1-rasm. Ichki va tashqi yuzasi bilan birikuvchi detallar.
aqiqiy o’lcham (Dye , dye) – bu tekshirish va normativ xujjatlardan chetga chiqmaydigan, xatoliklari hisobga olingan, tayyorlangan detallardir.
Haqiqiy o’lchamli detallarni bir partiyada bir stianokda bir asbob bilan tayyorlaganda ham o’lchamlari bir-biridan ancha farq qiladi. Ishlov berish paytida xaqiqiy o’lchamlarni bir-biridan farqlanishini saqlash mumkin emas. Shuning uchun shartli ravishda maksimal va minimal chekli o’lchamlar kiritilgan (Dmax , Dmin , dmax , dmin).
Chekli o’lchamlar – deb bu ikkita chekli o’lcham bo’lib ular oralig’ida yoki teng bo’lgan haqiqiy o’lcham yotishi lozim.
Maksimal va minimal chekli o’lchamlar farqi (ayirmasi) joizlik (T) deyiladi.
TD = Dmax – Dmin ; Td = dmax – dmin .
Joizlik – bu interval bo’lib, uning oralig’ida ishga yaroqli detallarning haqiqiy o’lchamlari yotadi. Joizlik doimo musbat ishorada bo’ladi.
Chizmalarda chekli o’lchamlar nominal o’lchamlarga nisbatan chekli og’ishlar ko’rinishida ifodalanadi. Chekli o’lcham va nominal o’lchamlarning algebraik ayirmasi chekli og’ishni beradi.
Yuqorki chekli og’ish (ES, es) – nominal o’lcham bilan maksimal chekli o’lcham ayirmasi hisoblanadi.
ES = Dmax – Dn; es = dmax – dn .
Pastki chekli og’ish (EI, ei) – nominal o’lcham bilan minimal chekli o’lcham ayirmasi hisoblanadi.
EI = Dmin – Dn; ei = dmin – dn .
Joizlik – yuqorgi va pastki chekli og’ishlarning ayirmasi absolyut algebraik qiymatiga teng.
TD = ES – EI ; Td = es – ei .
O’tqazish – bu birikma detallarini xaraktarlab teshik bilan valni yig’ishgacha bo’lgan o’lchamlar ayirmasini bildiradi.
Teshik va val o’lchamlarining bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga ko’ra, tirqish, tarang va oraliq o’tqazishlarga bo’linadi.
Tirqish S – teshik o’lchami (D) bilan val o’lchami (d)ni musbat ayirmasi (farqi).
S = D – d .
Tirqish detallarni bir-biriga nisbatan erkin harakatini ta’minlaydi va teshik o’lchami val o’lchamidan katta bo’lganda hosil bo’ladi.
Tarang o’tqazish N – val o’lchami (d) bilan teshik o’lchami (D)ni musbat ayirmasi (farqi).
N = d – D
Tarang o’tqazish, birikma detallari bir-biriga nisbatan quzg’almasligini bildiradi, ya’ni val o’lchami teshik o’lchamidan katta bo’lganda hosil bo’ladi.
Oraliq o’tqazishda birikma detallari bir-biri bilan qisman tirqish, qisman taranglik hosil qiladi.
Birikmalarning (xoh tirqish xoh tarang) sxemalar tarzida, joizliklarni esa to’g’ri to’rt burchaklar ko’rinishidagi grafik tarzida tasvirlash qabul qilingan. Bu esa tirqish yoki taranglikning barcha qiymatlarini hisoblashni ancha soddalashtiradi.
Joizlik va o’tqazish maydonlarining grafik tasvirlari nol chizig’i sifatida nominal o’lchamga mos keluvchi chiziq qabul qilinadi, shu chiziqdan boshlab o’lchamlarning chekli og’ishlari belgiladi. Nol chiziqdan qabul qilingan masshtab bo’yicha chekli og’ishlar qo’yiladi. Chekli og’ishlarning qiymatlari mubsat bo’lsa nol chizig’idan yuqorida, manfiy bo’lsa nol chizig’idan pastda qo’yiladi. Bunday sxemada val va teshiklarning chekli o’lchamlari, joizliklari, tirqish va tarang o’tqazishlar yaqqol ko’rinadi.
Joizlik maydoni deb chekli o’lchamlar bilan cheklangan o’lchamlarning interval qiymatiga aytiladi; u joizlik kattaligi va uning nominal o’lchamga nisbatan joylashishi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |