Reja: Matematika fanidan dts. Matematika fanidan umumiy o’rta tahlim maktablari o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar



Download 59,13 Kb.
bet1/15
Sana01.04.2022
Hajmi59,13 Kb.
#523739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
МАТЕМАТИКА ФАНИ БЎЙИЧА ЖОРИЙ ЭТИЛГАН ЯНГИ ДТС


MATEMATIKA FANI BO’YICHA JORIY ETILGAN YaNGI DTS, O’QUV DASTURLARI VA O’QUV USLUBIY MAJMUALARI TAHLILI (2 soat mahruza)
Reja:
1. Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o’rta tahlim maktablari o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar.
2. Matematika fanidan umumiy o’rta tahlim dasturi tahlili.
3. Matematika fanidan yaratilgan yangi o’quv uslubiy majmualar tahlili.
Tayanch iboralar: Davlat tahlim standarti, o’quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar, o’quv dasturi, taqvim mavzuiy reja, o’quv uslubiy majmua, o’qitishning texnik vositalari, darslik, o’quv qo’llanma, o’quvuslubiy qo’llanma, mulg’timediali ilova.
1.Matematika fanidan DTS. Matematika fanidan umumiy o’rta tahlim maktablari o’quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar. Kompetentsiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, tahlim jarayoning mohiyati - o’quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo’ladi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarga nafaqat bilim, ko’nikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo’llay olish layoqatlarini (kompetentsiyalarlarni) shakllantirishni ko’zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetentsiyalar davlat va jamiyatning tahlim tizimi oldiga qo’ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetentsiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi tahlim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. SHu nuqtai nazardan, kompetentsiyaviy yondashuv tahlim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, yahni mahnaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, tahlim tizimini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar tahlimining davlat tahlim standartlari” tasdiqlandi. Unga ko’ra, barcha umumtahlim fanlari bo’yicha davlat tahlim standartlari, o’quv dastur va rejalari kompetentsiyaviy yondashuv asosida yangilandi. Umumiy o’rta tahlim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, tahlim muassasasi bitiruvchisi egallashi lozim bo’lgan quyidagi tayanch kompetentsiyalar (TK) ajratib ko’rsatildi:
TK1. Kommunikativ kompetentsiyalar;
TK2. Axborot bilan ishlash kompetentsiyalari;
TK3. O’zini-o’zi rivojlantirish kompetentsiyalari;
TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyalari;
TK5. Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar;
TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyalari.
Mazkur tayanch kompetentsiyalari bilan bir qatorda har bir umumtahlim fani bo’yicha ham kompetentsiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan bo’lib, ularni aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi. Xususan, matematika fani bo’yicha umumiy (FK1) va kognitiv (FK2) kompetentsiyalar ajratib ko’rsatildi. Mahlumki, matematika fani - abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o’zini-o’zi boyitib borishi, yahni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini mahlum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Hatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o’tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo’lgan. SHundan kelib chiqadigan bo’lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o’quvchilarni o’ylashga, to’g’ri mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o’rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o’quvchilarni o’ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarini yechish orqali o’quvchilar to’g’ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o’rganadilar. Insonning mantiqiy fikrlay olish layoqati (qobiliyati yoki kompetentsiyasi) uning eng muhim hayotiy ehtiyojlaridan biri hisoblanadi. Inson miyasi “ishlash”dan to’xtar ekan, uning hayvondan farqi qolmaydi. Xullas, bir faylasuf tahbiri bilan aytganda, “Matematika - aql gimnastikasidir”. Yoshlik chog’idan turli-tuman matematik masalalarni yechish orqali o’quvchilar hayotiy muammolarni yechishga va turmushda uchraydigan muammoli vaziyatlarida to’g’ri qarorlar qabul qilishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu holatda hamma matematik masalalar ham bevosita hayotiy muammolar haqida bo’lishi shart emas. Har qanday matematik masala ham o’quvchini o’ylashga majbur qiladi. Turli abstrakt formulalar yordamida hisob kitoblarni, algebraik almashtirishlarni to’g’ri bajarish, ayniqsa teoremalarni isbotlash, yahni mahlum dalillar asosida uning to’g’ri ekanligini asoslash mantiqiy fikrlashga doir eng muhim amaliyotlardan hisoblanadi. SHunday ekan, o’rta umumiy tahlim tizimida matematika fanining, matematikani o’qitishning eng asosiy vazifasi o’quvchilarda mantiqiy fikrlash, to’g’ri mushohada yuritish layoqatlarini (kompetentsiyalarini) tarkib toptirishdan iborat bo’lmog’i lozim. Fanga oid umumiy kompetentsiyalar matematika fanidan o’quvchilar bilishi va uddalashi lozim bo’lgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni, fanga oid kongitiv kompetentsiyalar aynan yuqorida zikr etilgan mantiqiy fikrlash, o’qib-o’rganish va fan bo’yicha o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llash bo’yicha talablarini umumiy holda belgilaydi.
FK1. Matematika fani bo’yicha umumiy kompetentsiyalar. Fan bo’yicha umumiy kompetentsiyalarni o’z navbatida matematika fanining quyidagi bo’limlari bo’yicha taqsimlab qarash maqsadga muvofiq bo’ladi: Sonlar va amallar; Algebra; Geometriya; O’lchashlar; Mahlumotlar bilan ishlash.
Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi umumiy kompetentsiyalarga ega bo’lishi lozim: Sonlar va amallar
Sonlar haqida tushunchaga ega bo’lish, ularni tasvirlash usullarini va sanoq sistemalarini bilish, sonlar o’rtasida munosabatlarni o’rnatish va tushunish;
Matematik amallar mohiyatini bilish va ular o’rtasidagi munosabatlarni tushunish;
Sonlar ustida hisoblashlarni qiyinchiliklarsiz bajarish, natijaga tegishli baho berish va uni chamalash;
Algebra
Qonuniyatlar, munosabatlar va funktsiyalar mohiyatini tushunish;
Algebraik belgilar yordamida matematik vaziyatlar va tasdiqlarni ifodalash va tahlil qilish;
Miqdoriy munosabatlarni tushunish va ularni ifodalash uchun matematik modellardan foydalanish;
Tabiat va jamiyatdagi hodisalar va turli vaziyatlardagi miqdoriy o’zgarishlarni tahlil qilish.
Geometriya: Yassi va fazoviy geometrik shakllarning xususiyatlari va xossalarini tahlil qilish, geometrik munosabatlar haqida matematik fikrni rivojlantirish; Koordinatalar sistemasi va boshqa tasvirlash tizimlarida fazoviy munosabatlarni tasvirlash va ularning geometrik o’rnini aniqlash; Matematik vaziyatlarni tahlil qilishda simmetriya va shakl almashtirishlardan foydalanish; Masalalarni yechishda geometrik modellashtirish, fazoviy mushohada va vizuallashtirish usullaridan foydalanish.
O’lchashlar turli obhektlarning o’lchanadigan elementlarini, o’lchov birliklarini bilish, o’lchov tizimlari va jarayonlarining mohiyatini tushunish; o’lchash jarayonida mos o’lchov usullari, o’quv qurollari, o’lchov asboblari va formulalaridan foydalanish,
Mahlumotlar bilan ishlash: Masalani yechish uchun zarur mahlumotlarni aniqlash, yig’ish va ularga ishlov berish; Mahlumotlarni tahlil qilish uchun mos statistik ishlov berish usullarini tanlash va qo’llash; Mahlumotlar asosida tegishli xulosa va bashoratlarni ishlab chiqish va ularni baholash; Asosiy ehtimollar nazariyasi tushunchalarini tushunish va ulardan foydalanish.
FK2. Matematika fani bo’yicha kognitiv kompetentsiyalar Matematika fani bo’yicha kognitiv kompetentsiyalarni o’z navbatida quyidagi o’quv harakatlari bo’yicha ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi: Masala yechish; Asoslash va isbotlash; Muloqot; Munosabatlar; Tasvirlash.
Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi kognitiv kompetentsiyalarga ega bo’lishlari lozim:
Masala yechish. Masalani (muammoni) yechish orqali yangi matematik bilimlarni hosil qilish va ularni o’zlashtirish; Matematika va boshqa fanlardagi o’quv masalalari hamda kundalik turmushda duch kelinadigan muammolarni yechish; Masalani yechish uchun turli xil yechish usullarini qo’llash va ularni moslashtirish; Masalani matematik yechish jarayonini kuzatish va tahlil qilish. Asoslash va isbotlash.
Asoslash va isbot. matematikaning asosiy jihatlari ekanligini tushunish; Matematik taxminlarni tuzish va tadqiq qilish; Matematik asoslash, isbotlash va ularni baholash; Mushohada yuritish turlari, isbot usullarini tanlash va qo’llash.
Muloqot. O’qituvchi, tengdoshlar va boshqalar bilan matematika tilida aniq fikr almashish; Boshqalarning matematik fikrlarini tahlil qilish va baholash; Matematik fikrni aniq ifodalash uchun matematika tilidan foydalanish;
Munosabatlar. Matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va ulardan foydalanish; Yaxlit matematik tushunchani hosil qilish uchun matematik tushunchalarni birlashtirish yoki birini ikkinchisining ustiga qurish, Kundalik turmushdagi vaziyatlarda va boshqa fanlarda matematikani qo’llash; Tasvirlash Matematik tasdiqni turli shakl va ko’rinishlarda tasvirlash va ulardan foydalanish; Masalani yechish uchun tegishli matematik tasvirlash usulini tanlash va bir ko’rinishdan ikinchi ko’rinishga o’tkazish; Tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish hamda modellashtirish uchun turli matematik tasvirlash usullaridan foydalanish.
Matematika fani bo’yicha mazkur kompetentsiyalar o’quvchining matematika fanidan boshlang’ich maktabning 1- sinfidan boshlab, toki 11sinfni bitirgunga qadar egallashi kerak bo’lgan asosiy kompetentsiyalardan iborat. Har bir kompetentsiya talabi boshlang’ich, o’rta umumiy tahlim muassasalari uchun alohida-alohida aniqlashtiriladi hamda ularning o’zi ham asosiy va chuqurlashtirilgan darajalarga bo’linadi. Shuningdek, har bir tahlim tizimi uchun mazkur kompetentsiyalar talablari sinflar (kurslar) bo’yicha, bo’limlar bo’yicha, so’ng har bir mavzu bo’yicha va nihoyat har bir dars bo’yicha aniqlashtiriladi, yahni konkret mayda talablar ko’rinishida bayon etiladi. Shu tariqa, mazkur kompetentsiyalar har bir darsga uning turli maqsadlari ko’rinishida kirib boradi.
2.Matematika fanidan umumiy o’rta tahlim dasturi tahlili



Download 59,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish