1. Tushunchalar, atamalar va harakat ishtirokchilarining vazifalarini o`rganish.
7
2. Ogohlantiruvchi belgilarni o`rganish.
3. Taqiqlovchi belgilarni o`rganish.
4. Imtiyoz belgilarini o`rganish.
5. Buyuruvchi belgilarni o`rganish.
6. Axborot ishora belgilarini o`rganish.
7. Servis belgilarini o`rganish.
8. Qo`shimcha axborot belgilarni o`rganish.
V. Hisobot yozish:
1. Yo`l belgilariga ta’rif bering.
2. Yo`l belgilari sxemasini chizish.
3. Berilgan belgilarga qarab qaysi yo`l belgi guruhiga tegishliligini aniqlang
(1-jadval).
4. Yuqorida bayon qilingan ko`rib chiqilgan ishlar yuzasidan internet ma’lumotlarini
olish.
1-Jadval.
№
Belgilar
O
g
o
h
lan
ti
ru
v
ch
i
Imt
iy
o
z
T
aq
iq
lo
v
ch
i
Bu
y
u
ru
v
ch
i
A
x
b
o
ro
t
is
h
o
ra
Serv
is
Q
o
`s
h
imc
h
a
is
h
o
ra
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
8
AMALIY MASHG`ULOT № 2
MAVZU: Yo`l bеlg`i chiziqlarining har хil yo`l sharoitlarida qo`llanilishi.
I. Ishning maqsadi: Yo`l belgi chiziqlarining turlari, ularning har xil yo`l
sharoitlarida qo`llanilishini o`rganish hamda tahlil qilish.
II. Umumiy ma’lumotlar:
Ma’lumki, yo`l belgi chiziqlari yotiq va tik chiziqlarga bo`linadi. Yotiq
chiziqlar yo`l yuziga chizilib, asosan harakatlanish tartibini belgilaydi. Yotiq
chiziqlar ko`rinishi, ya’ni rangi bo`yicha oq va sariq rangda bo`ladi. Oq rangli yotiq
chiziqlarning o`zi uzluksiz, uzuq-uzuq, yozuvlar va raqamlar ko`rinishidan iborat
bo`lib, ular bir biridan o`lchamlari bilan farq qiladi. Sariq rangli yotiq chiziqlar uch
xil bo`ladi: uzluksiz, uziq-uziq va zigzag shaklida. Bularning ham chizilish joylarini,
ularning ahamiyatini aniq bilib olish talab etiladi.
1.1. Yo`lning o`rtasida chizilgan ensiz, sidirg`a oq chiziq qarama-qarshi
transport oqimini ajratadi.
Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi.
1.2. Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 sm)
uzluksiz sidirg`a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi.
Chiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin.
Tik chiziqlar yo`l inshootlarini va jihozlari yuzlariga ketma-ket chizilgan yo`l-
yo`l, oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat bo`lib, ularning o`lchamlarini
ko`rsatishda, ko`z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.
Osmon bulut, kul rang bo`lganda, qorong`i vaqtlarda yo`lning yoritilmagan
qismlarida yo`l yoqasidagi tik beton inshootlarining rangi osmon va yo`lning rangi
9
bilan juda o`xshab ketadi va harakatdagi haydovchi ularni farqlay olmay, beton
inshootlarini ko`rmay qoladi. Bu hol haydovchini beton inshootlarga urilib ketishiga
olib keladi.
2.1- Yo`l belgi chiziqlar ko`priklar, osma yo`llar ustunlari yuzasiga chizilib
harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisiga yo`ldagi xavf soluvchi to`siqning
rangini keskin ajratib, ko`rinishini osonlashtiradi.
2.2- Yo`l belgi chiziqlar tonellar, ko`priklar, osma yo`llar va ko`priklarni pastki
qirralariga chizilgan oq-qora rangli chizma haydovchiga inshootning pastki qismini
farqlashini osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: