24
5.
AMALIY MASHG`ULOT № 7
MAVZU: Transport vositalaridan foydalanish.
I. Ishning maqsadi: Transport vositalaridan foydalanishni o`rganish hamda tahlil
qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Transport vositalarini boshqarishni o`rgatish. Transport vositalarini
boshqarishni dastlabki o`rgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o`tkazilishi
kerak.
Transport vositalarini boshqarayotgan yosh, tajribasiz haydovchining rul
chambaragini keskin burishi, ilashish (stsepleniye) tepkisini tez qo`yib yuborishi,
tormoz tepkisini keskin bosishi yon-atrofdagi harakat ishtirokchilariga xavf tug`dirib,
yo`l-transport hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun boshqarishni
o`rganuvchi transport vositalarini ravon boshqarishning dastlabki ko`nikmalarini
yopiq maydonlarda, boshqa yo`l ishtirokchilaridan ajratilgan joylarda o`rganishi
kerak.
Yo`llarda boshqarishni o`rgatishga faqat haydovchi ustoz ishtirokida, o`rganuvchi
dastlabki boshqaruv malakasini yetarlicha egallaganidan so`nggina ruxsat etiladi.
O`rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.
25
Ko`pchilik o`rganuvchilar birinchi xavfli vaziyatda o`zini yo`qotib qo`yishadi
bu esa transport vositalarini boshqaruvsiz qolib, avariyaga olib keladi. O`rganuvchida
dastlabki ko`nikma, malaka bo`lgani bilan ustoz haydovchisiz avtomobilni boshqarib
bo`lmaydi.
Boshqarishni o`rgatayotgan haydovchi ustoz o`rgatish xuquqini beruvchi xujjatga, shu
toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va bevosita 3 yillik
haydovchilik faoliyatiga ega bo`lishi kerak.
Shaxsiy avtomobillarda boshqarishni o`rgatishda ham o`rgatuvchi haydovchilik
guvohnomasidan tashqari, o`rgatish xuquqini beruvchi xujjatga ega bo`lishi kerak.
Haydovchilarni tayyorlash mashg`ulotlari o`quv yakunida avtomobil boshqarishni
o`rganuvchi 18 yoshga, avtobus, tramvay va trolleybus boshqarishni o`rganuvchi esa 21
yoshga, mototsikl boshqarishni o`rganuvchi esa 16 yoshga to`lgan shaxslar bilan olib boriladi.
Boshqarishni o`rgatish uchun mo`ljallangan mexanik transport vositalari
«Boshqarishni o`rgatish transport vositasi» taniqlik belgisi va haydovchi ustoz uchun orqani
ko`rsatuvchi ko`zgu bilan jihozlanishi kerak. Bundan tashqari, boshqarishni o`rgatish
transport vositalarida haydovchi ustoz uchun qo`shimcha ilashish (stsepleniye) va to`xtatish
tepkilari ham bo`lishi kerak.
Yuqoridagi talablarga javob bersa, boshqarishini shaxsiy transport vositalarida ham
o`rgatish mumkin.
Boshqarishni o`rgatish yo`nalishlari yo`l harakati xavfsizligi o`rganlari bilan
kelishilishi shart. Boshqa yo`llarda boshqarishni o`rgatish taqiqlanadi.
Serqatnov yo`llarning tig`iz paytlarida boshqarishni o`rgatish tirbandliklarni vujudga
keltirib, harakatlanishga to`sqinlik qilmasligi uchun boshqarishni o`rgatish yo`llari tasviri
(sxemasi) YHXDX o`rganlari bilan kelishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: