Urushning boshlanishi. 1774-yil sentabrda Filadelfiyada Birinchi
Qit’a Kongressi yig‘ildi. Unda Jorjiyadan tashqari barcha mustam-
lakalardan vakillar qatnashdi. Kongress hali Buyuk Britaniyadan aj-
ralish masalasini ko‘tarishga jur’at qila olmadi, lekin Britaniya siyo-
satini qoraladi. Kongress iqtisodiyotni boshqarish uchun «Kontinental
uyushma» tashkilotini tuzdi. Mustaqillik tarafdorlari tomonidan bosh-
qarilgan mazkur tashkilot jamoatchilik orasida inqilobiy kayfiyatni avj
oldirib yubordi. Ingliz qo‘shinlari bilan dastlabki qurolli to‘qnashuvlar
bo‘lib o‘tdi.
Mustaqillik uchun kurashchilar
Amerikada respublika tuzish
g‘oyasi bilan chiqdilar. 1775-yil may oyida boshlangan Ikkinchi Qit’a
Kongressi mustaqillik uchun urush boshlashga qaror qildi.
Virjiniyalik polkovnik
Jorj Vashington Amerika qurolli kuch-
larining bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Respublikachilik kayfiyati
aholining turli qatlamlarini qamrab oldi.