Hayvonlarni so ‘yish va qonsizlantirish
Mollami so'yish va tanasini nimtalash ishlari qushxona, muzxonali kushxona va go‘sht kombinatlari- da olib boriladi. Go‘sht kombinatlari mol so'yilgach, uning go‘shtiga to‘liq ishlov beriladigan korxona hisoblanadi.
Mollami kushxona yoki go‘sht kombinatiga olib kelishda barcha, turli xil sharoitlar, ulaming salomat- ligi, so‘yish oldidan ulami boqish, go‘shtini ishlash tartibi, so‘yiladigan hayvon go‘sht sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. So‘yish uchun keltirilgan hayvonlar yaxshi parvarish qilingan, oziqlantirilgan, yo‘lda to- liqib qolmasligi va vazni pasayib ketmasligi lozim. So‘yiladigan mollaming salomatligi yaxshi bo‘lishi talab etiladi. Aks holda, uning ba’zi bir kasalligi inson uchun ham xavfli hisoblanadi. Hayvon kasalligi asosan ikki xil turda uchrashi mumkin. Birinchisi mikroorganizmlar tomonidan vujudga kelsa (sibir ya- rasi, manka, oqsil kasali, brutsellyoz, sil va boshqalar), ikkinchisi gijjalardan kelib chiqadigan invazion (finnoz, trixinoz kabi) kasalliklar hisoblanadi.
Kushxona yoki go‘sht kombinatiga so‘yish uchun olib kelingan hayvonlar avval mol bazasiga yuboriladi, u yerda mollar qabul qilinib, veterinariya vrachi tomonidan tekshiriladi. So‘ngra hayvonlar turi, jinsi, yoshi va oriq-semizligiga qarab gumhlarga ajratiladi va so‘yish oldidan asraladigan bazaga o‘tkaziladi. Bu yerda qoramol va qo‘y-echkilarga so‘yishgacha bir kun, cho‘chqaga esa 12 soat oziq berilmaydi va hayvonlarga so‘yishdan oldin dam beriladi.
Hayvonlarga so‘yishdan oldin oziq berilmasligiga asosiy sabab ulaming oshqozon-ichak yo'lini tozalash- dan iborat. Aks holda go‘sht nimtalanayotganda ifloslanishi yuz berishi mumkin.
37
So‘yishdan oldin charchagan mollarda qonning oqib chiqishi qiyinroq bo'ladi, bimdan tashqari, ichki organlarida mikroorganizmlar to'planadi va ular ichak- dan qonga va qon orqali organizmga tarqalishi mumkin. Binobarin, hayvonlarga dam berish ko‘p ijobiy natija beradi. Bundan tashqari, charchagan molning go‘shti sifatsiz bo‘ladi.
Hayvonlami qabul qilishda ular orasida kasallari
bo‘lsa, yoki gumon qilinganlari izolyatorga yuboriladi, yoki ular sanitariya kushxonasida so‘yilishi mumkin. Kasalligi gumon qilingan mollar asosan karantinga qo‘- yiladi.
Qoramol, qo‘y va cho‘chqalami so‘yish tartibi asosan bir xil bo‘lib, faqat ayrim bosqichlari bilan bir- biridan farq qiladi.
Qoramollami so‘yish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: molni hushsizlantirish (karaxtlash), qonsiz- lantirish, terisini shilish, ichki organlarini olish, tanani teng ikkiga bo'lish, nimtalami tozalash, hamda tamg‘alash (muhrlash)dan iborat.
So‘yilgan molning quloq, bumn va lablari atrofidagi terisi kesib olinadi, so‘ng bosh terisi o‘ng burun katagidan chap shoxgacha shilib olinadi. Tomog‘idagi kesik pastki labidagi halqasimon kesikkacha yetkaziladi va boshining qolgan qismidagi terisi shilinadi, so‘ngra birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ensa suyagi orasidan kesilib, bosh tanadan ajratiladi.
Qonsizlantirish. Mollar yotqizilgan yoki osib qo‘yilgan holda qonsizlantiriladi. Go‘sht kombinatlarida asosan mollami osib, vertikal usulda qonsizlantirish usuli qo‘llaniladi. Qoramollaming tanasidan vazniga ko‘ra 4,2 foiz qon chiqsa, u qonsizlantirilgan bo'ladi. Lekin bu miqdor hayvon tanasidagi umumiy qon miqdorini 40-65 foizini tashkil etadi. Qonsizlantirish ishlari 6-8 minut davom etadi.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |