Chor rossiyasining turkistonni bosib olishi. Chorizm istibdodiga qarshi turkiston xalqlarining milliy ozodlik kurashi. Jadidchilik. 1-mavzu Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligining yuksalishi


Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati



Download 73,93 Kb.
bet10/12
Sana24.03.2023
Hajmi73,93 Kb.
#921125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 мавзу сиртқи

Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati.

Turkiston chor Rossiyasi va rus millatini ham ko‘chirib keltira boshladi. Umuman, Turkistonda 15 yil (1875-1890 y.) ichida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishloqlari vujudga keldi. Ayniqsa, 1891-1892 yillardagi Rossiyadagi ocharchilik davrida ko‘chib keluvchilarning soni ancha ko‘paydi. Shu 2 yil ichida 25 ta rus posyolkasi paydo bo‘ldi. Rus dehqonlari soni 2 barobarga ko‘paydi. 1889 yil 13 iyulda qonun qabul qilinib, ko‘chib kelgan ruslarga imtiyozlar va moddiy yordam berishni belgilab berdi. Turkistonni ruslashtirish siyosatida keskin burilish 1892 yilda boshlandi.
Turkiston general-gubernatoridan biri bo‘lmish general N. A. Kuropatkin o‘z kundaligida: "Biz mahalliy aholini 50 yil davomida taraqqiyotdan, maktab-maorifdan va rus hayotidan chetda saqladik" deb yozgan edi. Hukumat rus bo‘lmagan xalqlarni rasmiy ravishda "Begona zotlar" yoki "Tuzemes" (sartlar) deb atardi, ruslarga mazkur xalqlarga nafrat bilan qarash ruhini singdirishga harakat qilardi.
Markaziy Osiyo mehnatkashlari mustamlaka davrida ikki yoqlama zulmni boshdan kechirdilar. Birinchidan, mahalliy sotqinlar va boylar ezsa, ikkinchidan chor ma’murlari va burjuaziyasi shunday ham ezilgan qashshoq xalqni yanada qon qaqshatib talar edi.
Temir yo‘llar o‘tkazilganligi O‘rta Osiyodan paxta va boshqa mahsulotlarni arzon-garov narxlarda chor Rossiyasining barcha joylariga olib borish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Masalan, 1880 yilda O‘rta Osiyodan Rossiyaga ZOO ming pud paxta olib chiqilgan bo‘lsa, 1900 yilda 5 mln. 846 ming 609 pud paxta olib chiqib ketilgan. Shu vaqt ichida pilla 4,8, meva 157, guruch 336 barobar ko‘p olib chiqib ketilgan.



        1. Mustamlakachilik zulmiga qarshi xalq harakatlarining boshlanishi.”Vabo”, Dukchi Eshon, 1916 yil qo‘zg‘olonlari.

1892 yilda Turkistonda vabo kasalligi paydo bo‘ldi. Rus hukumatining vakillari mahalliy aholiga nisbatan o‘z millatlariga farqli munosabatda bo‘ldilar. Masalan, 1892 yil Toshkentning yangi shahar ruslar yashaydigan qismida 417 kishi, eski shaxarida 1462 kishi vabo bilan og‘rigan. 417 ta yevropaliklardan 200 kishi sog‘aygan, 1462 mahalliy xalqdan esa 22 kishi sog‘aygan. Shu munosabat bilan shahar aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Chor idoralariga hujumlar uyushtirildi. Lekin qurolli qo‘shin qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostiradi. Hozirgi anhor suviga yuzga yaqin qo‘zg‘olonchilar cho‘ktirildi. 8 kishi o‘lim jazosiga va 3 kishi surgunga hukm qilinadi.
“Vabo” - qo‘zg‘olonning boshlanish sababi bilan bog‘liq bo‘lgan nomdir. Ammo tarixda bu qo‘zg‘olon o‘z voqealari jarayoni bilan bog‘liq holda “Toshotar voqeasi” deb ham ataladi.
1898 yilda Andijonning Mingtepa qishlog‘idan Muhammad Ali xalfa rahbarligidagi qo‘zg‘olon butun Farg‘ona vodiysiga yoyildi. Bu qo‘zg‘olon tarixga Dukchi Eshon nomi bilan kirdi. Qo‘zg‘olonchilar Andijon shahridagi harbiy kazarmaga hujum uyushtirib 22 askarni o‘ldiradilar va 18 tasi esa yarador qilinadi. Bu qo‘zg‘olon ta’sirida Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Buxoro, Samarqand shaharlarida xalq g‘alayonlari ko‘tarildi. Lekin Andijon qo‘zg‘oloni ham chor qo‘shinlari tomonidan yovuzlarcha bostiriladi. Qo‘zg‘olon qatnashchilaridan 362 kishi Sibirga surgun qilinadi. Muhammad Ali xalfa esa 5 ta yordamchisi bilan dorga osiladi.
Jizzax xalqi bu adolatsizlikka qarshi o‘limga tik borib kurash olib bordilar. Bu qo‘zg‘olon haqiqiy ozodlik urushi bo‘lib, unga Nazirxo‘ja eshon va Abdurahmon jivachilar rahbarlik qildilar.
11-12 iyulda Yom, Zomin, Yangiqo‘rg‘on qishloqlarida olomon bosh ko‘tardi. Qo‘zg‘olon ayniqsa, Jizzax shahrida kuchli tus oldi. Xalq qo‘liga nayza, bolta, pichoq, qilich, qisman to‘pponchalar olib shahar va uning atrofidagi harbiy qismlar va ma’muriy idoralarga hujum boshladi. Jizzaxda chor hukumati qo‘zg‘olonchilarga qarshi 14 batalon, 3300 qo‘shin, 42 to‘p va 68 ta pulemyot yubordi. Natijada Jizzax qo‘zg‘oloni nihoyatda shafqatsiz ravishda bostirildi.
Qo‘zg‘olon qatnashchilari ustidan 148 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 3000 kishi sudga tortildi. 22 kishi o‘limga, 104 kishi surgunga va 281 kishi qamoq jazosiga hukm qilindi. Lekin, shunga qaramasdan, podsho farmonida ko‘rsatilgan 250 ming kishi emas, sal kam uning yarmiga teng keladigan odamlar Turkistondan mardikorlikka olib ketildi. Chor qo‘shinlari ko‘plab shahar va qishloqlarni yakson qildi. Shahar aholisi jazirama cho‘lga haydaldi. Ayollar, bolalar va keksalar ayniqsa qattiq azob chekdi.



Download 73,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish