Laboratoriya ishi № 5,6,7. CISCO PACKET TRACER DASTURIDA WAN TARMOQLARINI LOYIHALASH. WAN TARMOQLARIDA STATIK VA DINAMIK MARSHRUTLASH
1. Ishning maqsadi
Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo‘lallangan:
- Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni qursh va statik marshrutizatsiyani sozlashni o‘rganish.
- EIGRP masofa-vektor marshrutizatsiya protokolini sozlashni o’rganish.
- OSPFv3 dinamik marshrutizatsiya protokolini sozlashni o’rganish.
2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
2.1. Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko‘pincha birgalikda ishlatiladi.
Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:
kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;
berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan);
bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to‘g‘ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo‘lni ko‘rsatish uchun).
Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to‘g‘risidagi xabarlarni jo‘natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:
statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko‘p vaqt talab qiladi;
kanalda uzulish bo‘lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi.
2.2. Cisco Systems kompaniyasining EIGRP protokoli IGRP protokolining dastlabki versiyasining takomillashtirilgan ko‘rinishi hisoblaniladi.
Protokol gibrid hisoblanadi va Diffusing-Update Algorithm (DUAL) algoritmiga asoslangan. U o‘zida distansionno-vektorli va aloqa kanali holati bo‘yicha protokollarning eng yaxshi jihatlarini o‘zida nomayon qiladi.
EIGRP ning oxirgi versiyasi marshrutizatsiya jadvali elementlarini buzg‘unchilar yozib olishga imkon bermaydigan va MD5 kaliti asosida autentifikatsiyalaydigan himoyalash vositasiga ega.
Bundan tashqari, bugungi kunda EIGRP uchun IPv6 qo‘llab quvvatlaydigan vositalar ishlab chiqilmoqda. EIGRP ning asosiy kamchiligi yopiq hisoblanishi va faqat Cisco Systems qurilmalarida ishlashidir.