Vali – bu ...
XVI asr o‘rtalaridan boshlab ...
Sanjoqbey – bu ...
1684-yili ...
Yevropa davlatlariga qaramlikning boshlanishi . Bora-bora Òurkiya-
da iqtisodiy tanglik davri boshlandi. Bunday sharoitda Òurkiya Yev-
ropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko‘rdi. Yevropa davlatlari
savdogarlariga bir qator yengillik va imtiyozlar berila boshlandi. Ma-
salan, Fransiya savdogarlari uchun atigi uch foiz miqdorida bojxona
to‘lovi joriy etildi. Natijada, Òurkiya bozorlari Yevropa tovarlariga
to‘lib ketdi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikka qattiq zarba berdi.
Tashqi siyosatda esa Òurkiya, birinchi navbatda, Angliya va
Fransiya bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar
nazdida ular Rossiyaga qarshi kurashda
imperiyaga ittifoqchilar bo‘lishi kerak edi.
Angliya va Fransiya hukumatlari ham mavjud
vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib
qolishga intildilar. Ularning madadidan
umidvor bo‘lgan Òurkiya
XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor urushlar olib
bordi, biroq yengildi. Mag‘lubiyat Òurkiyada
hukm surayotgan O‘rta asr munosabatla-
rining inqiroziga sabab bo‘ldi.
http://eduportal.uz