2.3. Multimedia vositalarini tayyorlash va bolalarning kompyuter
savodxonligini shakllantirish metodikasi
Shaxsiy kompyuterlar multimedia texnologiyasining asosiy texnik vositasi
hisoblanadi. Undan, MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida foydala- nishda
qo’shimcha vositalar - kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar
talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik
xarakterga ega bo’lib, ular animasiya bilan berilgan bo’ladi.
Ta’lim tizimida foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar
statik xarakterga ega. Masalan, tarbiyachi A harfini an’anaviy usulda o’rgatish
mobaynida, bolaga uning qog’ozdan yoki kartondan yasalgan shaklini ko’rsatadi
(statik vosita). Mutimedia vositasida ko’rsatilganda A harfi kompyuter (monitor)
ekranida tebranib, bolalarning diqqatini o’ziga jalb etadi (dinamik vosita).
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va
ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’limtarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun
tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida
qabul qilmoqdalar. Kezi kelganda shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, multimedia
vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan taiqari, har bir MTM
tarbiyachilarining o’zlari tayyorlashi mumkin bo’lgan dasturli va rolli multimedia
vositalarini (DVD-disk) qo’llash mumkin.
DVD video diski multimedianing texnik vositasi sifatida bir necha
afzalliklarga ega. Diskdan foydalanib, o’rganiladigan materialni bosqichlar
bo’yicha to’la, ba’zi hollarda alohida elementlarini ko’rish mumkin, zarur
bo’lganda material qayta namoyish etiladi. DVD video diskda sxemalar, rasmlar,
grafiklar ham joylashtirilgan bo’ladi. Multimedia texnologiyasining didaktik
vositalari ta’limning didaktik talablariga to’la mos keladi.
MTMlarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga
bo’lish mumkin:
1. Monitor ekranidan to’g’ridan-to’g’ri bilim berishga mo’ljallangan
vositalar (elektron ko’llanma, mashg’ulotlar ishlanmasi, kompyuterli "ekskursiya
", kompyuterli ta’lim o’yinlari va h.k.).
2. Ko’rgazmali qurol (didaktik materiallarni bolalarga yetkazish uchun
mo’ljallangan vositalar, slaydlar, taqdimotlar, jadvallar va h.k.).
MTM bolalari uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari ovozli, musiqali,
harakatlanuvchi, rangli, multifikasiyali va jozibali bo’lishi shart.
So’nggi yillarda ta’lim muassasalarida keng foydalanish uchun
Respublikamizda multimedia ta’lim vositalarini ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan.
Jumladan, shunday ta’lim manbalari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi "Multimedia
umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi"da tayyorlanmoqda. Ikkinchi
manba, Internet ashyolari hisoblanadi. Internet veb-sahifalariga turli sohdlar
bo’yicha, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ko’plab
multimedia vositalari joylashtirilgan. Tegishli veb-saytlardan multimedia
vositasini topib, ulardan MTMlarining ta’lim va tarbiya jarayonida foydalanish
maqsadga muvofikdir.
Yuqorida aytilganlarga qaramay, Respublika MTMlarida foydalanishga
mo’ljallangan tayyor multimedia vositalari yetarli emas. Shuning uchun, har bir
MTMda tarbiyachining o’zi multimedia vositalarini tayyorlashi va ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanishi maqsadga muvofiq. Quyida MTMlarida multimedia
vositalarining ba’zi turlarini tayyorlash va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
imkoniyatlari ustida to’xtalamiz.
Odatda multimedia vositalarini ikki: dasturli va rolli usullarda tayyorlash
mumkin.
1. Dasturli usul. Dasturli vositalar tayyorlashda Powyer Point, Macromedia
Flash kabi dasturlardan foydalaniladi.
Mashg’ulot ishlanmasini tayyorlash. Mashg’ulot ishlanmasi deganda monitor
ekraniga chiqarib, tarbiyalanuvchilarga o’rgatishga mo’ljallangan mashg’ulot
materiali va mazmuni tushuniladi. Quyida ekologik ta’lim- tarbiyaga oid "Toza
havo - dardga davo" mavzusi bo’yicha mashg’ulot ishlanmasini tayyorlashni
ko’rib chiqamiz.
Avval mashg’ulot mavzusi anig’lanadi, so’ngra ishlanmani tayyorlash uchun
quyidagicha algoritm tuziladi: ekin maydonini tayyorlash, gul urug’i sepish, ekish,
sug’orish, chopiq qilish (ishlov berish), begona o’tlardan tozalash, parvarish qilish,
gullarni o’sishini kuzatish, gullardan zavqlanish.
Ishlanma tayyorlash algoritmi:
1. Shu lavhalarga oid 15-20 ta fotosuratlar tayyorlanadi (to’planadi).
2. Ushbu fotosuratlar skaner yordamida fayl sifatida saqlanadi va
kompyuter xotirasiga kiritiladi.
3. Powyer Point dasturidan foydalanib, animasiya effektlari yordamida
multimediali taqdimot materiallari tayyorlanadi.
4. Mikrofon tovush platasiga (adapteriga) ulanadi va tarbiyachi fotosuratlar
mazmuniga qarab mos holda ovoz beradi hamda taqdimot materiallarini sharhlab
boradi (1-ilova).
Slayd tayyorlash. Slayd tayyorlash uchun Powyer Point dasturidan
foydalanish mumkin. Microsoft Powyer Point universal, imkoniyatlari keng
bo’lgan ko’rgazmali amaliy dasturlar qatoriga kiradi. Powyer Point dasturi
yordamida matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya samaralari, ovoz, videorolik
va boshqalardan tashkil topgan slaydlar va taqdimotlar yaratiladi, ya’ni
multimediali ta’lim vositasi tayyorlanadi.
Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish, shuningdek, ba’zi
joylarda malumotlar bazasi sifatida hamqo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu
dasturdan multimedia vositalarini boiqarish va ularni qo’llab namoyish etuvchi
qurilmalarga yuborish vazifalarni bajarish mumkin.
Slayd - ma’lum bir ulchamga ega bo’lgan muloqot varakdari hisoblanadi.
Unda biron maqsad uchun yaratilayotgan va namoyish etishga mo’ljallangan
materiallarning elementlari joylashadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor
ko’rgazma yoki mashg’ulot materialini kompyuter ekranida yoki elektron doskada
namoyish qilish mumkin.
Slayd tayyorlash uchun birinchi navbatda Powyer Point dasturini ishga
tushirish kerak. Buning uchun, Windows ish stolidagi quyidagi buyruqdarni
bajarish kerak: "PUSK - Programmы - Microsoft Powyer Point". Bu buyruqlar
"Sichkoncha"ning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |