rasmiy hujjatlar–yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqf-nomalar, hisob-kitob daftarlari, rahnomalar, rasmiy yozishmalar, maktublar va boshqalar. Umuman, tarixiy hujjatlarning o’ttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy- siyosiy hayotni bevosita qayd etishlari, ya’ni feodal yer egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat tuzilishi va shunga o’xshash masalalar bo’yicha daliliy ma’lumotga boyligi bilan tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular asosan hujjatshunoslar tomonidan maxsus o’rganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy qiymati juda katta.
tarixiy, geo-kosmografik, agiografik hamda biografik asarlar.Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik hamda biografik asarlarda rasmiy hujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va hodisalar keng va to’la yoritiladi. Shuning bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi ko’zga tashlanadi.
Yozma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bo’lmaydi. Xususan, badiiy adabiyotlarda ham tarixiy voqealar, shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar bayoni mavjud bo’lib, faqat ularning o’ziga xos bayon uslubi, badiyatini nazardan qochirmasdik kerak. CHunki tarixchi bor haqiqatni yozishi kerak bo’lsa, shoir yoki ijodkor badiiy to’qima, bo’rttirish, mubolag’aga yo’l qo’yish, ya’ni o’z istagiga muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, mulohazalar mavjud. Xususan, uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid ma’lumotlar asosida Izzat Sulton “Navoiyning qalb daftari” nomli kitob yozib, unda Alisher Navoiy biografisini tiklashga harakat qilgan.
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida ham tarixiy ma’lumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi to’g’risida juda qimmatli ma’lumot mavjud.
Yozma manbalardagi o’ziga xoslikning biri shuki, ularda bayon etilgan voqea, hodisalarga sub’ektiv yondoshuv, ayrimlarini xaspo’shlash yoki buzib talqin hollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga tanqidiy yondoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab va prinsiplaridan biridir
Arxeografiya. Arxeografiya - yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo’nalish Respublikamiz Fanlar Akadnmiyasining Abu Rayhon Beruniy va sobiq Qo’lyozmalar Institutida boshlangan bo’lib ma’lum davrgacha Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga qator arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo’lib, ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullayev, A.Ahmedov, B.Hasanov, O.Jalilov, M.Hakimov, Yu. Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir qancha nodir qo’lyozmalar va hujjatlar aniqlanib, davlat xazinalariga olib kelingan.
Hamid Sulaymon (vaf.1979) Angliya, Fransiya (1868) va Hindiston kutubxonalariga (1976-1977) arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi va buning natijasida qator yozma manbalar to’g’risida ma’lumotlar, ayrimlarining mikrofilm va fotokopiyalari yurtimizga keltirilgan edi.
Hozirgi paytda Sharqshunoslik instituti va Islom universiteti qoshida sharq qo’lyozmalarini qabul qilish arzeografik komissiyalari mavjud bo’lib, ularda aholi o’rtasida mavjud yozma manbalarni qiymatini aniqlashga qodir mutaxassislar bor.
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish:
Do'stlaringiz bilan baham: |