Cho’lponning “Tong sirlari” “Kishan” she’ri tahlili


tinish belgilarining ishlatilishi



Download 140 Kb.
bet2/15
Sana06.07.2021
Hajmi140 Kb.
#110685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kishan

tinish belgilarining ishlatilishi:

Sarlavha:

“Tong sirlari”(1926), “Buloqlar quchog’ida” (2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da sarlavhadan so’ng undov belgisi qo’yilgan. Qolgan barcha to’plamlarda sarlavhadan so’ng hech qanday tinish belgisi ishlatilmagan. Odatda, hozirgi orfogarfiya qoidalariga muvofiq she’rda sarlavhadan so’ng hech qanday tinish belgi ishlatmaslik maqsadga muvofiq bo’ladi.



1-band:

“Tong sirlari”(1926), “Oydan-da go’zal”(1997) “Buloqlar quchog’ida” (2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da tinish belgilari bir xil. Ya’ni 1-misrada “kishan” va “izlar” so’zidan so’ng vergul qo’yilgan va misra oxirida undov belgisi ishlatilgan. 2-misrada “dog’i” so’zidan so’ng vergul va misra oxirida undov belgisi qo’yilgan.

“Yana oldim sozimni”(1991), “Go’zal Turkiston”(1997), 4 jildli asarlarning 1-jildi(2013), (2016), “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamlarida esa 1-misrada “kishan’ so’zidan so’ng vergul qo’yilgan. Misra undov bilan yakunlangan. 2-misra esa faqat undov belgisi bilangina yakunlangan. Boshqa tinish belgilar ishlatilmagan.

She’r mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, gaplar his-hayajon mazmunida aytilmoqda. Shuning uchun ikkala misradan keyin ham undov belgisi ishlatilishi kerak. “Kishan” so’zi gapda undalma vazifasida kelgani uchun undan so’ng vergul ishlatilishi to’g’ri. Lekin “kishan” va “izlar” so’zidan so’ng vergul ishlatilishiga hech qanday asos yo’q.



2-band:

Ushbu misra barcha nusxalarda “mudhish”, “manxus” so’zlaridan so’ng vergul, ikkala misra oxiri ham undov belgisi bilan yakunlangan. Faqat “Buloqlar quchog’ida” (2007), “Go’zal Turkiston”(1997), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da “sovuq—manxus” so’zlari orasiga tire, qolgan nusxalarda bu so’zlar orasiga chiziqcha qo’yilgan. “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamida esa hech qanday tinish belgi ishlatilmagan. Yana she’rning mazmuniga diqqat qaratamiz. Bu bandda kishanlarning sifatlanmishlari keltirilgan. “sovuq manhus” so’zlari orasiga hech qanday tinish belgisi qo’llanmasligi joiz bo’ladi. Sababi bu so’zlar orasiga tire qo’llanilishi uchun asos yo’q, chunki bu so’zlar ega kesim, yoki qo’shma gap emas. Agar so’zlar orasiga chiziqcha qo’llansa, bu so’zlar juft so’z bo’lib qoladi. Sovuq va baxtsiz so’zlari konteksda ham juft so’z bo’la olmaydi. Bu misrada sovuq so’zini baxtsiz so’zining aniqlovchisi sifatida talqin qilib, ular orasiga hech qanday tinish belgi qo’llanmasligi mantiqiy to’g’ri bo’ladi.



3-band:

Mazkur band asl nusxada 1-misra so’ngida ikki nuqta, 2-misrada “faqat’ so’zidan so’ng vergul, “borlig’ingdirkim” so’zidan keyin nuqta va misra yakuni undov belgisi bilan tamomlangan. Faqat so’zi yuklama so’z turkumiga mansub bo’lib, bu so’zdan keyin hech qanday tinish belgi ishlatilmaydi. Shuning uchun “faqat” so’zidan so’ng vergul ortiqcha. “Borlig’indirkim” so’zidan so’ng vergul qo’llanilishi to’g’ri. Chunki gap qo’shma gap hisoblanadi.

“Go’zal Turkiston”(1997), “Oydan-da go’zal”(1997,) to’plamlarida 1-misra nuqtali vergul bilan yakunlanadi. 2-misrada ‘borlig’ingdirkim” so’zlaridan so’ng vergul qo’yilgan, misra undov belgisi bilan yakunlangan. Gap mazmuniga ko’ra misra undov bilan yakunlanishi kerak.

4 jildli asarlarning 1-jildi(2013), (2016) to’plamlarida 1-misra vergul bilan yakunlanadi. 2-misrada esa “borlig’ingdirkim” so’zidan so’ng vergul qo’yilgan va misra undov belgisi bilan yakunlangan. Bu eng to’g’ri variant hisoblanadi.

“Yana oldim sozimni”(1991), “Ko’klam ruhi”(2019) asarlarida 1-misra so’ngida vergul qo’yilgan. 2-misrada esa “borlig’ingdir” so’zidan so’ng vergul va misra undov belgisi bilan yakunlangan. 2-misradagi vergul “borlig’ingdir” va “kim” so’zlari orasida qo’llangan bo’lib, bu yerda ikki so’zni ifodalashga xizmat qilgan. Bu holatga yozilish mantiqiy to’g’ri bo’lmaydi. Negaki, shunday holatda mazmun oydinlashmaydi va o’quvchi uchun tushunarsiz bo’lib qolgan. “kim” yordamchisi bu joyda olmosh emas, “-ki” yuklamasining badiiy uslubdagi ko’rinishi hisoblanadi.

“Buloqlar quchog’ida” (2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da tinish belgilari bir xil. Ya’ni 1-misra nuqtali vergul bilan yakunlangan. 2-misrada “faqat” va “borlig’ingdirkim” so’zlaridan so’ng vergul qo’llangan. Misra esa undov belgisi bilan yakunlangan.



4-band:

“Tong sirlari”(1926), “Oydan-da go’zal”(1997), “Buloqlar quchog’ida” (2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da tinish belgilari bir xil shaklda qo’llangan. Ya’ni 1-misra oxiri ko’p nuqta bilan yakunlangan. 2-misrada “faqat” so’zidan so’ng vergul qo’llangan. Misra esa nuqta bilan yakunlangan.

“Yana oldim sozimni”(1991), “Go’zal Turkiston”(1997), 4 jildli asarlarning 1-jildi(2013), (2016), “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamlarida 1-misra oxiri ko’p nuqta bilan yakunlanadi. 2-misra esa nuqta bilan tamomlangan. Boshqa o’rinda tinish belgilari kuzatilmaydi. Bunday holatda tinish belgilarining qo’llanilishi joiz bo’ladi. 1-misra mazmuniga e’tibor bersak, lirik qahramonning uzoq yillar kishanlar orasida qolgani yoritilga. Ijodkor bu uzoq yillar qaysi vaqtda ekanligini, qanday holatda qolganligini o’quvchining o’ziga qoldiradi. Birgina jumla orqali shoir ko’p narsani tushuntirmoqchi bo’ladi. Shuning uchun ushbu gapdan keyin ko’p nuqta qo’llash to’g’ri bo’ladi. Ikkinchi misra, mening fikrimcha, undov bilan yakunlanishi kerak. Sababi yuqoridagi barcha bandlar his-hayajon ohangi bilan aytilib, 4-misraga kelganda emotsiyaning birdan yo’qolib qolishi mantiqiy to’g’ri bo’lmaydi.

5-band:

Ushbu band 4 jildli asarlarning 1-jildi(2013), (2016), “Yana oldim sozimni”(1991), “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamlarida 1-misrada “kishan” so’zidan so’ng va misra yakunida vergul qo’llangan. 2-misrada esa misra oxirida undov va ko’p nuqta qo’llanadi. Gapda “kishan” so’zi undalma hisoblanadi va vergul qo’yilishi kerak.

“Oydan-da go’zal”(1997), “Buloqlar quchog’ida”(2007), 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994)da 1-misrada “kishan” so’zidan so’ng va misra yakunida vergul qo’llangan. 2-misrada esa “faqat” so’zidan so’ng vergul qo’llangan. Misra esa undov va ko’p nuqta bilan yakunlangan.

“Go’zal Turkiston”(1997) va “Tong sirlari”(1926)da 1-misrada “kishan’ so’zidan so’ng vergul qo’yilgan. Ushbu misra undov belgisi bilan yakunlangan. 2-misrada esa “faqat” so’zidan keyin vergul, misra yakunida undov va ko’p nuqta ishlatilgan. Asl nusxada yuqoridagi holatga qo’shimcha ravishda “qutulmoqqa” so’zidan keyin ham vergul qo’llangan. Bunday holatda tinish belgilarining qo’llanilishi gramatik jihatdan ham to’g’ri bo’lmaydi. Chunki bunday vergul qo’llanilishiga hech qanday asos yo’q.


v) so’z va so’z shakllarining yozilishi:




Tong sirlari

Yana oldim sozimni

Go’zal Turkiston

Buloqlar quchog’ida

Oydanda go’zal

1-b

Bukun,bitkani

ketkani


Bukun,bitkani

ketkani


Bukun,bitgani

ketgani


Bugun,bitgani

ketgani


Bugun,bitgani

Ketgani


2-b

Na qizg’onmas

safhasi


Qizg’anmas

sahfa


Na qizg’anmas

sahfa


Na qizg’onmas

sahfa


Na qizg’onmas

Sahfa


3-b

Yumulmas

Borli-g’ingdirkim



Yumilmas,

Borlig’ingdir



Yumilmas

Borli-


g’ingdirkim

Yumilmas

Borlig’ing-durkim



Yumilmas

Borlig’ing-

Dirkim


4-b

Qulup

qurtulishliq



Qulf

Qutulishlik



Qulf

qutulishlik



Qilich

qutulishliq



Qilich

Qutulishliq



5-b

Bitkani

bitkani

bitgani

bitgani

Bitgani

Davomi:





3 jildlik asarlar


4 jildlik (2013)

4 jildlik(2016)

Ko’klam ruhi

1-b

Bugun,bitgani

ketgani


Kishin

Bukun,bitgani

ketgani


Bukun,bitgani

ketgani


Bukun,bitkani

Ketkani


2-b

Na qizg’onmas


Na qizg’anmas

Na qizg’anmas

Qizg’onmas

3-b

Borlig’ingdurkim


Borlig’ingdirkim

Borlig’ingdirkim

Manhus

Borlig’ingdir



4-b

Qilich

qutulishliq



Qulf

qutulishlik



Qulf

qutulishlik



Qulf

Qutulishlik



5-b

bitgani


Bitgani

bitgani

bitkani



Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish