Chust tuman 10-umumta’lim maktabi ijtimoiy fanlar o’qituvchilarining uslubiy birlashmasi yig’ilish qarori.
Dekabr-27.2021.
Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma (4 ta) a’zolari ishtirok etdi.
Kun tartibida:
Ustoz o’qituvchilar taqdimotlari(dars ishlanmalari)
1-masala yuzasidan uslubiy birlashma rahbari Farida Isog’aliyeva so’zi tinglandi.
O’qituvchi Rustamjon Qurbonovning 17-dekabr 2021.5 -a-sinfida tarix fanidan “Aloqa vositalarining kashf etilishi”; 8- A sinfida 22-dekabrda “ 1800-1870-yillarda Buyuk Britaniya mavzusida; 8-D –sinfida 27-dekabrda “1800-1870-yillarda Fransiya” mavzusida bir soatlik dars tahlili tinglandi.Dars to’g’ri tashkil etilgan, o’quvchilarni jalb etishga oid turli interfaol metodlar qo’llangan, o’quvchilar bilan yakka holda va umumiy tarzda ishlashga oid metodlardan foydalandi, ”aqliy hujum” , ”ortiqchasini top “ , guruhlarda ishlash” , obrazlar talqini” metodlari boshqa mavzularda ham , tarix darslarida qo’llashga muvofiq deb topildi.
Tarix o’qituvchisi Farida .Isog’aliyevaning 15.12.2021.kuni 11-B-sinfidagi Jahonon tarixidan “1991-2017-yillarda Fransiya” ; 20-dekabrda 6-D- sinfida “Zardushtiylik” ; 9-A- sinfida “ 19-20-asrlarda Eron” mavzusidagi ochiq darsiga barcha ijtimoiy fanlar uslubiy birlashmasi va ustoz o’qituvchilar tashrif buyurdi. Ushbu dars haqida R.Qurbonov so’zga chiqdi .Dars qiziqarli va DTS ga mos tashkil etilgan, barcha o’quvchilar ishtiroki ta’minlangan, O’zbekiston va Jahon tarixi bilan solishtirma mashqlar, mustaqil fikrlashga oid vaziyatlar yechimini muhokama qilishga oid o’quvchilarning faolligi ta’minlandi.
Shuningdek, huquq o’qituvchisi Turdaliyev Hamidulloning 4-dekabrda 8-D- sinfida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti; 9- A- sinfida 11-dekabr kuni “Oila- jamiyatning buguni va kelajagi negizidir ; 17- dekabr kuni 8- A- sinfida O’zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi “
Tarbiya fani o’qituvchisi Samiyeva Barchinoyning 10.12.2021 6-D –sinfida “Mening mahallam- mening faxrim” ; 15.12.2021 5- D –sinfida “Har bir inson hurmatga loyiq” ; 20.12.2021 8-B –sinfida “ Mashaqqatlarni yengib o’tish” mavzusidagi ochiq darslari kuzatildi va kerakli taklif va tavsiyalar hamda o’qituvchining yutuqlari aytib o’tildi
Muzokaraga Huquq fani o’qituvchisi H. Turdaliyev ham chiqib darsda “do’stingni tgop” , ”Tushunchalar tahlili” ,”Aqliy hujum” kabi o’yinlar tarix fanining boshqa mavzularida ham qo’llashga muvofiqligi ,o’quvchilarning bilim darajasini oshiruvchi va mustaqil fikrlashga o’rgatadigan faollashtiruvchi mashqlarni tarix darslarida doimiy qo’llab boorish maqsadga muvofiq deb aytildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib yig’ilish qaror qiladi:
Yuqorida nomlari tilga olingan barcha ijtimoiy fan o’qituvchilarining darslari (ochiq dsarslar) DTS talablari asosida tashkil etilgani, darsda interfaol o’yinlar, ko’rgazmalar, xarita va vaqtdan unumli foydalangan holda o’quvchilarga sifatli bilim berishga qaratilgan harakatlari maqsadga muvofiqligi, darsda axborot texnologiyasi va multimedia vositalaridan o’rinli foydalanganliklari darsni mazmunli tashkil etishganini ko’rsatib turibdi.
Ushbu darslar maqsadga muvofiq deb topilsin va ochiq darslarning ishlanmalari muhokama uchun maktab ma’muriyatiga taqdim etilsin. Ushbu vazifa ijrosi uslubiy birlashma raisi Farida Isagaliyeva zimmasiga yuklatilsin.
27.12.2021-yil. Uslubiy birlashma raisi: Farida Isoga’liyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |