Chortoq tumani XTB ga qarashli 41-umumta’lim maktabining “Ko’hna Turon- qadim Turkiston ,ona yurtim ,jon O’zbekiston!” mavzusida tayyorlagan Taqdimoti.
Chortoq tumani
Chortoq - Namangan viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil topgan. G’arbdan Yangiqo’rg’on, janubiy, janubi-sharqdan Uychi tumanlari, shimoli va sharqda Qirg’iziston respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0.36 ming km2 . Aholisi 199.8 ming kishi (2020-yil). Tumanda 1 ta shahar (Chortoq) 9 ta QFY (Alixon, Gulshan, Bog’iston, Koroskon, Muchum, Oyqiron, Peshqo’rg’on, Saroy, Hazratishox) bor. markazi Chortoq shahri.
4-tepalikning 4-chisi “G’alabaning 45 yilligi” jamoa xo’jaligi hududida “Tolmozor” darbozasi ro’parasidagi Mansurboy hojining katta bog’i o’rtasida bo’lgan. Bu joylar jamoalashtirish davrida jamoa yeriga qo’shib yuborilgan va 1933-1935-yillarda buzulib ekinzorga aylantirilgan. Bunda fuqorolardan Abdurahim Otaboyev, To’paxon Xoliqova, Ismonjon Xolmirzayev, Turg’unboy Rasulovlar ishtirok etishan. Tepalikni buzish paytida sopol parchalari, idishlar, toshlar, har xil suyakar, tangalar chiqqan.
Chortoqning yo’ldosh qishloqlaridan biri “BO’LANAK”dir . XIV-XVIII asrlarda Bo’lon qishlog’ining yerlari aholi o’rtasida deyarli taqsimlanib bo’linadi.Aholining ko’payishi natijasida Koroskonga o’tadigan siyyidlarning arig’i bo’ylaridan foydalanishga majbur bo’linadi.Va bir qism Bo’lon aholisi Chortoqning o’ng yuziga ko’chib o’tib joylasha boshlaydi. Bu aholi guruhini bo’lonliklar “Bo’linganlar” ya’ni “Bo’lanak” deb atagan. Ularning kasb-kori , urf-odati Bo’lonniki bilan bir xil. Qarindosh urug’lari ham Bo’londa bo’lgan. Bo’lanak aholisi tadbirkor xalq sifatida qadimdayoq nom taratgan.
Mahalla haqida umumiy ma’lumotlar
Mahallaning umumiy yer maydonida 140 ga;
Aholi soni - 5395 ta
Honadon soni - 925 ta
Chegarasi - Sharqdan temiryo’l, Iftixor MFY, shimoldan Turkiston MFY, g’arbdan Karoskon QFY.
MFY binosi G’ofur G’ulom ko’chasi 4-o’tish joyida joylashgan.
2-toifa: 223 ta
Nafaqaxo’r - 510 ta
Voyaga yetmaganlar - 2117 ta
Erkaklar soni - 3021 ta
Ayollar soni - 3031 ta
Maktab o’quvchilari - 912 ta
Hududda ko’chalar soni - 5 ta
Ishsizlar soni - 76 ta
Aholining ijtimoiy tarkibi:
Erkaklar soni - 2673 ta
Ayollar soni - 2722 ta
Voyaga yetmaganlar soni - 1937 ta
Qariyalar soni - 510 ta
Nafaqadagilar soni - 153 ta
Millati bo’yicha
O’zbeklar - 5381 ta
Tojiklar - 5 ta
Ruslar - 2 ta
Tatarlar - 7 ta
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi xalqimiz orzu-istaklarining ro’yobga chiqishiga imkon yaratdi. Milliy va azaliy urf-odatlarimiz , an’analarimiz qayta tiklandi. Diniy e’tiqodimiz qonun yo’li bilan kafolatlanadi.1990-1993 yillarda masjidimiz binosi xalq hashari yo’li bilan qurib bitkazildi. Ayniqsa , bu borada Turg’unboy Usmanov, Abdukarim Usmonovlarning mehnatlari alohida e’tirofga loyiq.
Namangan viloyati Adliya boshqarmasining ruxsati bilan 1998 yil 8- avgustda ro’yxatdan o’tkazilgan masjidda 2000 yilga qadar maxsus diniy ma’lumotga ega bo’lgan Abduvahob Inoyatov imom - xatiblik vazifasida ishladi . 2005 yildan masjidimizga Mirzohid Hojiyev noib - imomlik qilyapti.
Maktabimiz tarixidan.
1924-1925 yilda birinchi marta Tursunxojining uyida ( mexmonxonasida)hozirgi 61- o’rta maktabning ilk 1- sinf sobiq sovet maktabi ochildi. Bu maktabda 24 ta o’quvchi talim - tarbiya oldi.
Maktab muzeyi tarixidan.
Mahir pedagog ,tashkilotchi Shodmonjon Hoshimov
o’z atrofiga qishlog’imizning va maktabimizning sobiq o’quvchilaridan ,pedagog Madraximov Jo’raboy va boshqalarning mehnatlari tufayli maktabda na’munali,o’lkani o’rganish tarix muzeyi tashkil qilindi.Respublika miqyosida tarix - jamiyatshunoslik o’qituvchilarining seminari bo’lib o’tdi. Muzeyni tashkil qilishda pedagoglardan tashqari maktab o’quvchilarining ro’li xam katta bo’lgan.