Formallashtirish – bilimlar majmuasini, mazmunini muayyan shakllar yordamida sun’iy til belgilari orqali ifodalash. Grammatikani formallashtirish tendensi- yasi XX asr o‘rtalarida kuchaydi. Bu bevosita tilning strukturasini yanada aniq parametrlarda ifodalashga intilish, uni kompyuterga moslashtirishga urinish bilan bog‘liqdir. Formal grammatika nazariyasi matematik mantiq, matematik lingvistikaning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Grammatikani formallashtirish (lotincha «forma» - «shakl», «tashqi ko‘rinish») konsepsiyasining asoschisi amerikalik tilshunos Noam Chomskiydir. Formal grammatika abstrakt simvollar orqali bayon etiladigan grammatika hisoblanib, unda til qoidalari, so‘z yasalishi, birikma va gap qurilishi turli xil lingvistik modellar, struktur sxemalar yordamida tavsiflanadi. Formal grammatika 3 ta birlik asosida ish ko‘radi:
Word-classes - so‘z turkumlari (tub va yasama so‘zlar).
Phrases - gap bo‘laklari.
Sentences - gap konstruksiyalari sxemalari, modellari.
Do'stlaringiz bilan baham: |