Malikai Turondot
— «Maorif va O’qitg’uvchi» jurnalining 1927 yil 5-sonida
bosilgan.
Karlu Xo‘tsi
— Karlo Gotstsi (1720—1806), italyan dramaturgi. K. Gotstsi teatr
san’atida yangi janr — fyab (ertak) janrini boshlab berdi. Ularning ichida eng
mashhurlaridan biri «Malikai Turondot» (1762) dir.
Vaxtango‘f — Vaxtangov Yevgeniy Bagrationovich (1883—1922), rus rejisseri,
teatr arbrbi. «Malikai Turondot» asarini Vaxtangov 1922 yilda sahnalashtirgan, bu uning
so‘nggi postanovkasi edi.
Ho‘tsi… Sakkining jahongashta, sayoq teatr to‘dasi bilan birga o‘sha yo‘lda
chalishqon kishilardan edi»
— K Gotstsi, italyan xalq san’atiga, xususan, niqoblar
komediyasiga chuqur muhabbat bilan qaragan. U zamondoshi K. Goldonini niqoblar
komediyasini soxtalashtirishda ayblab,
unga oppozitsiyada turgan. Sakki — niqoblar
komediyasida qatnashgan italyai aktyorlari oilasi. Maqolada ulardan eng mashhuri —
Antoiio Djovani Sakki nazarda (1708—1788) tutiladi. Bu aktyor K. Goldoni bilan
422
do‘stona munosabatda bo‘lgan. Goldoni uning uchun maxsus uchta stsenariy yozgan,
ulardan biri «Ikki boyga bir qarol» o‘zbek sahnasida o‘ynalgan. Demak, yuqoridagi gappi
shundan kelib chiqqan holda tushunish, lozim.
Pantalo‘ni, Birigalla, Tirufaldin
— Pantalone, Brigella, Tru faldino — «iiqoblar
komediyasi» teatrining doimiy personajlari.
«Komedi darlort»
— to‘g‘risi «komedi dsl arate» niqoblar komediyasi.
«Bolchiqli Meterlink
»
— Moris Meterlink (1862—1949), belgiyalik shoir,
dramaturg, faylasuf. 1896 yildan Frantsiyada yashagan. «Anton avliyoning karomati»
asari 1903 yilda yozilgan. Meterlinkning inqilobgacha yozilgan pesalaridan aksariyati rus
sahnasida o‘ynalgan. M. Meterlink 1911 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
«Gabelma» degan yahud teatri»
— «Gabima» nomli yahudiy teatr studiyasi 1918
yilda tashkil topgan, ibroniy tilida spektakllar qo‘ygan. Ozgina vaqt studiyaga Vaxtangov
rahbarlik qilgan, «Gadibuk» tragediyasini shu yerda sahnalashtirgan.
Hojiqul
— Hojisiddiq Islomov (1893—1933) ilk o‘zbek aktyorlaridan, Moskva
dramstudiyasini tugatgan. «Turondot»da Pantalone rolini o‘ynagan.
Tursun
— Tursunoy Sayidazimova (1911 — 1929), ilk o‘zbek aktrisalaridan.
Moskva dramstudiyasida o‘qigan, 1929 yil Buxoroga gastrol chog‘ida o‘ldirilgan.
Sora
— Sora Eshonto‘rayeva (1911 yilda tug‘ilgan), mashhur o‘zbek aktrisasi,
SSSR xalq artisti. 1927 yildan beri Hamza teatrining yetakchi aktyorlaridan.
Zamira
— Zamira Hidoyatova (1909—1990), mashhur o‘zbek aktrisasi,
O‘zbekiston xalq artisti.
«Vaxtango‘fning shogirdlarida Simunif..»
— Simonov R. I. (1899 — 1968), rus
aktyori va rejissyori, SSSR xalq artisti. Vaxtangovning shogirdlaridan, 1924 yildan uning
nomidagi teatr rejissyori.
Talchanif
— Tolchanov I. M. (1891 — 1981), rus aktyori, SSSR xalq artisti.
Basif
—
Basov O. N. (1882—1939), rus aktyori, 1919 yildan Vaxtangov studiyasi)
keyin teatrda ishlagan. Nomi zikr etilgan aktyorlarning har uchchovi Vaxtangov
sahnalashtirgan «Turondot»da qatnashib, rol o‘ynagan.
423
Do'stlaringiz bilan baham: |