Texnologik jarayon asoslаri. Sizlar korxonalarga ekskursiya vaqtida mahsulot olishning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgansiz. Uning asosiy qismini texnologiya (texnologik jarayon) tashkil etadi. Texnologiya deganda mahsulot olish jarayonida qо‘llanadigan xom ashyo, material yoki yarimfabrikatni qayta ishlash, tayyorlash, ularning xolatini, xossalari va shaklini о‘zgartirish usullarining majmui tushuniladi. Odatda texnologiya konkret ishlab chiqarish bilan bog‘lanadi. Masalan, sulfat kislota olish, pо‘lat eritish, non yopish, poyabzal tayyorlash va hokazolarning texnologiyasi birbiridan farqlanadi.
Juda kо‘p texnologik jarayonlar mavjud bо‘lib, ularning har biri о‘z strukturasi va xususiyatlariga ega. Lekin xar qancha texnologik jarayonlar uchun umumiy bо‘lgan qator usullarni ham ajratish mumkin. Ana shunday umumiy (ba’zan asosiy deb ataladigan) usullarga mexanik, kimyoviy, biologik va energetik usullar kiradi.
Mexanik (fizik-mexanik)usul mehnat predmetiga mexanik ta’sir etish, chunonchi materiallarni kesish, qirqish, detallarni vintlar, mix parchinlar bilan biriktirish, presslash na hokazolar orqali amalga oshadigan texnologik jarayonlarni о‘z ichiga oladi.
Kimyoviy usul bilan mehnat predmetlari ximiyaviy reaksiyalar hisobiga о‘zgaradigan texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu usul faqat bevosita ximiya sanoatida emas, balki xalq xо‘jaligining boshqa tarmoqlarida, masalan, elektrotexnika sanoatida ayrim elektroizolyatsion va о‘tkazgich materiallar tayyorlashda, qishloq xо‘jaligida zararkunandalarga qarshi kurashishda, mashinasozlikda metallarni korroziyadan saqlashda ham keng qо‘llanadi.
Biologik usullar mehnat predmeti jonli organizmlarda rо‘y beradigan bioximiyaviy jarayonlar ta’sirida о‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Biologik usullar sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, oziq-ovqat, ximiya, yengil sanoatda keng tarqalgan, shuningdek, ular metallurgiyada ham о‘rin olgan bо‘lib, maxsus bakteriyalar yordamida rudadan ayrim metallarni (mis, marganets, xrom va boshqalarni) ajratib olish yо‘llari topilmoqda.
Energetik usullar energiyaning elektr, yadro va boshqa turlaridan bevosita foydalanish orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni о‘z ichiga oladi. Masalan, mis va alyuminiy elektroliz yо‘li bilan olinadi (buni fizika va ximiya darslarida bilib olasiz), kо‘p detallar yuqori chastotali toklar bilan mustahkamlanadi va hokazo.
Qator materiallarni qayta ishlash texnologiyasi yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy usullar kombinatsiyasiga tayanadi. Kombinatsiyalashgan usulning misoli sifatida metallga ximoyalovchi va dekorativ qoplamalarni elektroximiyaviy metod bilan surtishni kо‘rsatish mumkin. Detallarga elektrofizik usulda ishlov berish ham kombinatsiyalashgan usulga kiradi. Buning namunasi materiallarni elektronlar tutami bilan ishlash (payvandlash, kesish) dir.
Texnologik jarayon (4-rasm) texnologik operatsiyalardan tashkil topadi. Texnologik operatsiya — texnologik jarayonning tugallangan qismi bо‘lib, uni ishchi (yoki ishchilar gruppasi) uzluksiz bitta ish о‘rnida bitta buyumni tayyorlash (zagotovka, detal, yig‘ish birligi va xokazolar) bо‘yicha bajaradi. Sizlar mehnat talimi jarayonida yog‘ochga, metallga, gazlamaga ishlov berish bо‘yicha ayrim texnologik operatsiyalarni: zagotovkani oldindan rejalash, ishchi chizmalarga qarab turli detallar tayyorlash, detallardan tayyor buyumlarni yig‘ish kabi ishlarni bajargansiz. Ishlab chiqarishning qator tarmoqlarida texnologik operatsiyalar о‘tishlarga ajraladi.
О‘tish operatsiyaning qismlarga bо‘linmaydigan va instrumentni (moslamani almashtirmay) bitta yoki bir nechta ishchi tomonidan ish rejimini о‘zgartirmay bajariladigan tugal qismidir. Masalan, mashinasozlik korxonasining yig‘uv sexidagi ishchi buyumni yig‘ish jarayonida gaykovert, toretsli klyuch, о‘lchov instrumentlaridan foydalanadi. Uning barcha ishlari birgalikda slesarlik yig‘uv texnologik operatsiyasining mazmunini tashkil etadi, ammo gaykovert bilan ishlash - bir о‘tish, toretsli klyuch bilan ishlash boshqa bir о‘tish, shtangensirkul bilan nazorat о‘lchashlar uchinchi о‘tish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |