Chust madaniyati



Download 17,56 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi17,56 Kb.
#453611
Bog'liq
Chust madaniyati


Chust madaniyati
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chust madaniyati - Fargʻona vodiysidagi koʻhna dehqonchilik madaniyati (mil. av. 2ming yillik oxirgi choragi — 1ming yillik boshlari). Dehqonlar suv boʻyidagi unumdor yerlarni oʻzlashtirilishiga qarab alohida voha yoki guruh tarzida joylashganlar. Ch.m. yodgorliklari, asosan, Fargʻona vodiysining shim.sharqiy tumanlarida uchraydi, ularning soni hozirgi 80 dan ortiq. Bu madaniyatga taallukli 1yodgorlik 1950 y. toshkentlik arxeologlar M.E.Voronets va V.I.Sprishevskiylar tomonidan hozirgi Chust sh. yaqinidan topilgan. Madaniyat nomishundan (mahalliy aholi Buonamozor deb ataydi). 1953—61 ylarda V. I. Sprishevskiy Ch.m.da muntazam arxeologik tekshirish ishlari olib borgan. Ch.m.ni keyingi oʻrganilishida SanktPeterburglik olim Yu.A.Zadneprovskiyning xizmatlari katta boʻlgan. Ch.m.ning ayrim yodgorliklarida (Dalvarzin, Chuyet) mudofaa inshootlari oʻrganilgan. Andijon viloyati,Jalaquduq tumanidagi Dalvarzin vodiysidagi ilk shahar va oʻziga xos markaz boʻlgani (mil. av. 12— 7-a.lar) arxeologik jihatdan isbot etilgan.
Hoz. kunda Ch.m.da 3 xil turdagi yashash joylari kavlangan: 1) chaylaga oʻxshash yengil uylar; 2) yertoʻlalar; 3) gʻishtpaxsadan qilingan uylar. Ch.m. sohiblari, asosan, ilk sugʻorma dehqonchilik (arpabugʻdoytariq), chorvachilik, metall (jez)ga ishlov berishkulolchiliktoʻqimachilik bilan shugʻullanganlar; ovchilikbaliq ovlash ham xoʻjalikda muhim rol oʻynagan. Bunga arxeologik yodgorliklarni qazish paytida topilgan jez pichoqlarbigizlar, metallga ishlov berishda ishlatilgan tosh qoliplar, toʻqimachilikda qoʻllanilgan suyakdanyasalgan taroqsimon asboblar hamda minglab sopol idishlar guvoxlik bermoqda. Uyroʻzgʻor buyumlari ichida, ayniqsa, naqshindor sopol idishlar ajralib turadi. Naqshlar, asosan, geometrik shaklda qora, jigarrang boʻyoq bilan idish sirtiga berilgan. Ayrim hollarda hayvon tasvirlari (echki) ham uchraydi. Ch.m. aholisi marhumlarni oʻzlari yashab turgan joyga (uy ichiga va ostonalarga) dafn etishgan. Alohida ajratilgan qabristonlar boʻlmagan. Marhumlarni yakka va koʻpchilik qilib gʻujanak holda yon tomon bilan koʻmganlar. FaqatDalvarzintepada odam suyagi va kallasi alohida, ikkilamchi bor koʻmilgani qayd etilgan. Bulardan tashqariuy hayvonlari ham baʼzida odam suyaklari bilan birga koʻmilgan. Hozirda Ch.m.ning oʻziga xos mahalliy xususiyatlari va qoʻshni hududlar [Toshkent vohasidagi Burgʻuluq (Burganli)] madaniyatiJan. Uzbekistonning Kuchuktepa madaniyati bilan aloqalari (B.X.Matboboyev) oʻrganilmoqda.
Download 17,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish