Chorva, parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Download 388,29 Kb.
bet19/119
Sana12.03.2022
Hajmi388,29 Kb.
#492017
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119
Bog'liq
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov) (4)

Terini shilib olish ishlari ko‘plab kushxonalarda mollar vertikal osib qo‘yilganida amalga oshiriladi. Go‘shtning sifati sanitariya jihatidan yaxshi bo‘lishi uchun kushxonalarda terini shilish va tana (to‘sh) ga dastlabki ishlov berishda turli vositalar (ilmoq, blok ustidan o‘tkazilgan arqon va h.k.lar)dan keng foydalanib kelinmoqda.
Terini tanadan shilib olish uchun tananing biqin- lariga qalin taxta qo‘yilib tana chalqanchasiga yotqi- ziladi. Keyin oldingi va orqa oyoqlarining hamda qorin va ko‘krak qismining terisi shilinadi.
Tana boshqa qismlarining terisi maxsus baraban- larda yoki qo‘lda shilib olinadi. Bunda tanaga shikast yetmasligi (teri osti yog‘i buzilmasligi) lozim. Agar cho'chqa go‘shti dudlatish maqsadida (son go‘shti, ru- let va boshqalar tayyorlanadigan) bo‘lsa, terisi shilib olinmaydi, qaynoq suvga botirib olib juni yulingandan so‘ng, tana qillari pechda kuydiriladi. Ichki organlar teri shilib olingan yoki juni yulingandan keyin (cho‘chqa tanasidan) olinadi. Bunda ichki organlarining yorilib ketishiga va go‘shtning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Tanani nimtalash uchun orqa umurtqa bo‘ylab uzunasiga, ikki nimtaga bo‘linadi. Bunda orqa miyani shikastlantirmasdan saqlab qolish uchun umurtqaning o‘rta chizig‘idan biroz chetdan qirqiladi. Tana to‘g‘- ri chiziq bo‘ylab bo‘linishi lozim, aks holda, mikroor- ganizmlar rivojlanib, go‘sht tez buzilishi mumkin.
Qo‘y tanasi nimtalanmay butunligicha chiqari- ladi.
Nimta yoki tanani yuvish va tozalash - uning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi va uzoq vaqt buzilmasligini ta'minlaydi.
39



So‘yiIgan hayvon tanasini va nimtalarini tozalash
Tanani tozalashda dum, buyrak, buyrak atrofidagi yog‘, go‘shtdagi qontalash joylar, qotib qolgan qon, shikastlangan qism, orqa miya va boshqalar olib tashlanadi.
Qo‘y tanasini tozalashda, odatda, dumi olib tash- lanmaydi, buyrak va buyrak atrofidagi yog‘lar ham qoladi. Yuvish ishlari mol tanasi yoki nimtasini turli ifloslikdan iliq suv bilan bosim ostida olib boriladi.
Tozalangan mol va cho‘chqa nimtalariga va qo‘y tanasiga veterinariya nazorati tamg‘asi va semizlik kategoriyasi, yoshi va go'sht qanday maqsad uchun mo‘ljallanganligini ko‘rsatuvchi belgilar bosiladi.
Mol so‘yilib bo‘lgach, go‘shtdan tashqari subpro- duktalar deb nomlangan ikkinchi darajali mahsulot- lar - jigar, buyrak, yurak,. til, kalla, dum, qizilo‘ngach va boshqalar bo‘ladi.
Yilqi, qo‘tos va bug‘ulami so‘yish va go‘shtini dastlabki ishlash ham qoramollami so‘yish va dastlabki ishlash tartibida oalib boriladi.
Mamlakatimiz go‘sht korxonalarida molni so‘yish va dastlabki ishlashning barcha bosqichlarida qat’iy veterinariya nazorati o‘matilgan. Binobarin, inson uchun zararli bo‘lgan kasal molning go‘shtini sotishga mxsat berilmaydi.
Kasal molning go‘shti uning qanday kasal bilan og'riganligini va kasalning zo‘rayish darajasiga qarab yo iste'mol uchun butunlay yaroqsiz yoki shartli yaroqli, yoki ayrim hollarda iste'mol uchun yaroqli deb belgilanadi. Jumladan, sibir yarasi, manka, shuning- dek, sil va kuchli finnoz bilan og‘rigan oriq molning go'shtini ovqatga ishlatish qat’iy man qilinadi. Bunday go‘shtlar ko‘mib tashlanadi yoki utilga topshiriladi. Brutsellez va oqsil kasalligiga uchragan hayvonlar,
40



hamda kuchsiz finnoz va sil kasalligiga uchragan, le- kin oriqlamagan molning go‘shti ovqat uchun shartli yaroqli hisoblanadi. Bunday go‘shtlami sterilizatsiya qilib yoki ayrim hollarda tuzlab va past haroratda zararsizlantirilgandan keyin sanoatda qayta ishlash (kolbasa va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiladi) mumkin. Faqat ichki organlari kasallangan yoki sil va oqsil kasalligiga chalingan hayvonlar, shuningdek, so‘yishdan bir sutka davomida istmasi bo‘lmagan mollaming go‘shti ovqat uchun yaroqli deb topiladi.



Download 388,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish