Choydari” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillar yig‘ilishining 2022 yil dagi son bayonnomasiga asosan tasdiqlangan


-bob. Fuqarolar yig‘ini majlisini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi



Download 225 Kb.
bet3/7
Sana21.07.2022
Hajmi225 Kb.
#833369
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHOYDARI MFY NIZOMI

3-bob. Fuqarolar yig‘ini majlisini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi
15. Fuqarolar yig‘ini majlisida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va fuqarolar yig‘ini hududida doimiy, vaqtincha yoki asosan yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Fuqarolar yig‘ini majlisi fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Fuqarolar yig‘ini majlisi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limining fuqarolar yig‘ini kengashiga bergan tavsiyasiga ko‘ra yoki fuqarolar yig‘ini majlisida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aholining kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
Fuqarolar yig‘ini majlisi fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir.
16. Fuqarolar yig‘ini majlisini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tegishli hududdagi har bir ko‘cha va ko‘p kvartirali uylar aholisining umumiy yig‘ilishlarida oddiy ko‘pchilik ovoz bilan fuqarolar vakili saylanadi.
Har chorakda o‘tkaziladigan fuqarolar vakillarining yig‘ilishi 6000 nafargacha aholisi bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida fuqarolar vakillari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi, 6000 nafardan ziyod aholisi bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida kamida uchdan bir qismi hozir bo‘lgan taqdirda, vakolatlidir (fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi bundan mustasno).
Fuqarolar yig‘ini xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari shuningdek, ko‘chaboshi va uyboshilar fuqarolar vakillari bo‘lishi mumkin emas.
17. Fuqarolar yig‘ini majlisini olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar yig‘ini majlisini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning o‘rinbosarlaridan biri (bundan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha chaqirilgan fuqarolar yig‘ini majlisi mustasno) olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.
18. Fuqarolar yig‘ini majlisi o‘tkazilgan sanasi, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘ini majlisining bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), u yo‘qligida esa majlisda raislik qilgan uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan imzolanadi.
19. Fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.

Download 225 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish