Bu davrda O‘rta asrlarning Xitoy va Usmoniylar imperiyasi
kabi qudratli davlatlari hamon harbiy jihatdan kuchli bo‘lsa-da,
xalqaro munosabatlarda ularning roli pasayib bordi. Yevropada
kapitalizmning rivojlanishi millatlarning shakllanishiga olib keldi.
Ammo milliy davlatlarning vujudga kelish jarayoni qattiq kurashlar
ostida amalga oshirildi.
Bu davrda Yevropa davlatlari o‘rtasidagi dengiz yo‘llarini egal-
lash, Amerika, Osiyo va Afrikada mustamlakalarga ega bo‘lish
uchun olib borilgan kurashlar xalqaro munosabatlarning asosini
tashkil qildi. Bu kurashlar natijasida jahon mustamlaka tizimi
shakllandi. Yangi davrning eng sharmandali hodisasi – qul savdosi
ham shu davrga xos edi.
1. XVI–XVIII asrlardagi xalqaro mojaro va urushlarning sabablari nimalardan
iborat edi?
2. Vestfal tinchlik sulhi mazmuni nimadan iborat edi?
3. Yevropa davlatlarining deyarli barchasi ishtirok etgan Yetti yillik urushning mo-
hiyati nimadan iborat?
4. Kuchukqaynarji shartnomasining mazmuni nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |