123
XIX asrning boshlarida Lotin Amerikasida tashkil topgan yangi davlatlar
U ispan qo‘shinlariga qarshi olib borgan
muvaffaqiyatli janglari
uchun general unvonini va «Xaloskor» degan faxriy nomni oldi.
Bolivar faqat zamindor
kreollargagina tayanib qolmay,
qora tan-
lilar bilan hindularni ham kurashga otlantirdi.
Qullik bekor etilganini
e’lon qildi va shu tariqa qora tanli qullarning bir qismini o‘z qo‘-
shiniga jalb etdi. Hindu dehqonlarga esa urush tamom bo‘lishi bila-
noq, ular o‘z yerlariga ega bo‘lishini va’da berdi.
Bolivar Yevropaning ilg‘or
jamoatchiligiga murojaat qilib,
yordam
so‘raganida, uning da’vatiga ko‘plab ko‘ngillilar
hozirjavoblik bilan
Lotin Amerikasi xalqlariga yordam
berishga qaror qildilar va
Venesuelaga yetib keldilar.
Ular orasida irland, ingliz, nemis, italyan,
polyak va ruslar bor edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: