99
3. Erta bolalik
(3-5 yoshlar
atrofida).
Qiziquvchanlik va faollik. Atrof olamni
qiziqish bilan o‗rganish va jonli
tasavvur,
kattalarga taqlid qilish, jinsiy rolli hulq-
atvorga kirishish.
Odamlarga nisbatan sustlik va befarqlik. Lanjlik,
tashabbusning mavjud emasligi, boshqa bolalarga
nisbatan hasadgo‗ylik, shashti pastlik i to‗g‗ri
javobdan qochish, jinsiy rolli hulq-atvor belgilarining
mavjud emasligi.
4.
O‗rta
bolalik
(5dan
11
yoshgacha).
Mehnatsevarlik.
Aniq
ifodalangan
burchni anglash va yutuqlarga erishishga
intilish hissi. Bilish va kommunikativ
malaka va ko‗nikmalarning rivojlanishi.
O‗z oldiga aniq vazifalar qo‗yish va
ularni hal etish. Asbobli va jismli
harakatlarni faol o‗zlashtirish, vazifaga
yo‗nalganlik.
O‗zini to‗laqonli his etmaslik. Yaxshi rivojlanmagan
mehnat ko‗nikmalari.
Murakkab vazifalardan, boshqa
odamlar bilan musobaqalashish vaziyatlaridan o‗zini
olib qochish. Bir umr o‗rta miyonalikka mahkumlik.
«dovul oldidan sukunat» hissi, jinsiy etilish davri.
Maishiy qulaylik, qaramlik. Turli masalalarni hal
etishda qo‗llaniladigan harakatlar puxtaliligi hissi.
5.
Jinsiy
etilish,
o‗smirlik va
o‗spirinlik
davri (11dan
20
yoshgacha).
Hayotda o‗z o‗rnini topish. Istiqbolli
rejalarning rivojlanishi. Qanday va kim
bo‗lish kabi savollar bo‗yicha qaror
qabul qilish. O‗zlikni faol izlash va turli
rollar bilan tajribalar o‗tkazish. Ta‘lim
olish. Shaxslararo hulq-atvor shakllarida
aniq jinsiy qutblanish. Dunyoqarashning
vujudga kelishi.
Tengdoshlar guruhida
yo‗lboshchilikni o‗ziga olish va zarur
bo‗lganda ularga bo‗ysunish.
Rollarning chalkashligi. Vaqtinchalik istiqbollarning
adashtirilishi va qo‗zg‗atilishi: kelgusi va hozirgi
zamon, shuningdek, o‗tgan zamon haqidagi fikrlarning
yuzaga kelishi. Ruhiyatni o‗zini bilishda jamlash,
tashqi olam va odamlar bilan munosabatlarga zarar
keltirgan holda o‗zini anglashga bo‗lgan kuchli
ifodalangan
intilish.
Jins bo‗yicha rollarning
belgilanishi. Mehnat faolligining so‗nishi. Jinsga
tegishli
rolli
hulq-atvor
shakllarining,
yo‗lboshchilikdagi rollarning aralashib ketishi.
Ahloqiy va dunyoqarashga tegishli mayllardagi
chalkashlik.
6.
Erta etuklik
(20 dan 45
yoshgacha).
Odamlar bilan yaqinlik. Odamlar bilan
muloqotga intilish, o‗zini insonlarga
bag‗ishlash
istagi
va
layoqati.
Farzandlarni
dunyoga
keltirish
va
tarbiyalash,
muhabbat
va
faoliyat.
Shaxsiy hayotdan qoniqish.
Odamlardan
yakkalanish.
Odamlardan,
ayniqsa,
yaqinlaridan, samimiy munosabatlardan o‗zini olib
qochish.
Xarakterdagi
qiyinchiliklar,
betayin
munosabatlar
va
tutiriqsiz
hulq-atvor.
Tan
olinmanganlik, yakkalanish, dunyoda mavjud bo‗lgan
va faoliyatdagi tahdid soluvchi kuchlarning ta‘sirida
yuzaga keluvchi ruhiyatdagi nuqsonlarning, ruhiy
parokandalikning birlamchi belgilari.
7.
O‗rta
etuklik (40-
45 dan 60
yoshgacha)
Ijodkorlik. O‗zining ustida va boshqalar
bilan mahsuldor va ijodkor ishlarni olib
borish. Etuk to‗laqonli va rang-barang
hayot. Oilaviy munosabatlardan qoniqish
va farzandlari bilan g‗ururlanish hissi.
Yangi avlodga ta‘lim va tarbiya berish.
Turg‗unlik. Manmanlik va egotsentrizm. Besamar
faoliyat. Erta nogironlik. O‗zini
har tomonlama
kechirish va o‗zi haqida qayg‗urish.
8.
So‗nggi
etuklik
(60
yoshdan
katta).
To‗laqonli hayot. O‗tmish haqida o‗ylar,
tinch mulohaza yuritish, baho berish.
Bosib o‗tilgan hayot yo‗lini boricha
qabul qilish. Hayotning to‗laqonliligi va
imkoniyatlarini his etish. Muqarrarlik
bilan murosa qilish layoqati. O‗limning
dahshatli emasligini tushunish.
Umidsizlik. Hayotning besamar o‗tganligi, vaqtning
ozligi va suvdek oqib ketishi hissi. Mavjudlikning
mohiyatsizligini anglash, o‗ziga va boshqalarga
nisbatan ishonchning yo‗qolishi. Hayotni qaytadan
boshlash istagi, ko‗prog‗iga erishishga intilish.
Dunyoda mavjud bo‗lgan tartibsizlik, anglanmaganlik
hissi. Yaqinlashayotgan o‗limdan qo‗rqinch hissi.
Erikson konsepsiyasida shaxsning vujudga kelishi har bir bosqichda sodir
bo‗ladigan inson ichki olami va atrofdagi odamlar bilan munosabatlarining sifat
o‗zgarishlari almashinuvi tarzida tushuniladi. Buning
natijasida u shaxs sifatida
rivojlanishning, aynan, hozirgi bosqichiga tegishli bo‗lgan va butun umri davomida
100
saqlanib qoladigan yangi xususiyatlarga ega bo‗ladi. Bunda yangi shaxsiy qirralar,
erikson fikricha, faqat avvalgi rivojlanish asosida yuzaga keladi.
Inson shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishida ijobiy sifatlar bilan birga
kamchiliklarga ham ega bo‗ladi. Turli xildagi ijobiy va salbiy yangi hosilalarni
birgalikda yagona nazariyada izchil tarzda umuman tasavvur qilib bo‗lmaydi.
Shuning uchun erikson o‗z konsepsiyasida shaxs rivojlanishining faqat ikki keskin:
normal va anormal yo‗nalishlarni aks ettirdi. Hayotda ular sof ko‗rinishda deyarli
uchramaydi, lekin aniq chegaralangan qutblar yordamida inson shaxsiyati
taraqqiyotining barcha oraliq turlarini tasavvur qilish mumkin.
Shaxs taraqqiyoti muammosini o‗rganishda mualliflar inson rivojlanishini
belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga harakat qiladilar. Tadqiqotchilarning
ko‗pchiligi shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi sifatida turli
ko‗rinishdagi ehtiyojlar majmuasini tan oladilar. Bunday ehtiyojlar orasida o‗z-
o‗zini o‗stirishga bo‗lgan ehtiyoj asosiy o‗rinni egallaydi. O‗z-o‗zini o‗stirishga
bo‗lgan intilish qandaydir erishib bo‗lmaydigan etuklikka intilishni bildirmaydi.
Shaxsning aniq maqsad yoki ijtimoiy darajaga erishishga bo‗lgan intilishi o‗ta
muhimdir.
Shaxs taraqqiyotining umumiy muammolari qatorida o‗rganiladigan
masalalardan yana biri shaxsiy xossalarning barqarorlik darajasi haqidagi masala
hisoblanadi. Ko‗pchilik shaxs nazariyalarining asosida shaxs ijtimoiy-psixologik
noyob hodisa sifatida o‗zining asosiy ifodalanishida
hayotiy barqaror tuzilma
bo‗lib hisoblanishi haqidagi faraziy tushuncha yotadi. Aynan shaxs
xususiyatlarining barqarorlik darajasi harakatlarining ketma-ketligini va ma‘lum
hulq-atvorni belgilaydi, uning harakatlariga qonuniylik xususiyatini beradi. Lekin
qator tadqiqotlar natijasida inson hulq-atvori anchayin o‗zgaruvchanligi aniqlandi.
Shuning uchun qonuniy ravishda inson shaxsi va hulq-atvorining barqarorligi
haqiqatdan ham nimada va qanchalik ifodalanishi haqidagi savol tug‗iladi.
Tadqiqotlarning natijalariga ko‗ra, tug‗ma anatomik va fiziologik
xususiyatlar, asab tizimi xossalari bilan bog‗liq bo‗lgan shaxsning dinamik
xususiyatlari yuqori darajadagi barqarorlikka ega bo‗ladi. Ularga temperament,
emotsional reaktivlik, ekstraversiya – introversiya va boshqa ba‘zi bir sifatlar
kiradi.
Shuningdek, aniqlanishicha, shaxsning ham barqaror, ham o‗zgaruvchan
real hulq-atvori doimiy ijtimoiy vaziyatlarga bog‗liqdir.
«umumiy psixologiya» (2002 y.) Darsligining muallifi a.g. maklakovning
fikriga ko‗ra, inson barcha odamlarga xos bo‗lganligidan o‗ta barqaror hosilani
tashkil etuvchi shaxsning qator xususiyatlariga egadir. Bular integrativ
xususiyatlardir,
ularga
shaxsning
Do'stlaringiz bilan baham: