илова____варақда
Qiziriq MTB mudiri: X.Boboqulova
Ijrochi:O’Ergasheva
tel:91-903-81
Qiziriq tuman xokimi I.E.Yusupov
Qiziriq tuman prokurori Adliya kichik
maslaxatchisi J.A.Raximovgа
Qiziriq tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi sizga shuni yozib ma’lum qiladiki. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qamrovini kengaytirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Oilaviy va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5144-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tuman I-sektor xududidagi “Navro‘z”MFYda 189 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lib maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan. Maktabgacha ta’lim vazirligi 50 o‘rinli “Yoshlik kelajagi” MTT tadbirkori A.Do‘syarov bilan 18.07.2018 yilda 0619/10-sonli bitim imzolangan bitimda qurilishi uchun loiha qiymati 1 413.8 mln.so‘m Shundan imtiyozli kredit 1 059.4 mln.so‘m mablag‘ to‘liq moliyalashtirilib olingan.Binoni topshirish dalolatnomalari va litsenziya olmagan va bino foydalanishga topshirilmagan Shu jumladan: II-sektor xududidagi “Gulzor” MFYda 159 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lib, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan. Maktabgacha ta’lim vazirligi 50 o‘rinli “Munirabonu ziyo” MTT tadbirkori O.Turopov bilan 18.07.2018 yilda 0613/10-sonli bitim imzolangan bitimda qurilishi uchun loiha qiymati 1 413.8 mln.so‘m Shundan imtiyozli kredit 1 059.4 mln.so‘m mablag‘ to‘liq moliyalashtirilib olingan.Binoni topshirish dalolatnomalari va litsenziya olmagan. “Buyuk kelajak” MFYda 856 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lib maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan. Maktabgacha ta’lim vazirligi 50 o‘rinli “Buyuk kelajak yulduzchalari” MTT tadbirkori B.Shukurov bilan 18.07.2018 yilda 0576/10-sonli bitim imzolangan bitimda qurilishi uchun loiha qiymati 1 412.8 mln.so‘m Shundan imtiyozli kredit 1 059.0 mln.so‘m mablag‘ to‘liq moliyalashtirilib olingan. NMTT binoni topshirish dalolatnomasi olingan.Davlat ta’lim sifati tomonidan beriladigan litsenziyani olmagan va bugungi kungacha faoliyat boshlamagan. II-sektor xududidagi 2 ta MTT binolari foydalanishga topshirilsa 100 nafar bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.
Bitim imzolanganiga 3 yil vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan hanuzgacha qurilish va jixozlash ishlari yakuniga yetmagan.
Sizdan vakolatingiz doirasida ushbu уч (3) та maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat boshlashiga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
MTTlari foto lavhalari ilova qilindi.Ilova: 3 (uch) varaqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |