TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Diqqat
– psixik faoliyatning biror-bir ma‘lum narsaga yo‗nalganligi va
jamlanganligi.
Yo‘nalganlik -
psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob‘ektni ixtiyoriy va
beixtiyoriy tanlash.
Ixtiyorsiz diqqat
- to‗satdan ta‘sir qilgan biror sabab tufayli bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo‗ladigan diqqat.
Ixtiyoriy diqqat
- oldindan belgilangan qat‘iy bir maqsad asosida va ongli
ravishda diqqatimizni ma‘lum bir narsa va hodisalarga qaratishimiz.
Idrok
-
sezgi a‘zolariga bevosita ta‘sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini
kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.
Kuzatuvchanlik
-kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish
qobiliyati.
Sezgi
- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a‟zolarimizga bevosita ta‟sir
etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini
aytamiz.
Analizator
– tashqi va ichki muhitdan keladigan ta‟sirotlarni qabul qilib
olib, fiziologik jarayon bo„lgan qo„zg„alishni psixik jarayonga, ya‟ni sezgilarga
aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi.
Appersepsiya
– idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va
ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy
hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |