O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
Navoiy davlat pedagogika instituti
«Umumiy tarix» kafedrasi
Mavzu: Biografik va me`muar asarlar tarixiy manba sifatida
Bajardi: Tarix fakulteti
4 – kurs “A” guruhi talabasi Choriyev Anvar To`lqinovich Ilmiy rahbar: dots. R. N. Tolibov
Navoiy 2013
2
Mavzu: Biografik va me`muar asarlar tarixiy manba sifatida
Kirish
Asosiy qism Bob . Tarixiy manbalarni xususiyatlari va tavsifi.
Tarixiy manbalarni aniqlash, tanlash va tahlil etish yo’nalishlari va asosiy xususiyatlari
Arab tilidagi manbalarning xususiyatlari va tavsifi
Fors tilidagi manbalarning xususiyatlari va tavsifi.
Turkiy tildagi manbalarning xususiyatlari va tavsifi.
Bob. Vatanimiz tarixini o’rganishda biografik va me`muar asarlar tarixiy manba.
Biografik asarlarning xususiyati va tavsifi.
Me`muar asarlarning xususiyati va tavsifi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
3
Kirish
“Biz ma`naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o`zlikni anglashning o`sishidan, xalqning ma`nabiy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz”
I.A. Karimov
O’zbekiston istiqloli (1991) yurtimizda ijtimoiy fikr erkinligi uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Biz o’zimizning boy va qadimiy tariximizni qaytadan kashf etish imkoniga ega bo’ldik. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov to’g’ri ta’kidlaganidek, “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur”1.
Darhaqiqat, komil inson tarbiyasida tarixiy tafakkur muhim o`rin tutadi, zero tarix fani insoniyatning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha bosib o`tgan hayot yo`li, kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganadigan fandir.
O`zbek xalqining tarixi juda boy va qadimiydir. Birgina O`zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqsunoslik instituti xazinasida o`n sakkiz ming jildagi qo`lyozmalarida qirq mingdan ziyod nomdagi asarlar, 3000 vaqf hujjatlari, o`ttiz mingdan ortiq toshbosma kitob saqlanmoqda. Lekin deyarli uch ming yillik davr tarixi ma`lum darajada o`rganilgan bo`lsada, aksariyat manbalar hali o`zini tadqiqotini kutmoqda. Nazarimizda, yosh avlodga imkoni boricha ertaroq ota-bobolarining boy va serqirra yozma merosi haqida to`la tasavvur berilsa, ularga nisbatan hurmat va e`tibor ruhida tarbiyalansa, ularning o`zligini anglashi, yurt va vatan, xalq tarixi to`g`risidagi mukammal bilimga ega bo`lishi ta`minlanar edi.
Tarixni manbalarga tayanib o`rganish fanda ilgaridan mavjud an`ana bo`lsa - da, lekin har bir davrda unga o`ziga xos talablar qo`yilgan. O`zbekistonda mustaqillik yillarida manbalarni o`rganishning dolzarb vazifaga aylanishi
1 I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. Muloqot, 1998, №2, 2-3 betlar.
bevosita milliy davlatchilik masalalari bilan bog`liq va shu asosda tariximizni yangicha tadqiq etishga kirishdik.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixini o`rganishga qaratilgan alohida e`tibor birinchi navbatda, tarixiy manbashunoslik sohasida jiddiy o`zgarishlarga sabab bo`ldi; manbalarni o`rganishga yangicha yondashuv, yangi talablar va vazifalar kun tartibiga qo`yildi. Ushbu asosda tarixiy manbashunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar va o`quv –uslubiy tizimlarida ham mavjud standartlarni qayta ko`rib chiqish ehtiyoji yuzaga keldi.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonda tarixiy manbashunoslikning umumiy ko`lami kengaydi va bu holatni ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlar hamda oliy o`quv tizimidagi ta`lim misolida ko`rishimiz mumkin. Avvalo shui ta`kidlash o`rinliki, tarixiy manbashunoslik shakl va mazmun jihatdan ancha takomillashdi. O`zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixga xolisona yondoshish kabi kun tartibiga qo`yilgan dolzarb masalalarbevosita yozma manbalarga murojat qilishni taqazo etardi. Chunonchi, jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning tavallud sanalarini yoki qadimiy shaharlarimiz yubileylarini keng miqiyosda nishonlaganda, bevosita yozma manbalardagi tarixiy manbalarga tayangan holda tadqiqotlar olib borilmoqda, kitoblar chop etilmoqda, xalqaro ilmiy anjumanlar o`tkazilmoqda.
Bugunda manbashunoslik fanining ish doirasi yanada kengaymoqda. Bu soha bo`yicha turli manbalar – moddiy, etnografik, arxeologik va yozma yodgorliklarni qidirib topish, ulardan foydalanish nazariyasi va amaliyoti ustida qizg`n tadqiqotlar olib borilmoqda. ”Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e`tiqodi nafaqat qadimiy ma`naviyatimiz balki milliy o`zligimizni saqlab qolishga asos bo`ldi”1.
Binobarin, yozma tarixiy manbalar o`quvchining tarixiy voqealar, ijtimoiy tuzum mohiyatini bilib olish asosida ularni bir-biri bilan taqqoslaydi, natijada ulardagi o`xshashlik va farqni aniqlaydi. Ayni paytda tarixiy tafakkur
1 I.A.Karimov. Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch. T. : ”Ma`naviyat”, 2008. 26- bet
jarayonida tarixiy faktlarning tub mohiyati ochiladi, ularnining muhim alomatlari yoki belgilari oydinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |