Sulton Salim I 1514-yili
Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinini tor-
mor etdi. Bu g‘alaba sultonning Eron shohi ittifoqchisi bo‘lgan Misr
sultonligiga qarshi yurish boshlashiga yo‘l ochdi. Sulton Salim I
dastlab Suriya va Falastinni bosib oldi.
1517-yili
esa Misr poytaxti
Qohira shahri egallandi.
Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hat-
to Afrikada ham mustamlakalarga ega bo‘ldi.
Imperiya hududining kengayishi yirik savdo
yo‘llarining ham Òurkiya nazorati ostiga o‘ti-
shiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy
ho kimiyatining hamda harbiy qudratining
yanada kuchayishini ta’minladi. Oqibatda,
Òurkiyaning savdo yo‘nalishidagi xalqaro nu-
fuzi Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari
o‘rtasida yanada ortdi.
Ichki ahvol.
Imperiyaning qudrati faqat sul-
tonlarning oqilona siyosati tufayligina osh-
masdan, balki mehnatkashlarni ekspluatatsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |