XIX asrning 40-yillarida Buyuk Britaniyada sanoat to‘ntarishi tugallandi.
1836-yili London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun
kurash ishchi assotsiatsiyasi» tuzildi.
Bu qudrat unga mustamlakalari ustidan hukmronlikni yanada
mustahkamlash va ularni kengaytirish imkonini berdi. Ingliz hukumati
dunyoning strategik jihatdan muhim mintaqalarida qudratli harbiy-
dengiz bazalari qurishga va tayanch hududlarni qo‘lga kiritishga alo-
hida e’tibor berdi.
Buyuk Britaniya XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmi mo-
baynida dengiz hamda okeanlar orqali o‘tadigan jahon yo‘llarida bir
qator tayanch punktlarini bosib oldi. Ana shu harbiy bazalarga va o‘z
harbiy flotining juda katta ustunligiga tayanib, Buyuk Britaniya
XIX asrning o‘rtalarida eng yirik mustamlakachi davlatga aylandi.
Buyuk Britaniya mustamlakalari ichida eng yirigi bo‘lgan Hindistonda
300 million aholi bo‘lib, Buyuk Britaniyadagiga nisbatan taxminan
10 baravar ko‘p edi.