128
hissiyotlarga sabab bo‗lishi mumkin. Hatto, ahamiyatsiz voqea ham kayfiyatlarini
ko‗tarishi yoki tushirib yuborishi mumkin.
Odamlar o‗rtasida hissiyotlarning ifodalanishining
chuqurligi va barqarorligi
bo‗yicha farqlanadigan xususiyatlar kuzatiladi. Ba‘zi odamlarni hissiyotlar o‗rab
olib, o‗zidan keyin chuqur iz qoldiradi. Boshqalarda hissiyotlar yuzaki xususiyatga
ega bo‗lib, oson, sezilarsiz, darhol va umuman izsiz o‗tib ketadi. Odamlarda affekt
va ehtiroslar ifodalanishidagi farqlar yaqqol namoyon bo‗ladi. Bunda nomutanosib,
o‗zi va hulq-atvori nazorati yo‗qotilgan, affekt va ehtiroslarga beriluvchan,
masalan, g‗azab, jazava, xavotirga tushadigan odamlarni ajratish mumkin. Boshqa
odamlar, aksincha, doimo o‗zini tuta biladi, o‗z hislarini, ongini nazorat qiladi.
Odamlar o‗rtasidagi farqlardan biri shundan iboratki, hislar va hissiyotlar ularning
faoliyatida aks etadi. Xuddi shunday, ba‘zi odamlar hislar ta‘sir
etuvchi
xususiyatga ega, harakatga undaydi, boshqalarda barchasi qator o‗zgarishlarga
sabab bo‗lmaydigan hisning o‗zi bilan chegaralanadi. Hislar sustligining yorqin
shakli insonning ko‗ngilchanligida ifodalanadi.
SHunday qilib, hissiyot va hislarning namoyon bo‗lishidagi farqlar ma‘lum
odamning betakrorligi, ya‘ni, uning individualligini belgilab beradi.
Oniomaniya va shopogolizm bilan bog‗liq bo‗lgan yana bir muammoni ko‗rib
chiqamiz. Oniomaniya (do‗konlarga bog‗liqlik) – xarid qilishga bo‗lgan miyaga
o‗rnashib
qolgan mayl, zaruriyati va oqibatlari bilan kelishmagan holda, vasvasa
holatlarida kuzatiladi. Bunday bog‗liqlik zamonaviy tilda – shopogolizm deb
ataladi.
Xarid qilishga bo‗lgan nosog‗lom havas, oniomaniya yoki shopogolizm, XX
asrda aniqlangan o‗ziga
xos kasallikdir, lekin 1990-yilning boshlariga kelib,
olimlar unga jiddiy e‘tibor qarata boshladilar. Tibbiyot xodimlarining fikriga ko‗ra,
oniomaniya bilan sayyoramizning 10% aholisi, asosan, ayollar (90%) aziyat
chekadilar. AQSHda 55 mln. odam bu kasallikka chalingan, ulardan 15 mln.
surunkali shopogoliklardir.
Agar avval oniomaniyadan aziyat chekadiganlar
xarid qilish maqsadida
supermarket va do‗konlarni kezishgan bo‗lsa, endilikda ular Internet, TV-do‗kon
yoki rangli kataloglar orqali xarid qilyaptilar. Oniomaniya sabablari hali oxirigacha
aniqlanmagan. Olimlarning taxminlariga ko‗ra, shopogolizm odam organizmiga
inson kayfiyatini boshqaradigan serotonin gormonining
etishmovchiligi bilan
bog‗liq. Ba‘zilar mahsulotlarni sovg‗alar qabul qilishni yoqtirganlari sababidan
buyurtma qiladilar. YOki, ayol oiladagi muammolardan o‗zini yupatish uchun
yangi xarid bilan o‗zini xursand qiladi. Sabablar turlicha bo‗lishi mumkin,
oqibatlari esa yirik qarzlarga borib taqaladi. SHopogolizm, olimlar fikriga ko‗ra,
ichkilikbozlik kabi jiddiydir.