Cisc,risc va vliw arxitekturalarida buyruqlar turlari


RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter



Download 345,85 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2022
Hajmi345,85 Kb.
#862381
1   2   3   4
Bog'liq
Cisc,risc va vliw arxitekturalarida buyruqlar turlari

RISC - Reduced Instruction Set Computer – Qisqartirilgan buyruqlar to`plamiga ega kompyuter.

CISC - Complex Instruction Set Computer – Murakkab (to`liq) buyruqlar to`plamiga ega kompyuter. Bugungi kunga kelib esa protsessorlarning rivoji sabab hech kim kompyuterlardagi buyruqlar to`plami va to`plamdagi buyruqlar soni bilan qiziqmaydi. Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy kurash boshlandi. RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga qaytaradi. CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan.

CISC, RISC va VLIW arxitekturalari

Kompyuterlar bozorida RISC dominantlik qilishi hisobiga CISC kompyuterlariga ehtiyoj kamayishi kutilgan, biroq unday bo `lmadi; Birinchidan, RISC kompyuterlari boshqa modellar bilan moslashib ishlash imkoniga ega emas edi. Bu paytda ko`plab kompaniyalar Intel mahsulotlari uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta`minotlarga milliardlab dollarlar tikishgan edi. Ikkinchidan, Intel CISC arxitekturasida huddi shu g'oyalarni amalga oshira oldi. 486 protsessordan boshlab Intelning protsessorlari ma'lumotlar yo'lining bir siklida sodda buyruqlarni bajaruvchi RISC-yadroni qo`llay boshladi. Murakkab buyruqlar esa odatdagi CISC texnologiyasi asosida interpretatsiya qilinadigan bo`ldi. Buning natijasida odatdagi buyruqlar tezkorlik bilan, kam foydalaniluvchi murakkab buyruqlar sekinroq bajariladigan bo`ldi.

CISC, RISC va VLIW arxitekturalari

CISC arxitekturasi. CISC arxitekturasida semantik bo'shliq buyruqlar tizimini yuqori darajadagi dasturlash tillari operatorlariga o'xshash semantik analoglar, murakkab buyruqlar bilan to'ldirish hisobiga kengaytiriladi. CISC arxitekturasining asoschisi bu IBM 360 mashinalari oilasi bilan ushbu yondashuvni qo'llay boshlagan va uni kuchli zamonaviy umumiy maqsadli hisoblash mashinasida davom ettiradigan IBM kompaniyasidir. Shunga o'xshash yondashuv Intel uchun x86 mikroprotsessorlarida xarakterlidir. CISC arxitekturasi uchun quyidagilar xususiy hol sifatida qaraladi: 1) protsessorda nisbatan kam sonli umumiy maqsadli registrlarning mavjudligi; 2) mashina ko’rsatmalarining (buyruqlarining) ko'pligi, ularning ba'zilari qurilmada yuqori darajadagi dasturlash tillarining murakkab operatorlari tomonidan amalga oshiriladi; 3) operandalarga murojaat qilishning turli usullari; 4) har xil razryadli ko'plab buyruq formatlari; 5) xotiraga kirish bilan birgalikda ishlov beriladigan buyruqlarning mavjudligi.


Download 345,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish