shilmalari esa tekshirilayotgan moddaning nur yutish polosasi
holatida o’zgarishlar sodir etmaydi. Ko’rinishidan nur yutish spektri bo’yicha moddadagi
komponentlarning shaklini chiqishi va polosaning siljish kattaligi bo’yicha izomorf
qoshimchalar sonini aniqlash imkonini beradi.
Moddaning kristalliligini IQ nur yutish spektrlariga ta’siri, ba’zi guruhlarning nur
yutish polosalarini soni va parchalanishi bilan ifodalanadi, chunki parchalanish tavsifi kristall
panjara tuir bilan aniqlanadi. Amorf moddalarda parchalanish polosasi kuzatilmaydi.
Kristall va amorf moddalarda guruh (ion, neytral zarracha)ning o’zgarishi
(izomorfliligi)ni tekshirilayotgan guruhning nur yutish polosasini biroz siljishiga olib keladi.
Bunda ko’pincha har bir polosaning parchalanish holati saqlanadi. Ba’zan polosaning
intensivlik nisbati o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: