3.Temuriylar davlatining parchalanishi.
Amir Temur vafotidan so‘ng Temuriy shahzodalarning toju-taxt uchun kurashlari boshlandi.
“Zafarnoma” muallifi Sharofiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Sohibqiron vafot etganda undan 2 o‘g‘il, 1 qiz, 29 nabira va 5 chevara jami 36 ta shahzoda (qizdan tashqari ) qolgan edi. Bundan tashqari, yana bir nabirasi bo‘lib, qizi Og‘a Begimning o‘g‘li Sulton Xusayn Mirzo (1380-1407) edi.
Valiahd Pirmuhammad Qobul va Shimoliy Hind mulklari egasi edi. Toju-taxt uchun kurash boshlangan bir paytda ko‘pchilik taxt egasi sifatida Pirmuhammadni emas, Shohruh Mirzoni loyiq deb hisoblar edilar.
Mana shunday bir vaziyatda Mironshoh Mirzoning o‘g‘li, Toshkent, Sayram, Turkiston hokimi Xalil Sulton (1384-1409) 1405 yilning 18 martida Samarqandni egallab, o‘zini Movarounnahr hukmdori deb e’lon qiladi. Biroq qisqa fursatda uning va xotini Shodimulkxonimning nojoiz faoliyatlari tufayli noroziliklar kuchayadi. Farg‘ona hokimi Amir Xudaydod unga qarshi isyon ko‘taradi. Bu isyon tufayli Turkiston, Sayram va O‘tror mustaqil bo‘lib oladi.
1409 yil aprelida Shohruh qo‘shinlari Amir Xudaydod qo‘shinlarini yengib, Xalil Sultonni asrlikdan ozod qiladi. Shu tariqa 1409 yilda Shohruh Mirzo (1405-1409 yillar Xuroson hokimi) butun temuriylar davlati (1409-1447) ning oliy hukmdori sifatida e’tirof etiladi.
Movarounnahrdagi noittifoqlik, o‘zaro kurashlar yurt dushmanlari ishtahasini ochadi. 1499 yildan boshlab O‘rta Osiyoga Muhammad Shayboniyxon (1451-1510)ning istilochilik harakatlari boshlanadi. Bobur Mirzoning Samarqand taxti uchun qilgan harakatlari ham natija bermaydi. Shayboniyxonga qarshi yo‘lga chiqqan Xuroson hukmdori Sulton Husayn 1506 yilda vafot etadi. Taxt uchun kurashlarda uning hokimiyati ikki shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Mirzolarga o‘tadi. Shu bois Shayboniyxon 1507 yilda Hirotni osongina egallaydi.
4. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot
Temur va temuriylar davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Hoji Ahror, Behzod, Xondamir kabi ulug‘ vakillarini yetishtirib berdi. Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Ahmad Xorazmiy, Mavlono Termiziy, Mansur ibn Muhammad Buxoriy, Shayx Zayniddin Xofiy, Said Sharif Jurjoniy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Muhammad Havofiy, Qozizoda Rumiy kabi allomalar jahon ilmu-faniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. Bu davrda shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijod etdi va turkiy dunyoni yakqalam qildi. Uning homiyligida tarixchi Xondamir, hattot Sulton Ali, rassom Behzod va boshqalar kamolga yetdilar.
Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o‘zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi, bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari XIV-XV asrlarda yurtimizda jahon tan olgan ikkinchi uyg‘onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |